SOLIQDAN YaŞIRILGAN MILLIARDLAR: AMUDARYoDA NORUDA FOYDALI QAZILMALAR SOHASIDA YaŞIRIN IQTISODIYoTGA QARŞI QATʼIY NAZORAT ÖRNATILMOQDA
Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan respublika hududida noruda foydali qazilmalarni yer qaʼridan qazib oliş bilan şuğullanuvçi korxonalar faoliyati ustidan tizimli va qatʼiy nazorat örnatilgan. Uşbu çora-tadbirlar sohada yaşirin iqtisodiyot holatlarini bartaraf etiş, soliq intizomini mustahkamlaş hamda davlat byudjetiga tuşumlarni oşirişga xizmat qilmoqda.
Mazkur yönalişda Amudaryo tumani Prokuraturasi tomonidan ham samarali işlar amalga oşirilmoqda. Tahlillarga köra, respublika böyiça 234 ta korxonaga 288 ta noruda foydali qazilmalar koni uçun yer maydonlari ajratilgan. Şundan Amudaryo tumanida 28 ta korxona 33 ta karerda qaziş işlarini olib bormoqda.
Sönggi yillarda noruda foydali qazilmalarni qazib oliş jarayonida tovar aylanmasini yaşiriş yoki kamaytirib körsatiş orqali soliq tölaşdan qasddan böyin tovlaş holatlari ortib borayotgani kuzatildi. Respublika kesimida ötkazilgan tahlillar 92 ta korxonaning elektr energiyasi isteʼmoli hajmidan kelib çiqib, haqiqatda qazib olingan noruda miqdori 16 million kub metrdan ortiq bölişi mumkinligini körsatdi. Uşbu hajmdan kelib çiqib, byudjetga tölanişi lozim bölgan 85 milliard sömdan ortiq soliq yaşirilgani aniqlangan.
Mavjud holatlardan kelib çiqib, Respublika Prokuraturasi taşabbusi bilan «Q-control» elektron nazorat tizimi joriy etildi. Uşbu tizim doirasida karerlarga olib boruvçi barça yöllarda, jumladan içki yöllarda ham kuzatuv kameralari örnatildi. Natijada har bir yuk avtomaşinasining harakati töliq hisobga olinişi yölga qöyildi.
Elektron nazorat tizimining joriy etilişi qisqa fursat içida sezilarli samara berdi. Xususan, tovar yuk xatlarini rasmiylaştiriş soni kuniga 25 tadan 700 tagaça oşdi. Şuningdek, realizatsiya qilingan kunlik tovar aylanmasi 1200 kub metrdan 28 ming kub metrga yetdi. Bu körsatkiçlar sohadagi yaşirin aylanmalarni oçiqlaştiriş va hisob-kitoblarni şaffoflaştiriş yölida muhim qadam böldi.
Tizim orqali nazorat kuçaytirilgani natijasida 604 ta holatda yuk taşuvçi transport vositalari davlat raqam belgilarini yaşirib yoki umuman raqamsiz harakatlangani aniqlandi. Uşbu holatlar böyiça ham tegişli çoralar körilmoqda.
Şu bilan birga, tumandagi barça karerlar va noruda foydali qazilmalarni qazib oliş bilan şuğullanuvçi korxonalar töliq xatlovdan ötkazildi hamda ularning röyxati şakllantirildi. Qazib olingan iş hajmi böyiça soliq hisobotlarining haqqoniy yuritilganligini örganiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi soliq boşqarmasidan mutaxassis jalb etilgan.
2025-yil dekabr oyi hamda joriy yil yanvar oyida korxonalar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi körsatkiçlari taqqoslanib, işlab çiqarilgan mahsulot hajmi bilan özaro soliştirilmoqda. Bu orqali işlab çiqariş quvvati va rasmiy hisobotlarda körsatilgan maʼlumotlar örtasidagi tafovutlar aniqlanmoqda.
Bundan taşqari, tuman ekologiya bölimi tomonidan ham karerlar qayta xatlovdan ötkazilib, atrof-muhitga taʼsir körsatiş omillari örganilmoqda. Bu esa sohada faqat iqtisodiy emas, balki ekologik nazoratni ham kuçaytiriş imkonini bermoqda. Hozirgi vaqtda davlat byudjetiga hisoblanmasdan qolgan soliq summalarini undiriş böyiça aniq çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Şu örinda aytiş joizki, yaşirin iqtisodiyot — davlat tomonidan rasmiy röyxatga olinmagan, soliq va hisobot tizimidan çetda qolgan iqtisodiy faoliyat turlaridir. U qisqa muddatda ayrim şaxslar uçun daromad manbai bölib körinsa-da, uzoq istiqbolda jamiyat va davlat taraqqiyotiga jiddiy salbiy taʼsir körsatadi.
Avvalo, yaşirin iqtisodiyot davlat byudjetiga tuşumlarni kamaytiradi. Soliqlar tölanmasligi natijasida ijtimoiy soha — taʼlim, tibbiyot, infratuzilma va ijtimoiy himoya dasturlarini moliyalaştiriş imkoniyatlari çeklanadi. Bu esa aholi farovonligiga bevosita taʼsir qiladi.
Ikkinçidan, u tadbirkorlik muhitiga salbiy taʼsir körsatadi. Qonuniy iş yuritayotgan tadbirkor soliq, ijara, sertifikat va boşqa majburiy tölovlarni amalga oşiradi. Yaşirin faoliyat yuritayotgan subʼekt esa bu xarajatlardan qoçadi va mahsulotni arzonroq narxda taklif qilişi mumkin. Natijada bozorda noqonuniy ustunlik vujudga keladi, halol raqobat tamoyili buziladi.
Şuningdek, yaşirin iqtisodiyot investitsiya muhitiga ham salbiy taʼsir qiladi. Şaffoflik va huquqiy kafolatlar yetişmagan joyda investorlar xavfni yuqori baholaydi. Bu esa yangi iş örinlari yaratiş va iqtisodiy ösiş surʼatlarini sekinlaştiradi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan amalga oşirilayotgan raqamli nazorat tizimlari va bu borada sohaviy hamkorlikning kuçaytirilişi noruda foydali qazilmalar bozorida qonuniylikni taʼminlaş, byudjet tuşumlarini oşiriş hamda soğlom raqobat muhitini şakllantirişga xizmat qilmoqda. Amudaryo tumani Prokuraturasi esa mazkur yönalişdagi tizimli faoliyati bilan yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişda muhim qadam taşlamoqda.
Bahrom Maşaripov, Amudaryo tumani prokurori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶