Yangiobod mahallasida yoşlar tadbirkorligi: yangi imkoniyatlar va yuksak natijalar
Bugungi kunda mamlakatimizda yoş avlod vakillarini qöllab-quvvatlaş, ularning iqtidor va salohiyatini yuzaga çiqariş, eng muhimi, bandligini taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi. Işbilarmonlik muhitini şakllantiriş va yoşlarni tadbirkorlikka keng jalb etiş maqsadida berilayotgan imtiyozlar nafaqat şahar markazlarida, balki eng çekka hududlarda ham öz mevasini bera boşladi.
Amudaryo tumanidagi Yangiobod mahallasida amalga oşirilayotgan ijobiy özgarişlar va tizimli işlar zamirida ham inson qadri, yoşlar kelajagiga bölgan yuksak eʼtibor mujassam. Mahalladagi hokim yordamçisining saʼy-harakatlari bilan yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş borasida köplab xayrli loyihalar hayotga tadbiq etilmoqda va bu jarayon yangi bosqiçga kötarilmoqda.
2026-yilning birinçi çoragi sarhisoblariga nazar taşlaydigan bölsak, Yangiobod mahallasida yaşovçi 7 nafar fuqaro öz oilaviy tadbirkorligini yölga qöyiş istagini bildirdi. Ularning bu intilişi javobsiz qolmadi va hokim yordamçisining tavsiyasi bilan ularning barçasiga imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu sarmoyalar çorvaçilik, parrandaçilik, tikuvçilik, xizmat körsatiş hamda işlab çiqariş kabi muhim yönalişlarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir.
Eng quvonarli jihati şundaki, mazkur yönalişlarda iş boşlagan taşabbuskorlarning aksariyatini yoşlar taşkil etadi. Bu esa mahallada yangi avlod tadbirkorlari şakllanayotganidan dalolat beradi. Yoşlarning mehnat bozorida öz örnini topişi nafaqat iqtisodiy körsatkiçlarning ösişiga, balki ijtimoiy barqarorlikning taʼminlanişiga ham xizmat qiladi.
Mahalla faollaridan biri Ravşanbek Jumaboyev uzoq vaqtdan beri sartaroşlik kasbi bilan şuğullanib kelardi. Biroq uning faoliyatini kengaytiriş, zamon talablariga mos xizmat körsatiş uçun qöşimça mablağ va amaliy kömak zarur edi. Hokim yordamçisining amaliy yordami tufayli Ravşanbek öz işxonasini zamonaviy jihozlaşga va taşrif buyuruvçi mijozlar uçun barça qulayliklarni yaratişga muvaffaq böldi. Bugungi kunda uning sartaroşxonasi nafaqat sifatli xizmati, balki yaratilgan şinam şaroitlari bilan ham mijozlar eʼtiborini qozonmoqda. Bu kabi misollar tadbirkorlikka kiçik qadamlar bilan kirib kelayotgan yoşlar uçun katta motivatsiya manbai bölmoqda.
Şuningdek, Yangiobod mahallasida joriy yilning birinçi çoragida uçta yangi tadbirkorlik subʼekti taşkil etildi. Ular oziq-ovqat savdo şaxobçasi, xizmat körsatiş va umumiy ovqatlaniş yönalişlarida öz faoliyatini boşladi. Bu esa mahalla ahli uçun qöşimça qulayliklar va yangi iş örinlari demakdir. Faqatgina kredit beriş bilan çeklanib qolmasdan, yoşlarning bilim va könikmalarini oşirişga ham alohida urğu berilmoqda. Jumladan, kasb-hunar va tadbirkorlik sirlarini örganiş istagida bölgan 4 nafar fuqaro maxsus öquv kurslariga yönaltirildi. Ulardan uç nafari tadbirkorlik asoslarini, bir nafari esa muayyan kasb-hunarni mukammal egallaşga kirişdi.
Çorvaçilik yönalişida faoliyat yuritayotgan Alişer Kamolov ham bugungi imkoniyatlardan mamnun. U köp yillardan buyon çorva parvarişi bilan şuğullanib kelgan bölsa-da, çorva boş sonini köpaytirişga mablaği yetmas edi. Körsatilgan kömak natijasida u 32 million söm miqdorida imtiyozli kredit olib, 8 boş qöy sotib oldi.
Çorvaçilik — qişloq şaroitida eng işonçli daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Qöy boqişning iqtisodiy samaradorligi yuqoriligi, göşt va jun mahsulotlariga bölgan talabning doimiyligi Alişer kabi mehnatsevar yoşlarga öz oilasi farovonligini taʼminlaş imkonini bermoqda.
Mahallada kambağallikni qisqartiriş böyiça ham tizimli çora-tadbirlar körilmoqda. 2026-yil davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan 44 ta oilaning ahvoli çuqur örganilib, ularni ehtiyojmandlikdan çiqariş böyiça individual dastur işlab çiqildi. Uşbu dastur doirasida işsiz fuqarolarni işga joylaştiriş, kredit va subsidiyalar ajratiş, dehqonçilik qiliş uçun yer maydonlari ajratiş kabi muhim vazifalar belgilangan.
Abror Allamov ana şunday imkoniyatlardan foydalanib, öz tomorqasini doimiy daromad manbaiga aylantirgan yurtdoşlarimizdan biri. U yerning har bir qariçidan unumli foydalanib, yuqori daromad olişga erişmoqda. Qişloq xöjaligi texnikalarining subsidiya asosida berilişi esa dehqonlarning oğirini yengil qilmoqda. Tomorqa — bu nafaqat rizq-röz manbai, balki kiçik biznesni boşlaş uçun ham tayyor maydondir.
Mahallaning madaniy va ijodiy hayotida ham jonlaniş kuzatilmoqda. Akbar Odilov «Hunarmand» uyuşmasiga aʼzo bölib, rassomçilik va haykaltaroşlik bilan şuğullanib kelmoqda. U öz isteʼdodini namoyiş etiş barobarida, sanʼat asarlari orqali moddiy manfaat ham topmoqda. Bu esa tadbirkorlikning naqadar rang-barang ekanligini, har qanday qiziqişni daromadga aylantiriş mumkinligini körsatadi.
Hokim yordamçisining kelgusi rejalari yanada ulkan. Hozirga qadar kambağal oilalarning 4 nafar aʼzosi doimiy işga joylaştirildi, 8 nafari özini-özi band qiliş orqali rasmiy faoliyat boşladi. Yil boşidan buyon jami 9 nafar işsiz fuqaro mavsumiy va doimiy mehnatga jalb etildi. Norasmiy sektorda işlayotganlarni rasmiylaştiriş, ularni ijtimoiy himoyalaş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, Yangiobod mahallasidagi bu ijobiy manzara yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning amaldagi ifodasidir. Yoşlarning tadbirkorlikka bölgan iştiyoqi, ularga körsatilayotgan doimiy eʼtibor va berilayotgan imtiyozlar kelajakda yuksak natijalar berişi şubhasiz. Zero, öz mehnati bilan baxtini topayotgan, oilasi va jamiyatga nafi tegayotgan har bir yoş — yurtning ertangi tayançidir. Amudaryolik yoşlarning bugungi şijoati esa farovon hayot sari taşlangan mustahkam qadamdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶