28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:01
Jamiyat 👁 371

AMUDARYoLIK TIKUVChI AYoLNING MUVAFFAQIYaT SIRLARI

AMUDARYoLIK TIKUVChI AYoLNING MUVAFFAQIYaT SIRLARI

Bugungi kunda xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, ularni kasb-hunarga oʻrgatish va bandligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Amudaryo tumanining chekka hududlaridan biri — “Ayoqchi” mahallasida ham bu borada amaliy ishlar hayotga tatbiq etilmoqda. Ana shunday ibratli misollardan biri — mahalladagi tashabbuskor ayol Gavhar Annamuratovaning faoliyatidir. Uning mehnatsevarligi, sabr-toqati va oʻz hunariga sadoqati koʻpchilikka ruhlantiruvchi manba boʻlib xizmat qilmoqda.

Onadan qolgan meros va 15 yillik tajriba

Gavhar opa Annamuratova tikuvchilik hunarini bundan 15-yil avval oʻz onasidan oʻrgangan. Ilk qadamlar uy sharoitida, oddiy ehtiyojlardan kelib chiqib boshlangan boʻlsa-da, vaqt oʻtishi bilan bu qiziqish haqiqiy kasbga, keyin esa barqaror daromad manbaiga aylandi.

Uning qoʻllari bilan tikilgan milliy koʻrpa-toʻshaklar, yostiq va choyshablar nafaqat mustahkamligi, balki bezaklarining oʻziga xosligi bilan ham ajralib turadi. Gavhar Annamuratova har bir buyurtmaga masʼuliyat bilan yondashib, sifat va ozodalikni birinchi oʻringa qoʻyadi. Qahramonimizga koʻra, halol mehnat va sabr-toqat har qanday muvaffaqiyatning asosi: inson qiynalsa ham, orqaga qaytmay izlansa, mehnatining samarasini albatta koʻradi.

Davlat koʻmagi — yangi imkoniyatlar kaliti

Tadbirkorlik yoʻlida ishni kengaytirish, uskuna va xomashyo masalasini hal qilish koʻpincha moliyaviy koʻmakni talab etadi. Shu jihatdan, mahalladagi hokim yordamchisi hamda xotin-qizlar faolining amaliy yordami Gavhar Annamuratovaga yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Ikki yil avval unga 100 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.

Mazkur mablagʻ hisobidan u xorijdan keltirilgan eng soʻnggi rusumdagi zamonaviy tikuv mashinalari va zarur uskunalarni xarid qildi. Natijada ish jarayonida sezilarli ijobiy oʻzgarishlar kuzatildi: mahsulot sifati keskin oshdi, ish unumdorligi ikki barobarga koʻpaydi, buyurtmalar hajmi ortib, qoʻshimcha ishchi kuchiga zarurat paydo boʻldi. Bu esa kichik ishxona faoliyatining yanada tizimli va samarali yoʻlga qoʻyilishiga xizmat qildi.

Ustoz-shogird anʼanasi davomi

Gavhar Annamuratovaning eng katta yutugʻi — oʻz farzandlari va nabiralariga tikuvchilikning sir-asrorlarini qunt bilan oʻrgatayotganidadir. “Hunarni oʻrganib, uni boshqalarga ham oʻrgatsang, barakasi ortadi”, — degan fikr qahramonimiz hayotidagi asosiy tamoyillardan biriga aylangan.

Kelgusida u faoliyatini yanada kengaytirib, mahalladagi ishsiz xotin-qizlarni shogirdlikka olish va yangi ish oʻrinlari yaratishni oʻz oldiga maqsad qilgan. Bu tashabbus Ayoqchi mahallasida xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni kasbga yoʻnaltirish va oilaviy daromadni oshirishda muhim qadam boʻlishi shubhasiz.

Gavhar Annamuratova kabi tadbirkor ayollar — mahallaning koʻrki va jamiyat tayanchi. Ular oʻz mehnati bilan nafaqat oilasi farovonligini taʼminlamoqda, balki mahallada ijtimoiy faollikni kuchaytirish, kasb-hunar madaniyatini kengaytirish va jamiyat rivojiga munosib hissa qoʻshishda ham oʻrnak boʻlib kelmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026