14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:00
Adabiyot 👁 3,319

YaNGI MARRALAR SARI

YaNGI MARRALAR SARI

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida har yili mamlakatimizda keng nishonlanadi. Biz – soha xodimlari uchun bu sana nafaqat kasb bayrami, balki oʻtgan yilgi bayramdan bu yilgi bayramgacha boʻlgan davr oraligʻida amalga oshirgan ishlarimizni tahlil qilib, kelgusidagi rejalarimizni belgilab olish fursati hamdir.

Aytish kerakki, tahririyatda xizmat qilgan xodimlarning oʻz sohasiga fidoyiligi natijasida tuman gazetasi sobiq ittifoq davrida ham yetakchi nashrlardan biri boʻlib kelgan. Oʻtgan bir yil davomida ham tahririyatimiz qator yutuqlarga erishdi.

Jumladan, 2014 yilning 15-iyulidan 15-avgustigacha boʻlgan davrda "Mustaqillikni mustahkamlash va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻrni va ahamiyati” mavzusida targʻibot oyligi muvaffaqiyatli oʻtkazilgan boʻlsa, targʻibot oyligi yakunida "Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlashga doir kafolatlarning soha rivojidagi ahamiyati” mavzusida Respublika seminari oʻtkazildi. 15-avgust kuni gazetamizning 80-yilligi tumanimizda keng nishonlandi.

2014-yilning noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda "Taraqqiyot koʻzgusi” va "Mening oilam” gazetalari hamda veb-saytimiz tahririyatlarining biryoʻla 3 ta loyihasi gʻolib chiqib, loyihalarning har biri 14 million, jami 42 million soʻmlik davlat granti bilan moliyalashtirildi.

Oʻtgan davr mobaynida tahririyat xodimlari loyihalarni amalga oshirish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash va jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlar va yosh oilalarni namunali oilalar tajribasi asosida koʻp asrlik va sinovdan oʻtgan milliy anʼana va qadriyatlar ruhida tarbiyalash, oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, xalq hunarmandchiligi va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini qishloq joylarda rivojlantirish kabi davlat va jamiyat uchun muhim ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirishga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

2014-yil yakunlariga bagʻishlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining axborot xizmati tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida amunews.uz veb-sayti Qoraqalpogʻistondagi eng namunali internet axborot resursi sifatida eʼtirof etilishi ham tahririyat jamoasining samarali mehnatidan dalolatdir. Bugungi kunda mazkur saytda tumanimizning barcha sohalaridagi yangiliklar tezkor, ishonchli va qulay tarzda eʼlon qilinmoqda. Shu kungacha veb saytimizda 1 100 dan ortiq sahifada yangiliklar va xabarlar, maqolalar hamda ijodiy ishlar bilan birga tumanimiz hayoti aks etgan 600 dan ortiq fotosuratlar eʼlon qilindi. Eng muhimi, 2015-yilning 1-choragidan boshlab veb-saytga video-yangiliklar joylashtirila boshlangani tashrif buyuruvchilar sonining sezilarli darajada oshishiga sabab boʻldi. Bugungi kunda milliy domenda 20 mingdan ortiq veb-sayt roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, amunews.uz veb-sayti eng koʻp koʻriladigan 500 ta internet resurslari qatoridan joy olgan.

www.uz milliy qidiruv tizimining maʼlumotlariga koʻra, veb-saytimiz auditoriyasining asosiy qismini (75,3%) oʻzbekistonlik foydalanuvchilar tashkil qilayotgan boʻlsa, xorij davlatlaridan tashrif buyuruvchilarning salmoqli qismi Rossiya (10,7%), AQSh (7,1%), Qirgʻiziston (1,7%), Qozogʻiston (1,5%), Tojikiston (1,3%), Germaniya (0,9%) davlatlari foydalanuvchilari hissasiga toʻgʻri keladi. Demak, ushbu mamlakatlarda ham Amudaryo tumanida boʻlayotgan yangiliklarni, tuman aholisining bugungi hayotini kuzatib boruvchi mushtariylarimiz bor.

Soʻz yuritilayotgan davrdagi yana bir yangilik – gazetamizning adadi 2015-yilning 1-choragida 7200 taga yetgani boʻldi. Bu soʻnggi 35-yil ichidagi eng yaxshi koʻrsatkich boʻlib, gazetamiz tumanimizdagi deyarli har 3 ta xonadonning bittasiga kirib borayotganidan dalolatdir. Gazeta adadining oshishi tuman hokimligining amaliy yordami, muassasa, korxona va tashkilotlarning koʻmagi, ziyoli xalqimizning qoʻllab-quvvatlashi natijasidir. Qolaversa, tahririyat tomonidan bir necha yillardan beri muntazam ravishda gazetaning davriyligini oshirish, obuna narxini esa arzonlashtirish siyosati yuritilib kelinayotgani ham maʼlum maʼnoda gazeta adadining oshishiga zamin yaratmoqda. 2012-yilgacha oyiga 2-marta, jami 2 bosma taboq hajmda chop qilinayotgan gazeta 2013-yildan boshlab oyiga 3-marta, jami 3 bosma taboq, 2014 yildan boshlab "Mening oilam” ilovasi bilan birgalikda oyiga 4-marta, jami 4 bosma taboq va 2015-yildan boshlab 5 bosma taboq hajmda chop qilinmoqda. 2013 yilda 1 bosma taboq hajmdagi gazetaning yillik obuna bahosi 1250 soʻmni tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2014-yilda 1000 soʻmga, 2015-yildan boshlab 867 soʻmga tushirildi. Kelgusida ham gazeta hajmini oshirish, obuna narxlarini kamaytirib, gazetxonlar uchun maqbul narxlarni belgilash choralarini koʻramiz.

Oʻtgan yilgi obuna mavsumida tuman markazidan olisdagi ovul va mahallalarda yashayotgan aholining tuman yangiliklaridan xabardorligini oshirish maqsadida fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani ham gazeta adadining oshishida oʻz samarasini berdi. Natijada deyarli 47 ta ovul va mahallaning barchasidan 1300 nafardan ortiq aholi gazeta obunachilari safidan joy oldi. Fuqarolar yigʻinlari bilan tuzilgan shartnoma shartlariga koʻra, obuna uyushtirishda faol ishtirok etgan 12 ta fuqarolar  yigʻinlariga umumiy qiymati 15 million soʻmlikdan ortiq mablagʻ evaziga noutbuk, uyali va statsionar telefon, internetga ulanishga xizmat qiluvchi modem va statsionar antennalar sovgʻa qilindi. Bu orqali nafaqat gazetaning obunasi oshdi, balki uning tarqalish hududi kengaydi, chekka qishloqlar aholisining tuman yangiliklaridan xabardorlik darajasi oshdi va fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasi yanada yaxshilandi.

Shu sababli joriy yilgi obuna mavsumida ham bu ishlarni davom ettirish koʻzda tutilmoqda.

Gazeta obunasining oshishi tahririyatning moddiy ahvoli yanada yaxshilanishiga olib keladi, albatta. 2014-yilda tahririyat binosi kapital taʼmirlanib, ish xonalari zamonaviy uslubda jihozlandi, ish uchun zarur orgtexnika vositalari va ofis jihozlari bilan taʼminlandi. Shaxsan tumanimiz hokimi Rajabboy Yoʻldoshevning tashabbusi va amaliy yordami bilan tahririyatga yana 1 ta xizmat avtomashinasi olindi. Endilikda gazeta tumanning barcha ovul va mahallalaridagi obunachilarga muassasa, korxona va tashkilotlarga, aholiga bosmaxonadan chiqqan kunning oʻzidayoq tahririyatning xizmat avtomashinalarida yetkazib berilmoqda.

Tahririyat tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi keng koʻlamli ishlar, erishilayotgan yutuqlar va qoʻlga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar Oʻzbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan gazeta, jurnallar, internet agentliklari va nashrlari jurnalistlari, shuningdek blogerlar oʻrtasida oʻtkazilgan "Eʼtirof” tanlovining hakamlar hayʼatini ham beeʼtibor qoldirmadi. Tanlovda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi "Oʻzbekistonning eng yaxshi hududiy gazetasi” degan sharafli nomga loyiq koʻrildi. Tanlovning mazkur nominatsiyasida "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi  1-oʻrinni qoʻlga kiritgani tahririyatimiz xodimlarining va gazetamiz mushtariylarining cheksiz quvonchiga sabab boʻlgani shubhasiz. Albatta, Oʻzbekistonning eng yaxshi hududiy gazetasi degan nomga erishishda nafaqat tahririyat ijodiy jamoasining, balki gazeta muassislari - Amudaryo tumani hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengashining, 7 mingdan ortiq obunachilarning, maʼnaviyatga, maʼrifatga oshna butun amudaryoliklarning hissasi bor.

Xalqimizda "mard maydonda sinaladi” degan ibora bor. Darhaqiqat, qaysi yurtda mardlarning kuch-qudratini sinovdan oʻtkazuvchi musobaqa maydonlari koʻp boʻlsa, shu eldan biri biridan chapdast polvonlar, biri biridan kuchli botirlar yetishib chiqadi. Bunday azamat oʻgʻlonlari bor yurt yovga aslo taslim boʻlmaydi. Ramziy maʼnoda aytadigan boʻlsak, "Taraqqiyot koʻzgusi” va "Mening oilam” gazetalari ham faqat aholini xolis va ishonchli axborot bilan taʼminlovchi ommaviy axborot vositasi boʻlib qolmasdan, tumanimizda yashovchi yuzlab ijodkorlar uchun nasr va nazmdagi isteʼdodlarini namoyon qilish maydoni hisoblanadi. Darhaqiqat, bu maydonni qanchalik keng va barcha uchun ochiq qilsak, biri-biridan isteʼdodli ijodkorlar yetishib chiqadiki, bunday oʻgʻil-qizlari bor ona Oʻzbekistonimizga hech qanday buzgʻunchi gʻoyalar xavf sola olmaydi. Shu maqsadda joriy yilning avvalida tahririyat ijodiy jamoasi va tumanimizda yashovchi bir guruh tashabbuskor ijodkorlar yana bir xayrli ishga qoʻl urishdi.

Xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishda badiiy adabiyotning oʻrni, taʼsiri va ahamiyatini yanada oshirish, adabiyot, musiqa, badiiy va amaliy sanʼat ravnaqiga hissa qoʻshish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, havaskor shoirlar va havaskor yozuvchilar, ijodkorlar, sanʼatkorlar, badiiy va amaliy sanʼat ustalarini  qoʻllab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatlarini roʻyobga chiqarish maqsadida "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilindi. Mazkur tashkilot 2015-yil 12-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi va oʻz faoliyatini boshladi.

Tumanimizda yashovchi shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, adabiy ijod, musiqa, badiiy va amaliy sanʼat bilan shugʻullanuvchi, ijod namunalari matbuot va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan, 18 yoshga toʻlgan shaxslar, havaskor shoirlar va havaskor yozuvchilar, sanʼatkorlar, badiiy va amaliy sanʼat ustalari mazkur jamoat birlashmasiga aʼzo boʻlishi mumkin. Tashkilot esa oʻz navbatida aʼzolarni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish, ragʻbatlantirish, mehnat, turmush va dam olish sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi, ularning ijod mahsulini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga koʻmaklashish, alohida kitob va toʻplamlar koʻrinishida nashrga tayyorlash va chop qildirish kabi vazifalarni zimmasiga oladi.

"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi taʼsischilar bilan birgalikda kelgusida mazkur nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini rivojlantirish orqali jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga hissa qoʻshishni oʻz oldlariga maqsad qilib qoʻyganlar.

Amudaryo televideniyesi ham tumanimiz aholisining axborotga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga hissa qoʻshib, ularni tuman yangiliklari bilan tezkor ravishda tanishtirib, tuman hayotining barcha sohalaridan tayyorlangan telemateriallari bilan aholiga manzur boʻlmoqda. Telekanal tahririyati faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor natijasida oʻtgan yilning 2-choragidan boshlab asosiy efir vaqtining davomiyligi haftasiga 12 soatdan 20 soatga uzaytirildi.

Davlatimiz rahbarining 2012-yil 17-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik oʻtish boʻyicha Davlat dasturi” asosida raqamli televideniyega bosqichma-bosqich oʻtish maqsadida tumanimizda ham amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Shu kunlarda "Mangʻit” radio televizon stantsiyasiga raqamli teleuzatgich oʻrnatish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Kelgusida Amudaryo televideniyesi telekoʻrsatuvlarini ham raqamli formatda uzatish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda. Telekoʻrsatuvlarni analog tizimdan raqamli formatga oʻtkazish natijasida televideniye dasturlarini uzatish xizmatlarining sifat koʻrsatkichlari tubdan yaxshilanib, dasturlar soni va efir vaqti kengayishiga zamin yaratiladi.

Fursatdan foydalanib, barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini, fidoyi jurnalistlarni va jonkuyar hamkasblarimizni kasb bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ezgu ishlaringizda hamisha omad yor boʻlsin, azizlar!

Gʻulomjon YeShNIYoZOV,

"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi bosh muharriri,

"Amudaryo televideniyesi” MChJ direktori,

xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019