Namunali harbiy oila — mustahkam jamiyat tayançi
Şimoli-ğarbiy harbiy okrugida “Men namunali harbiy oila bekasiman” şiori ostida “Balli ayollar” körik-tanlovining okrug bosqiçi yuqori saviyada taşkil etildi. Tadbir harbiy xizmatçilar oilalarini qöllab-quvvatlaş, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oşiriş hamda milliy qadriyatlarni keng tarğib etişga qaratildi.
Maʼlumki, harbiy xizmat özining masʼuliyati va intizomi bilan ajralib turadi. Bunday şaroitda harbiy xizmatçining oilasi, ayniqsa turmuş örtoğining maʼnaviy qöllab-quvvatlaşi alohida ahamiyat kasb etadi. Şu bois mazkur tanlov harbiy xizmatçilarning turmuş örtoqlari faolligini rağbatlantiriş, ularning iqtidori va taşabbuslarini yuzaga çiqariş uçun muhim maydon böldi. Unda okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilarning turmuş örtoqlari faol iştirok etdi.
Körik-tanlovning asosiy maqsadi — harbiy xizmatçilar oilalarida özaro hurmat, sadoqat va mehr-oqibat muhitini kuçaytiriş, oila bekasining maʼnaviy, maʼrifiy va ijodiy salohiyatini namoyon etişdan iborat. Şuningdek, iştirokçilarning pazandalik, hunarmandçilik, sahna madaniyati va bolalar tarbiyasi borasidagi tajribalarini ommalaştiriş ham muhim vazifa sanaladi. Bu esa tanlovning faqat bir kunlik bellaşuv emas, balki uzoq muddatli maʼnaviy tarbiya va ijtimoiy faollikni rağbatlantirişga qaratilgan taşabbus ekanini körsatdi.
Tanlov bir neçta şartlar asosida ötkazildi. “Taniştiruv” şartida iştirokçilar öz oilasi, turmuş tarzi va qadriyatlari haqida taʼsirçan taqdimotlar namoyiş etdi. Uşbu bosqiçda har bir iştirokçi oilaviy anʼanalar, farzand tarbiyasidagi yondaşuvlar va hayotiy şiorlarini bayon qildi. “Milliy qadriyatlar — oilam közgusi” şartida esa urf-odat va anʼanalarimizga sadoqat, milliylik ruhi yorqin ifodalandi. Iştirokçilar milliy liboslarda çiqiş qilib, oilaviy marosimlar, qadimiy rasm-rusumlar haqida sahnaviy körinişlar namoyiş etdi.
“Mahoratli beka” yönalişida pazandalik va amaliy sanʼat namunalari taqdim etildi. Özbekona taomlar, milliy şirinliklar va qöl mehnati asosida yaratilgan buyumlar hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholandi. “Zakovat va topqirlik” şartida esa iştirokçilarning bilim va dunyoqaraşi, jamiyatdagi islohotlar, oila va tarbiyaga oid qaraşlari sinovdan ötkazildi. Bu bosqiç tanlov iştirokçilarining faqat uy-rözğor işlari bilan çeklanib qolmasdan, keng dunyoqaraş va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega ekanini namoyon etdi.
Tadbir davomida milliy liboslar jilosi, qadimiy anʼanalarimizga xos urf-odatlar va özbekona mehmondöstlik anʼanalari keng namoyon böldi. Qöl mehnati asosida yaratilgan kaştaçilik va hunarmandçilik namunalari nafaqat estetik jihatdan, balki milliy merosni asrab-avaylaş nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Sahna körinişlari va ijodiy çiqişlar orqali harbiy oila bekalarining iqtidori, taşabbuskorligi va faolligi yana bir bor öz tasdiğini topdi.
Ayniqsa, farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlar va vatanparvarlik mavzusidagi çiqişlar tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Çunki harbiy oilada tarbiya topayotgan farzandlar kelgusida yurtga sadoqatli, intizomli va masʼuliyatli insonlar bölib kamol topişi muhim ahamiyatga ega. Şu maʼnoda tanlov nafaqat ijodiy bellaşuv, balki harbiy oilalar örtasida tajriba almaşiş, özaro muloqotni kuçaytiriş va döstona muhitni mustahkamlaş maydoniga aylandi.
Yakunlariga köra, hakamlar hayʼati tomonidan eng munosib iştirokçilar aniqlanib, diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Ğoliblikni qölga kiritgan oila bekasi tanlovning vazirlik bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.
Çindan ham, oila mustahkam bölgan joyda jamiyat barqaror, maʼnaviy muhit soğlom va kelajak işonçli böladi. “Balli ayollar” körik-tanlovi esa ana şu ezgu ğoyalarni hayotga tatbiq etişda muhim ahamiyat kasb etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶