28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:23
Jamiyat 👁 390

«Yashil chiroq» musobaqasida boʻlgʻusi yoʻl harakati inspektorlari bellashdi

«Yashil chiroq» musobaqasida boʻlgʻusi yoʻl harakati inspektorlari bellashdi

Bugungi kunda mamlakatimizda kelajak avlod vakillarining xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va yoʻllarda harakatlanish koʻnikmalarini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Zero, yoʻl harakati qoidalarini mukammal bilish nafaqat tartib-intizom belgisi, balki inson hayoti va salomatligini asrashning eng ishonchli kafolatidir.

Ana shunday ezgu maqsadlarni koʻzlagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 212-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimiz boʻylab «Yashil chiroq» musobaqalari anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinmoqda. Ushbu nufuzli bellashuv taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchi yoshlarga yoʻl harakati qoidalarini chuqur oʻrgatish, ularni madaniyatli harakat ishtirokchisi sifatida tarbiyalash va iqtidorli yoshlarni aniqlab, munosib ragʻbatlantirishda muhim platforma boʻlib xizmat qilmoqda.

Yaqinda Taxiatosh tumanida mazkur musobaqaning tuman bosqichi koʻtarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi. Tumandagi 17 ta maktabdan tashrif buyurgan eng sara jamoalar oʻz bilim va mahoratlarini namoyish etish uchun maydonga tushdilar. Musobaqa dasturi beshta murakkab va qiziqarli shartni oʻz ichiga olgan boʻlib, har bir bosqich yosh inspektorlardan nafaqat nazariy bilim, balki yuksak jismoniy tayyorgarlik va tezkorlikni ham talab etdi.

Dastlab jamoalarning safda yurish tayyorgarligi sinovdan oʻtkazildi. Ushbu shartda jamoaning barcha aʼzolari bir tan, bir jon boʻlib harakat qilib, shaxdam qadamlar bilan belgilangan tartibda yurib oʻtdilar. Hakamlar hayʼati ishtirokchilarning qaddi-qomatini tutishi, saf qoʻshiqlarining mazmuni va ijro mahoratiga alohida eʼtibor qaratishdi. Har bir harakat besh ballik tizimda baholanib, jamoaviy hamjihatlikka urgʻu berildi.

Bellashuvning keyingi bosqichi «Piyodalar vazifalari va harakatiga oid sinov» deb nomlanib, unda har bir jamoadan bittadan vakil ishtirok etdi. Yosh bilimdonlar hakamlar tomonidan tayyorlangan biletlarni tanlab, yoʻl harakatiga oid savollarga javob berdilar. Bunda nafaqat ogʻzaki javob, balki hakamlar talabiga binoan vaziyatni amaliy tarzda koʻrsatib berish ham majburiy etib belgilandi. Bu jarayon oʻquvchilarning kutilmagan vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish qobiliyatini namoyon etdi.

Shundan soʻng, maydon yosh velosipedchilarga berildi. «Yosh velosipedchilar musobaqasi» shartida ishtirokchilar mahorat bilan «sakkiz» shaklidagi chiziq ichida muvozanatni saqlab harakatlanish, turli toʻsiqlarni mohirlik bilan aylanib oʻtish va shartli koʻprikchadan yiqilmay oʻtish vazifalarini bajardilar. Ayniqsa, maxsus ustuncha ustidagi idishdagi suvni toʻkmasdan ikkinchi ustunga olib borib qoʻyish sharti tomoshabinlar va hakamlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Musobaqaning eng ijodiy va masʼuliyatli qismi «Chorraha maketini yasash» bellashuvi boʻldi. Ushbu shartda ikki nafardan ishtirokchi 15 daqiqa ichida 40x40 santimetr oʻlchamdagi qogʻoz yoki kartonda mukammal yoʻl maketini qurish vazifasini oldilar. Barcha elementlar — svetoforlar, yoʻl belgilari va binolar — shu yerning oʻzida qogʻozdan kesib olinib, yelim yordamida joylashtirilishi lozim edi. Bu shart yoshlarning «Yoʻl harakati qoidalari» talablarini qanchalik aniq tasavvur qila olishlarini koʻrsatib berdi.

Nihoyat, musobaqaning hal qiluvchi nuqtasi — guruh sardorlari bellashuvi boshlandi. Ushbu imtihonda sardorlarning bilim doirasi va chidamliligi sinaldi. Har bir savolga javob berish uchun atigi 10-soniya vaqt ajratilgan boʻlib, birinchi xatogacha davom etgan marafon haqiqiy bilimlar jangiga aylandi.

Shunday qilib, barcha shartlar yakuniga koʻra, hakamlar hayʼatining xolis baholari asosida eng kuchli va bilimdon jamoa nomi aniqlandi. Murosasiz kechgan bahslarda Taxiatosh tumanidagi 22-sonli maktabning «Yashil chiroq» jamoasi mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ushbu jamoa nafaqat tuman bosqichining gʻolibi maqomiga sazovor boʻldi, balki musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mamlakat miqyosidagi bosqichlarida tuman sharafini himoya qilish huquqini beruvchi yoʻllanmani ham qoʻlga kiritdi.

Oʻtkazilgan bu kabi tadbirlar yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish bilan birga, kelgusida yoʻllarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz hodisalarning oldini olishda mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. Zero, bugun yoʻl qoidasini maktab partasida anglagan bola, ertaga madaniyatli haydovchi va masʼuliyatli fuqaro boʻlib voyaga etadi. Bu esa jamiyatimiz xavfsizligi va barqarorligi yoʻlidagi eng katta yutuqdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026