28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:15
Qishloq xoʻjaligi 👁 218

HAR QARICh YeR – RIZQ-ROʻZ MANBAI: AMUDARYoDA DALA ChETLARIDAN SAMARALI FOYDALANIShNING YaNGI BOSQIChI

HAR QARICh YeR – RIZQ-ROʻZ MANBAI: AMUDARYoDA DALA ChETLARIDAN SAMARALI FOYDALANIShNING YaNGI BOSQIChI

Ona zaminimizning saxovati cheksiz, ammo undan omilkorlik bilan foydalanish, yerning har bir qarichiga mehr berish chinakam dehqonning vazifasidir. Ayniqsa, tabiat uygʻonish pallasiga kirayotgan shu kunlarda qishloq xoʻjaligi xodimlarining zimmasidagi masʼuliyat har qachongidan ham ortadi. Bahor nafasi kelayotgan shu kunlarda Amudaryo tumanida boʻlib oʻtgan muhim tadbir aynan yerdan unumli foydalanish va dasturxonlarimiz toʻkinligini taʼminlash masalalariga bagʻishlandi.

16-fevral kuni Doʻrman ovuli hududida joylashgan "Pirnazarov Toʻraboy" fermer xoʻjaligi dala shiyponida Amudaryo tumani fermerlari kengashi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan amaliy seminarda sohaning yetuk mutaxassislari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va agentlikning Amudaryo tumani boʻlimi, Tuman fermerlari kengashi masʼullari bugungi kunning dolzarb masalalari xususida atroflicha fikr yuritdilar.

Sir emaski, keyingi yillarda sayyoramizda kuzatilayotgan global iqlim oʻzgarishlari, suv tanqisligi va kutilmagan tabiiy ofatlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda jiddiy qiyinchiliklarni tugʻdirmoqda. Seminar ishtirokchilari taʼkidlaganidek, bu salbiy jarayonlar yurtimiz dehqonchiligiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmayapti. Aynan shunday sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning eng samarali yoʻli – mavjud imkoniyatlardan, xususan, ekin maydonlarining chetlaridan maksimal darajada foydalanishdir.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi "Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjat dala chetlari, aholi tomorqalari, koʻp qavatli uylar atrofi va mahalla koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni yangi bosqichga olib chiqishni koʻzda tutadi.

Seminarda fermerlarga yaratilayotgan imtiyozlar haqida alohida toʻxtalib oʻtildi. Endilikda dala chetlaridan samarali foydalanib, mahsulot yetishtirayotgan ishlab chiqaruvchilarga ichki fitosanitariya sertifikatlari bepul taqdim etiladi. Bu esa ortiqcha qogʻozbozlik va xarajatning oldini oladi.

Yana bir quvonarli yangilik – Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan ajratilayotgan subsidiyalardir. Dala chetlariga "in-vitro" usulida yetishtirilgan mevali koʻchat payvandtaglarini xarid qilish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. Bunda har bir koʻchat uchun subsidiya miqdori 25 ming soʻmdan oshmasligi belgilangan. Bunday gʻamxoʻrlik fermerlarimizni yanada shijoat bilan mehnat qilishga undashi tabiiy.

Nazariy bilimlar amaliy rejalar bilan mustahkamlandi. Tumandagi 350 ta fermer xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi korxonalari 2026-yilning bahor mavsumida ulkan maqsadni koʻzlashgan. Jumladan, mavsum davomida dala chetlari va boʻsh maydonlarga jami 30 ming tup mevali va manzarali daraxt hamda butalar ekish rejalashtirilgan. Ushbu ezgu ishlarni amalga oshirish uchun Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi hamda Quva tumanidagi koʻchatchilik xoʻjaliklari bilan shartnomalar imzolangan.

Shuningdek, hududda maxsus ishchi guruh tuzilib, kanallar, sugʻorish tarmoqlari va kollektor-drenaj atroflaridagi foydalanilmayotgan yerlar xatlovdan oʻtkazilmoqda. Ushbu hududlarda eksportbop mevali daraxtlarni ekishning prognoz koʻrsatkichlari va aniq mezonlari ishlab chiqildi.

"Pirnazarov Toʻraboy" fermer xoʻjaligida oʻtgan ushbu seminar shunchaki yigʻilish emas, balki moʻl hosil va farovonlik sari tashlangan muhim qadam boʻldi. Zero, yerga mehr bergan hech qachon kam boʻlmaydi. Amudaryolik mirishkorlarning dala chetlaridan ham hosil olish yoʻlidagi bu saʼy-harakatlari nafaqat oʻz daromadlarini oshirishga, balki elimiz dasturxoni toʻkinligi va yurtimiz eksport salohiyati yuksalishiga xizmat qilishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026