O‘zLiDeP tadbirkor ayollar va yoşlarni qöllab-quvvatlamoqda
Bugungi kunda Özbekistonning agrar salohiyatini yuksaltiriş va qişloq xöjaligida innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş davlat siyosatining eng muhim strategik yönalişlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, çekka hududlarda istiqomat qilayotgan yoşlarni zamonaviy dehqonçilik madaniyatiga örgatiş, ularda tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş va xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oşiriş masalasi diqqat markazida turibdi. Bu jarayonda Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ilgari surilayotgan xayrli taşabbuslar islohotlarning hayotiy ifodasi sifatida namoyon bölmoqda. Xususan, «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasidagi loyihalar joylarda yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda, odamlarning ertangi kunga bölgan işonçini mustahkamlamoqda.
Amudaryo tumanining Toş yop ovuli bugun ana şunday ijobiy özgarişlar markaziga aylandi. Bu yerda «MANG‘IT INVEST PLYUS» masʼuliyati çeklangan jamiyati bazasida taşkil etilgan «Yoş fermerlar maktabi» loyihasi yuzlab yigit-qizlar uçun haqiqiy tajriba maydoniga aylandi. Yaqinda partiyaning hududiy va tuman Kengaşlari masʼullari, deputatlar, tajribali fermerlar hamda taşabbuskor yoşlar mazkur tadbirkorlik obʼektiga taşrif buyurişdi.
Loyihaning boş maqsadi — yoş avlodni faqat nazariy bilimlar bilan çegaralanib qolmasdan, balki qişloq xöjaligining ilğor, ilm-fanga asoslangan usullariga örgatiş va ularning amaliy könikmalarini boyitişdan iboratdir. «Yoş fermerlar maktabi» tinglovçilari uçun öquv poligoni vazifasini ötayotgan mazkur «MANG‘IT INVEST PLYUS» korxonasining tarixi va faoliyati har qanday yoş tadbirkor uçun katta maktab böla oladi. Korxonaning muvaffaqiyat yöli 2017-yilda «Asaka Bank» tomonidan ajratilgan 477 ming AQŞ dollari miqdoridagi kredit mablağlaridan boşlangan edi. Bu sarmoya evaziga bir gektar maydonda eng zamonaviy issiqxona majmuasi barpo etildi. Bugungi kunga kelib, uşbu issiqxona tumanning eksport salohiyatini oşirişga salmoqli hissa qöşib kelmoqda. Raqamlarga eʼtibor qaratadigan bölsak, korxona tomonidan şu kungaça qiymati 2 million AQŞ dollaridan ortiq bölgan sarxil meva-sabzavot mahsulotlari qöşni Qozoğiston va boşqa davlatlarga eksport qilindi. Bu nafaqat valyuta tuşumi, balki mahalliy mahsulotning xalqaro bozordagi nufuzi demakdir.
Ayni paytda bu yerda 25 nafar mahalla aholisi doimiy iş örniga ega bölib, ularning aksariyatini xotin-qizlar taşkil etadi. Mavsumiy işlar paytida esa işçilar soni bir neça barobarga ortadi. «Yoş fermerlar maktabi» iştirokçilari issiqxonada qöllanilayotgan Xitoy texnologiyalari, suğoriş va oziqlantirişning avtomatlaştirilgan tizimlari bilan tanişar ekan, yuqori hosildorlikka erişişning sirlarini bevosita amaliyotçi mutaxassislardan örganmoqdalar. Bunday zamonaviy agrotexnologiyalarning afzalliklarini öz közi bilan körgan yoşlarda yerga bölgan munosabat tubdan özgarmoqda.
Amudaryo tumanidagi islohotlar faqat yoşlar bandligi bilan çeklanib qolmay, ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş borasida ham yangi bosqiçga kötarilmoqda. O‘zLiDeP taşabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan «Mahallaning işbilarmon ayoli» loyihasi xotin-qizlarning jamiyatdagi örnini mustahkamlaşda muhim poydevor bölib xizmat qilmoqda. Loyihaning boş ğoyasi ayollarni kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etiş, ularni kasb-hunarga öqitişdan iborat. Bu borada Toşyop ovulida istiqomat qiluvçi tikuvçi Şahodat Yusupovaning faoliyati ham tahsinga loyiq. U «ustoz-şogird» anʼanasi asosida har yili 50 nafardan ortiq mahalladoş ayollarni tikuvçilik sirlariga örgatib, ularning daromad manbaiga ega bölişiga kömaklaşib kelmoqda.
Bu kabi taşabbuslar zamirida bir buyuk maqsad mujassam: u ham bölsa, qişloq xöjaligida va tadbirkorlik sohasida raqobatbardoş, bilimli va zamon bilan hamnafas qadam taşlaydigan yangi avlod kadrlarini tarbiyalaş. Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan «Yoş fermerlar maktabi» va «Mahallaning işbilarmon ayoli» kabi loyihalar nafaqat iqtisodiy körsatkiçlarni yaxşilaşga, balki odamlarning ijtimoiy turmuş darajasini yuksaltirişga xizmat qiladi. Öz imkoniyatlariga işongan yoşlar va iqtisodiy jihatdan mustaqil ayollar qatlami şakllanayotgani esa mamlakatimiz taraqqiyotining mustahkam kafolatidir. Bunday ezgu işlarning izçil davom ettirilişi kelgusida yurtimiz dalalarida ilm-fan yutuqlarining yanada keng quloç yoyişiga va har bir xonadonda farovonlik qaror topişiga zamin yaratadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶