Amudaryo tumanida sayyor qabullar davom etmoqda
Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov tomonidan tuman aholisining muammolarini joyida örganiş, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarga tezkor va samarali yeçim topiş maqsadida Daryo böyi, Bosuv hamda Gulzor mahallalarida sayyor qabullar taşkil etildi.
Mazkur sayyor qabullarda tuman hokimining örinbosarlari, tegişli bölim va taşkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda aholi vakillari iştirok etib, fuqarolar murojaatlari bevosita joyida körib çiqildi.
Tuman hokimi “Daryo böyi” ovul fuqarolar yiğinida aholi bilan yuzma-yuz uçraşib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni batafsil va töliq tingladi. Uçraşuv davomida aholini eng köp taşvişga solayotgan masalalar — elektr taʼminotini yaxşilaş, köça yöllariga şağal (toş) yotqiziş, köça yöllari çegaralarini belgilab beriş, taʼlim kontrakti töloviga kömaklaşiş hamda iş bilan taʼminlaş kabi masalalar böldi.
Jumladan, sayyor qabul davomida 17 nafar fuqarolar tomonidan 20 ta murojaat bildirilgan bölib, ularning barçasi masʼullar tomonidan röyxatga olinib, alohida nazoratga olindi. Har bir murojaat yuzasidan aniq muddat va ijro mexanizmlari belgilandi.
Bosuv mahallasi aholisi bilan ötkazilgan uçraşuvda esa fuqarolar tomonidan asosan elektr taʼminotini yaxşilaş, köça yöllarini taʼmirlaş va toş yotqiziş, şuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş uçun yer uçastkalari ajratib beriş böyiça murojaatlar bildirildi.
Mazkur mahallada sayyor qabul davomida 5 nafar fuqaro tomonidan 5 ta murojaat kelib tuşdi. Uşbu murojaatlar ham tegişli taşkilotlarga biriktirilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Gulzor mahallasi aholisi bilan bölib ötgan uçraşuvda esa ijtimoiy yönalişdagi masalalar ustuvor böldi. Xususan, elektr taʼminotini yaxşilaş, moddiy yordam ajratiş, şuningdek, safarbarlik çaqiruv rezervi badal pulini tölaşga kömaklaşiş böyiça murojaatlar bildirildi.
Uşbu mahallada 5 nafar fuqarolar tomonidan 6 ta murojaat qabul qilinib, ularning har biri yuzasidan tegişli çora-tadbirlar belgilandi.
Sayyor qabullar davomida tuman hokimi Sobir Xöjametov fuqarolar murojaatlari bilan işlaşda oçiqlik, şaffoflik va natijadorlik tamoyillariga qatʼiy amal qilinayotganini taʼkidladi. Bildirilgan har bir murojaat joyida örganilib, imkon qadar tezkor hal etiş, murakkab masalalar böyiça esa bosqiçma-bosqiç yeçim topiş vazifasi masʼullarga topşirildi.
Aholi bilan bunday bevosita muloqotlar joylardagi muammolarni çuqur tahlil qiliş, fuqarolar işonçini mustahkamlaş hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶