Amudaryo tumanida kadastr xizmatlari sifati va qamrovi oşmoqda
Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi Amudaryo tumani filiali tomonidan joriy yil boşidan bugungi kungaça qator amaliy işlar qilindi.
Filial tomonidan hududda yer va köçmas mulk munosabatlarini tartibga soliş, fuqarolar hamda tadbirkorlik subʼektlariga qulay va sifatli kadastr xizmatlarini körsatiş borasida tizimli işlar olib borilmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida”gi ÖRQ-937-son Qonuni ijrosini taʼminlaş doirasida keng kölamli xatlov işlari taşkil etildi.
Mazkur qonun talablari asosida köçmas mulk obʼektlarini xatlovdan ötkaziş, ularni texnik inventarizatsiya qiliş hamda elektron yiğma jildlarini şakllantiriş böyiça muhim işlar amalga oşirildi. Jumladan, 3 ta mahalla fuqarolar yiğinida jami 2205 ta köçmas mulk obʼektlari xatlovdan ötkazildi. Hozirgi kunda uşbu jarayon izçil davom ettirilib, tumanning Böz solma mahalla fuqarolar yiğinida xatlov işlari olib borilmoqda.
Şuningdek, fuqarolar va yuridik şaxslar uçun davlat xizmatlarini yanada qulaylaştiriş maqsadida kadastr pasportlarini rasmiylaştiriş işlari ham jadallik bilan amalga oşirilmoqda. Davlat xizmatlari markazlari hamda Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jami 553 nafar jismoniy va yuridik şaxslarga kadastr pasportlari şakllantirib berildi. Bu esa aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi 71-son qarori ijrosi yuzasidan ham tegişli işlar amalga oşirilmoqda. Mazkur qarorning 2-ilovasiga asosan yer uçastkalarini xususiylaştiriş böyiça takliflar kiritiş hamda ular yuzasidan vakolat doirasida xulosalar beriş işlari olib borildi. Hisobot davrida umumiy maydoni 1,18 gektarni taşkil etuvçi 4 ta yer uçastkasi böyiça takliflar kiritildi. Şundan 2 ta yer uçastkasi hozirgi kunda auktsion savdolariga çiqarilgan bölsa, qolgan 2 ta yer uçastkasi böyiça muhokama jarayonlari davom etmoqda.
Umuman olganda, filial tomonidan amalga oşirilayotgan uşbu işlar hududda yer va köçmas mulkdan samarali foydalanişni taʼminlaş, mulk huquqlarini qonuniy rasmiylaştiriş hamda aholiga körsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada oşirişga xizmat qilmoqda. Kelgusida ham uşbu yönalişdagi işlarni yanada kengaytiriş va takomillaştiriş rejalaştirilgan.
Ş.Sultanov, Davlat kadastrlari palatasi Amudaryo tumani filial boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶