28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:40
Jamiyat 👁 338

Ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlanib, bartaraf etilmoqda

Ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlanib, bartaraf etilmoqda

Suv – bu nafaqat hayot manbai, balki jamiyat farovonligi va inson salomatligining eng muhim kafolatidir. Yurtdoshlarimizning yashash sharoitlarini yaxshilash, turmush farovonligini oshirish va eng asosiysi, ularning salomatligini muhofaza qilish bevosita sifatli ichimlik suvi taʼminotiga chambarchas bogʻliqdir. Biroq, yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlarga qaramasdan, ayrim holatlarda bu bebaho neʼmatdan xoʻjasizlarcha foydalanish, tarmoqlarga noqonuniy ulanish kabi salbiy holatlar ham uchrab turgani soha masʼullaridan yanada hushyorlikni va qatʼiy nazoratni talab etmoqda.

Shu maqsadda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspektsiyasi hamda "Qoraqalpoq suv taʼminoti" aktsiyadorlik jamiyatining mutaxassislari hamkorligida joylarda keng koʻlamli oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Xususan, Xoʻjayli tumanining "Tinchlik" mahallasida ham shu kabi nazorat-reyd tadbirlari oʻtkazilib, bu jarayonda ayrim kamchiliklar va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Soʻnggi yillarda xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda kredit mablagʻlari, shuningdek, keng koʻlamli davlat investitsiya dasturlari doirasida ichimlik suv taʼminotini yaxshilash maqsadida koʻplab hududlarda yangi tarmoqlar tortilgan edi. Inspektsiyaning Ichimlik suvi hamda oqova suv sohasi boʻyicha masʼullari tomonidan 2026-yilning 1-choragi davomida yangidan tarmoqlar tortilgan 16 ta mahallada shartnomaviy munosabatlarni qonuniy asosda yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻrganishlar olib borildi. Oʻrganishlar yakuniga koʻra, 42 ta isteʼmolchi bilan belgilangan tartibda rasmiy shartnomalar tuzishga erishildi va buning natijasida 183 nafar aholi toʻgʻridan-toʻgʻri, qonuniy va barqaror ichimlik suv taʼminoti bilan qamrab olindi.

Bundan tashqari, sohada texnik talablarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash masalasi ham mutaxassislarning doimiy diqqat markazida turibdi. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulanish yuzasidan "Qoraqalpoq suv taʼminoti" aktsiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etilgan texnik shartlarning amalda qanday bajarilayotgani boʻyicha 52ta holatda oʻrganishlar oʻtkazildi. Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida 5 ta holatda qator kamchiliklar aniqlandi. Ulardan 2 ta holat boʻyicha masʼullarga kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha qatʼiy koʻrsatmalar kiritilgan boʻlsa, qolgan 3 ta holatda qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga asosan jami 12 million soʻmdan ziyod miqdorida jarimalar rasmiylashtirildi.

Inspektsiya hamda Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi oʻrtasida maxsus Memorandum tasdiqlangan boʻlib, ushbu hujjat ijrosi doirasida 57 ta ovul va mahallalarda kompleks oʻrganishlar oʻtkazildi. Bu jarayonda 16 ta mahalla hududida ichimlik suv taʼminoti hamda oqova suv xizmatlari boʻyicha aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan turli kamchiliklar yuzaga chiqdi. Aniqlangan ushbu muammolar yuzasidan "Qoraqalpoq suv taʼminoti" aktsiyadorlik jamiyatiga tegishli koʻrsatmalar kiritildi va eng muhimi, bu kamchiliklarning aksariyati shu joyning oʻzida, tezkorlik bilan bartaraf etilishiga erishildi.

2026-yilning 1-choragi davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻylab oʻtkazilgan reydlar va monitoringlar natijasida ichimlik suvidan foydalanish qoidalarining qoʻpol ravishda buzilishi bilan bogʻliq 104 ta holat aniqlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan qonun ustuvorligi taʼminlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga asosan jami 421 million soʻm miqdoridagi jarimalar rasmiylashtirildi.

Bu jarayonda nafaqat aholi xonadonlari, balki davlat tasarrufidagi muassasalar ham chetda qolmadi. Jami 91 ta byudjet tashkilotida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida ularning 18 tasida suvdan foydalanish boʻyicha turli xildagi kamchiliklar, ichki quvurlardagi nosozliklar yoki hisob-kitoblardagi noaniqliklar aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan 8 ta tashkilot rahbariyatiga kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish boʻyicha majburiy koʻrsatmalar kiritilgan boʻlsa, qolgan 10 ta tashkilotga nisbatan jami 52 million soʻmdan ortiq maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash joizki, toza ichimlik suvi – bu shunchaki kommunal xizmat turi emas, balki millat genofondi, kelajak avlod salomatligi va yurtimiz obodligining asosiy poydevoridir. Shunday ekan, suvni asrash – hayotni asrash demakdir. Bu boradagi nazorat tadbirlari, aholi va tashkilotlar oʻrtasidagi tushuntirish ishlari uzluksiz ravishda davom ettiriladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026