Amudaryoda hukumat rahbari va yoş avlod örtasida oçiq muloqot bölib ötdi
Mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosati bugungi kunda yangi bosqiçga kötarildi. Ertangi kunimiz egalari bölgan yigit-qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallaşi, jamiyatda öz örnini topişi hamda ularning taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Bu borada joylarda taşkil etilayotgan “Rahbar va yoşlar uçraşuvlari” davlat idoralari va yoş avlod örtasidagi işonç köprigini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Amudaryo tumanida ötkazilgan navbatdagi yirik anjuman ham ayni şu maqsadlarga xizmat qildi. Uşbu muhim tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining Raisi Farxod Ermanov iştirok etib, tuman yoşlari bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Uçraşuvda, şuningdek, Yoşlar işlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Polat Maqsetbayev, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, respublika va tuman miqyosidagi turli soha rahbarlari, taʼlim muassasalari va taşkilotlar vakillari hamda yuzlab faol yoşlar qatnaşdilar.
Tadbir avvalida söz olganlar bugungi globallaşuv davrida yoşlar uçun yaratilayotgan keng kölamli imkoniyatlar xususida atrofliça töxtalib ötdilar. Muloqot davomida kun tartibidagi eng dolzarb masalalar — sifatli taʼlim oliş, bandlikni taʼminlaş, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş va zamonaviy kasb-hunarlarni örganiş böyiça batafsil maʼlumotlar berildi.
Xususan, mutaxassislar tomonidan iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan davlat grantlari, öz biznesini boşlaş istagida bölganlar uçun imtiyozli kreditlar ajratiş tartibi hamda innovatsion ğoyalarni hayotga tatbiq etişga möljallangan startap loyihalar tanlovlari haqida aniq tavsiyalar berildi. Şuningdek, bugungi kunning talabidan kelib çiqib, xorijiy davlatlarning nufuzli oliygohlarida taʼlim oliş hamda rivojlangan mamlakatlarda qonuniy va xavfsiz mehnat faoliyatini yölga qöyiş mexanizmlari böyiça ham tuşuntiriş işlari olib borildi.
Uçraşuvning eng eʼtiborli va muhim jihati uning rasmiyatçilikdan xoli, oçiq va samimiy muloqot ruhida ötganligidadir. Tadbirda yoşlar özlarini öylantirayotgan muammolar, sohalarda uçrayotgan tösiq va kamçiliklar hamda tuman rivojiga hissa qöşadigan yangi taklif va taşabbuslar bilan töğridan-töğri Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisiga murojaat qiliş imkoniga ega böldilar.
“Oçiq mikrofon” formatida ötgan muloqotda yoşlarning şijoati, intilişi va ertangi kunga bölgan işonçi yaqqol namoyon böldi. Vazirlar Kengaşi rahbari Farxod Ermanov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularning yeçimi yuzasidan mutasaddi rahbarlarga qatʼiy topşiriqlar berdi. Quvonarlisi şundaki, yoşlar tomonidan kötarilgan masalalarning aksariyatiga joyida ijobiy yeçim topildi, vaqt va örganiş talab etadigan murojaatlar esa alohida nazoratga olinib, ijro muddatlari belgilandi.
Bu kabi uçraşuvlar nafaqat muammolarni hal etiş maydoni, balki yoşlarni yangi marralar sari ruhlantiruvçi kuç hamdir. Amudaryo tumanida ötkazilgan mazkur tadbir yoşlarning jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oşiriş, ularni davlat boşqaruvi va islohotlar jarayonida daxldorlik hissi bilan yaşaşga undaşda muhim ahamiyat kasb etdi. Rahbar va yoşlar örtasidagi bunday jonli muloqotlar byurokratik tösiqlarni bartaraf etib, yoş avlodning orzu-umidlarini röyobga çiqarişga xizmat qilişi şubhasiz. Mazkur uçraşuv mamlakatimizda yoşlar siyosatining amaldagi yorqin ifodasi bölib, yoş avlodga berilayotgan yuksak eʼtiborning yana bir amaliy namunasi sifatida tarixga kirdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶