Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 19-sessiyasi töğrisida axborot
Joriy yilning 30-mart kuni yettinçi çaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining navbatdagi 19-sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada tuman hokimining örinbosarlari, tegişli taşkilot va idoralar rahbarlari, ekspert guruhi aʼzolari, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, xotin-qizlar faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Sessiya işini Xalq deputatlari tuman Kengaşi raisi Alişer Yöldaşev oçib berdi va olib bordi. Majlis Özbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi davlat madhiyalari sadolari ostida boşlandi. Sessiya kotibligiga “25-Nazarxon” saylov okrugidan deputat Jetkerbay Ibragimov nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan bir qator muhim masalalar yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bölimi boşliğining örinbosari Jahongir Yöldoşev hisobot berdi. Hisobotda, avvalo, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qiliş uçun yiğimlarning çeklangan stavkalarini belgilaş masalasi körib çiqildi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentyabrdagi “Qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarda mahsulot yetiştirişning uzluksizligini taʼminlaş va yer resurslaridan samarali foydalanişni oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-172-sonli Farmoni ijrosini taʼminlaş borasida tumanda amalga oşirilayotgan işlar haqida atrofliça maʼlumot berildi.
Şu bilan birga, 2026-yil uçun taşabbusli byudjet jarayonining birinçi mavsumi yakunlari böyiça amalga oşirilgan işlar alohida eʼtibor markazida böldi. Qayd etilişiça, taşabbusli byudjet jarayoni uçun jami 17 mlrd 908 mln 158 ming 500 söm mablağ şakllantirilgan. Uşbu mablağlar quyidagi manbalar hisobidan jamlangan: joriy yil byudjet parametrlarida nazarda tutilgan 12 mlrd 243 mln 976 ming 500 söm, taşabbusli byudjet jamğarmasidagi qoldiq mablağlar — 3 mlrd 215 mln 949 ming 619 söm, 2025-yil ikkinçi mavsum yakunlari böyiça iqtisod qilingan mablağlar hisobidan qayta tiklangan 31 mln 732 ming 381 söm hamda 2025-yil yakunlari böyiça şakllangan erkin qoldiq mablağlarning kamida 30 foizi hisobidan yönaltirilgan 2 mlrd 416 mln 500 ming söm mablağlar.
“Oçiq byudjet” portalida 2026-yil 1-fevraldan 20-fevralga qadar bölgan davrda tuman fuqarolari tomonidan jami 108 ta taşabbus ilgari surilgan. Uşbu taşabbuslarning 96 tasi masʼul taşkilotlar tomonidan qayta körib çiqilib, jamoatçilik muhokamasi va ovoz beriş jarayoniga qöyilgan. Ovoz beriş jarayoni joriy yilning 10-martidan 20-martiga qadar davom etib, uning yakunlariga köra jamğarma doirasidagi mablağlar hisobidan eng köp ovoz töplagan 10 ta loyiha ğolib deb topildi. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 16 mlrd 475 mln 323 ming 365 sömni taşkil etadi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala — “Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş töğrisida” bölib, bu masala yuzasidan tuman içki işlar bölimi boşliğining hisobotini boşliq örinbosari Şarapat Joldasbayev öqib eşittirdi. Hisobotda qayd etilişiça, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş maqsadida turli ijtimoiy qatlamlar örtasida keng qamrovli tarğibot işlari amalga oşirilgan. Jumladan, voyaga yetmaganlar örtasida 218 ta, xotin-qizlar örtasida 162 ta, tarbiyasi oğir yoşlar örtasida 134 ta hamda probatsiya nazoratidagi şaxslar örtasida 26 ta profilaktik tadbirlar taşkil etilgan.
Şuningdek, bolalar tarbiyasiga masʼuliyatsiz yondaşgan 463 nafar ota-onaga nisbatan maʼmuriy çoralar körilgan, 48 nafar tarbiyasi oğir öquvçi bilan individual profilaktik işlar olib borilgan. Mahallalarda sodir etilgan 20 ta jinoyat holati jamoatçilik iştirokida muhokama qilinib, ularning kelib çiqiş sabablari tahlil etilgan. Notinç hamda ajrim yoqasidagi 145 ta oila bilan manzilli işlaş taşkil etilib, bu jarayonga 172 nafar imom-xatib va otinoyilar jalb qilingan hamda natijada 65 ta oilani yaraştirişga erişilgan.
Sessiyada tuman hokimining örinbosari — oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburovaning faoliyati yuzasidan hisoboti ham tinglandi. Hisobotda mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarning muammolarini aniqlaş va hal etiş maqsadida muntazam ravişda uyma-uy örganiş işlari olib borilayotgani taʼkidlandi. Örganişlar jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli, bandlik darajasi, oilaviy muammolari hamda turmuş şaroitlari atrofliça tahlil qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda zarur çoralar körilmoqda.
Joriy yil boşidan buyon 32 nafar xotin-qizlar faollari tomonidan uyma-uy yurib ötkazilgan xatlovlar natijasida ijtimoiy kömakka muhtoj 6022 nafar xotin-qizlar röyxati şakllantirilib, mahalla “yettiligi”ning kollegial qaroriga asosan “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Uşbu toifadagi xotin-qizlarga manzilli yordam körsatiş maqsadida aniq çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilgan.
Xususan, 1-toifa — ijtimoiy himoyaga muhtoj işsiz xotin-qizlar yönalişida 1520 nafar, 2-toifa — tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagidagi xotin-qizlar yönalişida 71 nafar, uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj xotin-qizlar böyiça 55 nafar, 4-toifa — tibbiy va psixologik yordamga muhtojlar böyiça 1749 nafar hamda 5-toifa — huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar böyiça 2616 nafarga ijtimoiy kömak körsatiş rejalaştirilgan.
Şuningdek, ajrim yoqasidagi, nizoli hamda tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga tumanda taşkil etilgan “Oila va xotin-qizlar maskani” orqali malakali psixolog va yuristlar iştirokida amaliy yordam körsatiş yölga qöyilgan. Zarur hollarda mulkiy nizolarni hal etiş uçun sud organlariga daʼvo arizalari kiritiş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş ham belgilangan.
Sessiyada köp kvartirali uylarni mukammal va joriy taʼmirlaş böyiça manzilli röyxatni tasdiqlaş masalasi yuzasidan tuman quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi bölimi boşliği Ahmadjon Rajapov axborot berdi. Unda tumandagi mavjud köp kvartirali uylarni bosqiçma-bosqiç taʼmirlaş, ularning tutaş hududlarida “yaşil boğlar” barpo etiş, 1991-yilgaça qurilgan uylarning elektron pasportlarini yaratiş hamda 2026–2027-yillarga möljallangan infratuzilma loyihalarining asosiy parametrlarini belgilaş böyiça dasturlar taqdim etildi.
Bundan taşqari, tuman favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği Zafar Ahmedov tomonidan 2026-yilning birinçi çoragi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş borasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan hisobot berildi.
Sessiya kun tartibidan, deputatlarning saylovçilar oldida hisobot beriş jadvalini tasdiqlaş, fuqarolarning turar joylarga bölgan mulk huquqi hamda yer uçastkalariga ijara huquqlarini eʼtirof etiş böyiça qarorlarga özgartirişlar kiritiş, şuningdek, Yoşlar maslahat guruhiga oid qarorlarni takomillaştiriş va doimiy komissiyalar reglamentini tasdiqlaş masalalari ham örin oldi.
Sessiya davomida kun tartibidagi barça masalalar har tomonlama muhokama qilinib, ular yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi. Şu bilan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 19-sessiyasi öz işini yakunladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶