14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 01:50
Jamiyat 👁 218

Tuman hududida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va yoʻl infratuzilmasini asrash maqsadida reyd tadbirlari oʻtkazildi

Tuman hududida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va yoʻl infratuzilmasini asrash maqsadida reyd tadbirlari oʻtkazildi

Mamlakatimizning qaysi hududiga eʼtibor qaratmang, iqtisodiy rivojlanish va aholi farovonligining oshishi natijasida transport vositalari qatnovining tobora ortib borayotganini, shunga mos ravishda yoʻl infratuzilmasiga tushayotgan yuklamaning sezilarli darajada koʻpayganligini kuzatish mumkin. Bunday sharoitda turli yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlishining oldini olish, avariya holatlariga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etish, haydovchi hamda piyodalarning huquqiy madaniyati va masʼuliyatini oshirish doimiy kun tartibidagi asosiy vazifa boʻlib qolmoqda. Yoʻl qoidasi – umr foydasi, degan teran mazmunli hikmat zamirida ham aynan har bir harakat ishtirokchisining xavfsizligini kafolatlash maqsadi mujassamdir.

Shu maqsadda joylarda tizimli profilaktik tadbirlar, keng qamrovli reydlar muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Xususan, Amudaryo tumanida ham yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, roʻy berishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari tashkil etilmoqda. Mazkur profilaktik tadbirlar bevosita Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi, podpolkovnik Asqar Ilyasov hamda tuman IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi, leytenant Bekzod Qozoqovlarning boshchiligida, yoʻl-patrul xizmatining tajribali xodimlari va soha mutaxassislari ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi reyd tadbirlarida asosiy eʼtibor tumanning markaziy va serqatnov yoʻllarida harakatlanayotgan yengil avtotransport vositalari haydovchilariga qaratildi. Yoʻl-patrul xizmati inspektorlari tomonidan haydovchilarning yoʻl harakati qoidalariga qay darajada amal qilayotganligi, belgilangan tezlik meʼyorlariga amal qilishi qatiy nazoratga olindi. Shuningdek, transport vositalarini boshqarish uchun zarur boʻlgan barcha meʼyoriy hujjatlar – haydovchilik guvohnomasi, texnik koʻrikdan oʻtganlik haqidagi maʼlumotlar va sugʻurta polislarining soz va toʻliq holatda ekanligi koʻzdan kechirildi.

Avtomashinalarning texnik holati, xavfsizlik kamarlaridan foydalanish madaniyati yuzasidan haydovchilar bilan yakka tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, qoidalarga bepisandlik bilan qarovchi shaxslarga nisbatan tegishli qonuniy choralar koʻrilishi taʼminlandi.

Shundan keyingi nazorat tadbirlari davomida yuk tashuvchi avtotransport vositalari haydovchilarining amaldagi tartib-qoidalar va yoʻl harakati xavfsizligi talablariga rioya qilish holatlari oʻrganildi.

Yoʻllarda yuk tashish qoidalariga koʻra, ortilgan mahsulot avtotransport vositasining gabarit oʻlchamlaridan chiqib ketmasligi, haydovchining tevarak-atrofni kuzatishiga xalaqit bermasligi hamda transportning muvozanatini buzmasligi shart. Qolaversa, yuklarni xavfsiz tashish qoidalari doirasida har bir yuk turiga qarab uning maxsus mahkamlanishi, chang yoki toʻkiluvchan mahsulotlarning usti yopiq holda tashilishi, yoʻl qoplamasini ifloslantirmasligi va boshqa harakat ishtirokchilariga xavf tugʻdirmasligi qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Yuk mashinalari haydovchilariga yoʻl harakati qoidalari doirasida qoʻyiladigan boshqa oʻziga xos talablar ham mavjudki, bunga aholi yashash maskanlarida tezlikni oshirmaslik, keskin tormoz bermaslik, tirkamalardan toʻgʻri foydalanish va eng asosiysi, texnik pasportda koʻrsatilgan yuk koʻtarish meʼyorlaridan ortiqcha vazndagi yuklarni ortmaslik kabi muhim jihatlar kiradi.

Amudaryo tumani misolida oladigan boʻlsak, ushbu masala nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maʼlumki, tuman hududidagi Jumurtov shaharchasida bir necha yirik tosh karerlari faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, Qoratov togʻ tizmasidagi tosh karerlaridan qazib olinadigan qurilishbop tosh va shagʻal mahsulotlarining aksariyat qismi aynan Amudaryo tumani hududidagi yoʻllar orqali ogʻir yuk mashinalarida tashiladi. Ushbu uzluksiz jarayonda, ming afsuski, baʼzi haydovchilar tomonidan ozgina vaqt va mablagʻni tejash, koʻproq daromad topish maqsadida belgilangan meʼyordan ortiq yuk bilan harakatlanish holatlari tez-tez kuzatilmoqda. Bunday xatti-harakatlar harakat xavfsizligiga toʻgʻridan-toʻgʻri jiddiy raxna soladi. Ortiqcha vazn transport vositasining inertsiya kuchini oshirib, tormozlanish masofasini keskin uzaytiradi. Bu esa transportning toʻxtash qobiliyatiga juda salbiy taʼsir koʻrsatib, favqulodda vaziyatlarda muqarrar halokatlarga sabab boʻlishi mumkin. Eng muhimi, meʼyordan ortiqcha yuk tufayli davlat byudjeti hisobidan, xalqimizning umumiy manfaatlari yoʻlida katta mablagʻlar evaziga qurilgan va taʼmirlangan asfalt yoʻllarning tez izdan chiqishiga, choʻkishiga va butunlay yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.

Ushbu muammolarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan reyd tadbirlari davomida yuk ortilgan transport vositalari toʻxtatilib, maxsus tarozilar yordamida ularning real vaznini oʻlchash jarayonlari koʻzdan kechirildi. Tekshiruvlar natijasida oʻz avtomashinasiga ruxsat etilgan meʼyordan ortiq yuk ortgan, oʻzi va oʻzgalar hayotini xavf ostiga qoʻygan, shuningdek, davlat mulki boʻlgan yoʻllarni vayron qilishga sababchi boʻlayotgan qator transport vositalari haydovchilari aniqlandi. Ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli maʼmuriy jarimalar qoʻllanilib, kelajakda bunday holatlarni takrorlamaslik yuzasidan qatʼiy ogohlantirishlar berildi.

Xulosa oʻrnida taʼkidlash joizki, yoʻllardagi xavfsizlik va infratuzilmaning uzoq yillar xizmat qilishi faqatgina ichki ishlar organlari xodimlarining nazorati bilan emas, balki har bir haydovchining yuksak masʼuliyati, qonunlarga soʻzsiz itoat etishi orqaligina taʼminlanadi. Yoʻl harakati qoidalariga, jumladan, yuk tashish meʼyorlariga qatʼiy rioya qilish — bu avvalo oʻz hayotimizni, oʻzgalar sogʻligʻini va davlat hamda jamiyat mulkini asrab-avaylash demakdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019