Sayyor sudda 13 nafar mahkum jazoning ötalmagan qismidan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindi
Inson taqdiri va qonun ustuvorligi özaro tutaşgan nuqtada hamişa adolat va insonparvarlik tamoyillari boş mezon bölib kelgan. Bugungi şiddat bilan rivojlanayotgan davrda davlatimiz yuritayotgan huquqiy islohotlarning tub mohiyatida ham aynan inson qadrini uluğlaş, xato qilgan, biroq öz qilmişidan çin köngildan puşaymon bölib, tuzaliş yöliga ötgan fuqarolarga imkoniyat berişdek olijanob maqsad mujassamdir. Zero, jazodan közlangan asosiy maqsad mahkumni jamiyatdan ajratiş emas, balki uni qayta tarbiyalaş va soğlom muhitga qaytarişdan iboratdir.
Ana şunday ezgu maqsadlar ifodasi sifatida, Amudaryo tumanining "Beruniy" mahalla fuqarolar yiğini binosida navbatdagi oçiq sayyor sud majlisi bölib ötdi. Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev raisligida ötgan mazkur sayyor sud davomida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi, yaʼni jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş tartibiga doir işlar atrofliça körib çiqildi.
Sud jarayonida jazoni ötayotgan, ammo örnatilgan tartib-qoida talablarini töliq bajargan, mehnatga halol munosabatda bölib, öz xulq-atvori bilan jamiyat uçun xavfli emasligini isbotlagan şaxslarning hujjatlari sinçkovlik bilan örganildi. Natijada, ilgari jinoyat sodir etgan, ammo bugungi kunda qilmişining oqibatlarini anglab, qatʼiy tuzaliş yöliga ötgan 13 nafar mahkumga nisbatan qöllanilgan jazolarning ötalmay qolgan qismidan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş haqida ajrim çiqarildi.
Şu bilan birga, sud majlisi davomida mahkumlarga qonun ustuvorligi haqida qatʼiy eslatmalar berildi. Xususan, jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilingan şaxslarga, agar ular jazoning ötalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etadigan bölsalar, oqibatlari juda oğir bölişi tuşuntirildi. Bunday holatda Jinoyat kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan bir neça hukm yuzasidan jazo tayinlaş qoidalariga muvofiq, yangi tayinlangan jazoga avvalgi hukm böyiça ötalmay qolgan jazo qismi töliq yoki qisman qöşilişi va jazo muddati keskin kuçayişi alohida taʼkidlandi. Bu esa har bir fuqaroning qonun oldidagi masʼuliyatini yana bir bor his qilişiga, huquqbuzarliklarning oldini olişga xizmat qiladi.
Tadbirning ikkinçi qismida yana bir muhim va dolzarb masala — xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qiliş masalasiga töxtalib ötildi. Sud majlisi iştirokçilariga Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi "Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça qöşimça taşkiliy-huquqiy çoralar töğrisida"gi Farmonining mazmun-mohiyati keng va atrofliça tuşuntirildi.
Uşbu farmon mamlakatimizda ijtimoiy adolatni qaror toptiriş, oila muhitini soğlomlaştiriş va jamiyatning eng nozik qatlamlarini huquqiy himoya qiliş yölidagi strategik qadamdir.
Amudaryo tumanida ötkazilgan uşbu sayyor sud majlisi şunçaki huquqiy jarayon emas, balki insoniylik va adolatning amaliy ifodasi böldi. Mahalla ahli iştirokida ötkazilgan bunday muloqotlar va tuşuntiriş işlari jinoyatçilikning barvaqt oldini olişga, jamiyatda tinçlik va totuvlikni mustahkamlaşga xizmat qilişi şubhasiz. Adolat qaror topgan joyda esa hamişa fayzu baraka va xotirjamlik hukm suradi.
Jasurbek Baltabayev Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶