Yerdan oqilona foydalaniş va möl hosil oliş yölida
Qovun-tarvuz ekiş – 15 04 2026
Bugungi şiddat bilan rivojlanayotgan davrda yer resurslaridan oqilona va unumli foydalaniş, qişloq xöjaligida hosildorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş nafaqat iqtisodiy, balki strategik ahamiyatga ega bölgan eng muhim masalalardan biriga aylandi. Global iqlim özgarişlari va suv taqçilligi şaroitida har bir qariç yerni xazinaga aylantiriş, dehqonçilik madaniyatini yuksaltiriş orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş bugungi kunning keçiktirib bölmas talabidir.
Ana şunday masʼuliyatni teran anglagan holda faoliyat yuritayotgan Amudaryo tumani zahmatkaşlari bugun yerga mehr beriş, uning saxovatidan tölaqonli bahramand böliş borasida samarali işlarni amalga oşirmoqdalar. Hozirda tuman böyiça jami 352 ta fermer xöjaligi mavjud bölib, ularning har biri yurt farovonligi yölida sidqidildan mehnat qilmoqda. Joriy 2026-yil hosili uçun tuman miqyosida 4 800 gektar maydonga ğalla ekilgan bölsa, 13 000 gektar yerda paxta yetiştiriş rejalaştirilgan.
Biroq bugungi zamonaviy fermer faqatgina paxta va ğalla bilan çeklanib qolmay, balki yerdan foydalanişning eng samarali usullarini izlab topmoqda. Tuman dehqonlari har bir qariç yerdan oqilona foydalaniş, yangi boğ-roğlar yaratiş, boğ qator oralariga va dala çetlariga qöşimça ekinlar ekiş orqali daromadni oşirişni maqsad qilganlar. Bu jarayonda kartoşka, ertaki tarvuz, qovun va piyoz kabi xaridorgir mahsulotlarni yetiştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şuningdek, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida dala çetlarini kökalamzorlaştiriş işlari ham tizimli yölga qöyilgan. Har bir fermer xöjaligi dala çetlariga 2000-3000 tupdan kam bölmagan miqdorda tut köçatlarini, şu bilan birga turli mevali daraxtlarni ekib, nafaqat iqlim möʼtadilligini saqlaşga, balki qöşimça mahsulot yetiştirişga ham zamin yaratmoqda.
Bu borada tumandagi peşqadam xöjaliklardan biri bölgan “Pirnazarov Töraboy” fermer xöjaligining faoliyati alohida eʼtirofga loyiqdir. Jami 65 gektar maydonda dehqonçilik qilayotgan mazkur xöjalik yerlarining 10 gektarida ğalla parvarişlanmoqda, 37 gektariga esa paxta ekiş işlari boşlangan. Xöjalik işçilari aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojini qondiriş va içki bozorni sifatli meva-sabzavotlar bilan taʼminlaşni özlarining oliy maqsadi deb biladilar.
Ayni kunlarda xöjalikning 3 gektar yer maydonida barq urib rivojlanayotgan tarvuz polizlari közni quvontiradi. Dehqonlar uşbu ekinlardan yuqori hosil olib, nafaqat içki bozorga çiqariş, balki mahsulotni eksport qiliş orqali yurt iqtisodiyotiga munosib hissa qöşişni niyat qilganlar. Bundan taşqari, yerdan yil davomida bir neça bor hosil oliş maqsadida, 10 gektar ğalla maydonlari böşaganidan söng, ularning 8 gektariga suv tejovçi va tuproq unumdorligini oşiruvçi moş, qolgan 2 gektariga esa kuzgi sabzi ekiş rejalaştirilgan. Bunday yondaşuv fermerning ham moddiy manfaatdorligini oşiradi, ham bozorlardagi narx-navo barqarorligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Zamonaviy qişloq xöjaligini suvni tejaydigan texnologiyalarsiz tasavvur etib bölmaydi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tomçilatib suğoriş tizimini joriy qiliş taşabbusi “Pirnazarov Töraboy” fermer xöjaligida ham keng qöllanilmoqda. Bugungi kunda xöjalikning 28 gektar maydonida mazkur tejamkor usul yölga qöyilgan bölib, bu suv resurslarini keskin tejaş bilan birga, öğitni töğridan-töğri ösimlik ildiziga yetkazib beriş orqali hosildorlikni oşiriş imkonini bermoqda.
Amudaryo tumani fermerlari misolida köriş mumkinki, yerga haqiqiy egalik hissi bilan yondaşiş, yangiça innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etiş va har bir imkoniyatdan oqilona foydalaniş yuqori natijalar garovidir. Bugungi kun fermeri — bu nafaqat dehqon, balki yurt farovonligi va bozorlarimiz tökinligini taʼminlovçi, zamon bilan hamnafas qadam taşlovçi tadbirkor va yangilik yaratuvçidir. Davlat tomonidan körsatilayotgan bunday yuksak ğamxörlik va qöllab-quvvatlaşlar zahmatkaş dehqonlarimizni yanada yangi marralar sari ruhlantirib, dasturxonlarimiz tökinligi va xalqimiz farovonligini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶