Şimoli-ğarbiy harbiy okrugida «Oçiq eşiklar kuni» tadbiri ötkazildi
Şimoli-ğarbiy harbiy okrugining Maʼnaviyat va maʼrifat markazida «Oçiq eşiklar kuni» tadbiri ötkazildi. Yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning qalbida Vatanga bölgan çeksiz muhabbat va sadoqat tuyğularini uyğotiş maqsadida ötkazilgan uşbu tadbir yoşlar uçun haqiqiy jasorat va matonat maktabiga aylandi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoş avlodni harbiy xizmatning maşaqqatli va şarafli yöli bilan yaqindan taniştiriş, ularda milliy armiyamiz bilan faxrlaniş hissini şakllantirişdan iborat böldi.
Markaz hududida taşkil etilgan harbiy texnika va zamonaviy qurol-yaroğlar körgazmasi yoşlar uçun şunçaki qiziqarli tomoşa emas, balki ularga mamlakatimizning mudofaa qudrati va harbiy salohiyatini öz közlari bilan köriş uçun ajoyib imkoniyatin böldi. Har bir zamonaviy qurol ortida Vatan tinçligini köz qoraçiğidek asrayotgan mard öğlonlarning kuçi, bilimi va jasorati mujassam ekanini yoşlar teran his etdilar. Talaba-yoşlar harbiy texnikalarning imkoniyatlari bilan tanişar ekan, yurt himoyaçisi böliş naqadar yuksak masʼuliyat ekanini yana bir bor anglab yetdilar.
Tadbirning eng hayajonli va taʼsirli lahzalaridan biri — harbiy xizmatçilar tomonidan namoyiş etilgan qöl jangi ustalarining çiqişlari böldi. Har bir harakatdagi aniqlik, tezkorlik va yuksak intizom tomoşabinlarni hayratga solmay qöymadi. Bu çiqişlar şunçaki jismoniy maşq emas, balki yillar davomida töplangan tajriba, iroda va bukilmas matonat mahsulidir. Yoşlar bu çiqişlarni kuzatar ekan, kuçli böliş, öz ustida muntazam işlaş va har qanday vaziyatda Vatan himoyasiga tayyor turiş kabi oliyjanob maqsadlarni qalblariga tukkan bölsa ajab emas.
Harbiy orkestr sadolari ostida yangragan kuylar va isteʼdodli yoşlar ijrosidagi Vatanni madh etuvçi qöşiqlar tadbirga bayramona ruh va kötarinkilik bağişladi. Bu kuy-qöşqiqlar har bir tinglovçining yuragiga kirib borib, öz yurti, muqaddas tuproği va hilpirab turgan bayroği bilan faxrlaniş tuyğusini yanada mustahkamladi. Vatanparvarlik nafaqat sözda, balki mana şunday kuylarda, inson ruhiyatini junbuşga keltiruvçi ohanglarda ham aks etadi. Bunday madaniy çiqişlar harbiy soha va jamiyat örtasidagi maʼnaviy köprikni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Taʼkidlaş joizki, «Oçiq eşiklar kuni» doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasidagi barça oliy taʼlim muassasalari talabalari, keng jamoatçilik vakillari va yoş harbiy xizmatçilar örtasidagi muloqotlar juda samimiy ruhda keçdi. Körgazmali maşğulotlar va taşkil etilgan davra suhbatlari orqali yoşlar harbiy xizmatning nazariy va amaliy jihatlarini, uning inson şaxsiyatini şakllantirişdagi ahamiyatini çuqurroq angladilar. Bu yerda töplangan yoşlar nafaqat yangi bilimlarga ega bölişdi, balki özlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javoblar oldilar. Bunday bevosita muloqot yoşlarning harbiy kasbga bölgan qiziqişini oşirişda muhim omil bölib xizmat qiladi.
Şimoli-ğarbiy harbiy okrugida ötkazilgan uşbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir kelajak posponlarini tarbiyalaydigan çinakam maktab vazifasini ötdi. Zero, Vatan himoyasi — bu nafaqat harbiylarning vazifasi, balki şu aziz tuproqda yaşayotgan har bir fuqaroning muqaddas burçidir. Uşbu tadbirdan közlangan maqsad bitta — tinçlikni asraş, xalq farovonligini taʼminlaş va yoşlarni Vatanga sadoqat bilan xizmat qilişga daʼvat etiş. Zero, mard va jasur öğlonlari bor yurtning kelajagi hamişa nurafşon böladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶