14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 01:50
Fan va taʼlim 👁 163

Ilm-maʼrifat nurini taratayotgan maskan: 84-sonli maktab faoliyati haqida

Ilm-maʼrifat nurini taratayotgan maskan: 84-sonli maktab faoliyati haqida

Taʼlim – har qanday jamiyat taraqqiyotining, millat kelajagining mustahkam poydevoridir. Bugungi kunda yurtimizning qaysi bir goʻshasiga bormang, yosh avlodga sifatli bilim berish, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalash yoʻlida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh boʻlasiz. Ana shunday ezgu maqsadlarning amaldagi yorqin ifodasini Amudaryo tumani misolida ham yaqqol koʻrish mumkin. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 84-sonli umumtaʼlim maktabi garchi yaqinda, yaʼni 2019-yilning sentyabr oyida yangidan tashkil qilingan boʻlsa-da, qisqa vaqt ichida katta yutuqlarga erishib, ilm-maʼrifat nurini taratuvchi yetakchi maskanlardan biriga aylanib ulgurdi. Ayni paytda mazkur bilim dargohida jami 17 ta sinf mavjud boʻlib, ularda 382 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olib kelmoqda.

Albatta, har qanday maktabning nufuzi va taʼlim sifati, eng avvalo, unda faoliyat yuritayotgan ustozlarning kasbiy mahorati bilan belgilanadi. Bu borada 84-sonli maktabning pedagogik jamoasi oʻzining yuksak salohiyati, tinimsiz izlanishi va katta tajribasi bilan alohida eʼtiborga loyiqdir. Bilim maskanida oʻquvchilarga saboq berib kelayotgan jami 34 nafar pedagogdan iborat ahil jamoaning 3 nafari oliy toifali, 10 nafari 1-toifali, 11 nafari 2-toifali va yana 11 nafari mutaxassis toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilardir. Bu raqamlar zamirida ustozlarning mashaqqatli mehnati va taʼlim sifatini oshirish yoʻlidagi tinimsiz harakatlarining samarasi mujassamdir.

Maktabning tarbiya fani boʻyicha oliy toifali oʻqituvchisi Oʻmirbek Jumamuratov attestatsiya sinovlarida 94 ball toʻplab, muvaffaqiyatli ishtirok etdi va 70 foizlik ustamaga ega boʻldi. Bundan tashqari, u “Eng yaxshi huquq fani oʻqituvchisi” tanlovida tumanda faxrli 2-oʻrinni egallab, respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Boshlangʻich sinflarning oliy toifali oʻqituvchisi Ozoda Matniyozova ham attestatsiya jarayonlarida 88 ball bilan qatnashib, 70 foizlik ustamaga sazovor boʻldi. Qolaversa, maktabning boshqa fan oʻqituvchilari ham attestatsiya sinovlarida faol va muvaffaqiyatli qatnashib, yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.

Bunday ijobiy koʻrsatkichlar zamirida taʼlim muassasasi rahbariyatining ham munosib hissasi borligini taʼkidlash joiz. Maktab direktori Erkinboy Qurbanboyev taʼlim tizimidagi samarali mehnatlari uchun “Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” hamda “Oʻz kasbining fidoyisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan. Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Muzaffar Jumaniyozov esa Menejerlik sertifikatini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Taʼlim dargohining amaliyotchi psixologi Nigoraxon Saparovaning xizmatlari ham munosib eʼtirof etilib, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Zamonaviy taʼlim tizimida pedagoglarning xalqaro va milliy darajadagi sertifikatlarga ega boʻlishi ularning kasbiy mahoratini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Bu borada ham maktab jamoasi peshqadam muassasalar safidan oʻrin olgan. Jumladan, rus tili oʻqituvchisi Odilbek Yakubjanov xalqaro TRKI sertifikati sohibi boʻlsa, matematika oʻqituvchisi Yunusbek Rahimov xalqaro SAT sertifikati egasidir. Shuningdek, matematika oʻqituvchisi Sanʼat Bobojonov milliy fan sertifikatiga ega. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan Ozoda Matniyozova, Sabohat Yusupova, Feruza Kenjayeva va Gulnoza Jumaboyevalar ham milliy fan sertifikatlarini qoʻlga kiritganliklari ularning oʻz kasbiga boʻlgan masʼuliyatidan dalolat beradi. Ingliz tili oʻqituvchisi Mavluda Otaboyeva xalqaro TKT hamda milliy B2 darajasidagi sertifikatlariga ega boʻlib, oʻquvchilarga xorijiy tillarni jahon standartlari asosida oʻrgatib kelmoqda.

Bunday bilimli pedagoglarning qoʻlida taʼlim olayotgan oʻquvchilar ham yuqori natijalarni qoʻlga kiritib, maktab shaʼnini yuksaklarga koʻtarmoqdalar. Xususan, 11-sinf oʻquvchisi Madina Rahimboyeva kimyo va biologiya fanlaridan, 10-sinf oʻquvchisi Sevinchoy Matniyozova ingliz tili fanidan, 10-sinf oʻquvchisi Feruza Qodirova esa ona tili va adabiyot fanidan milliy fan sertifikatlarini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldilar.

Bundan tashqari, oʻquvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtiroki va gʻalabalari ham alohida eʼtiborga molik. 2-sinf oʻquvchisi Kamola Rustamova xalqaro IREN olimpiadasining respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 5-oʻrinni egalladi. Shuningdek, nufuzli KENGURU olimpiadasida 3-sinf oʻquvchisi Sulaymon Poʻlatboyev, 2-sinf oʻquvchilari Kamola Rustamova, Odilbek Muratboyev, Marjona Sherifboyeva, Azamjon Tohirov, Zebuzar Jamoladdinova va Diyorbek Xolmuratovlar ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallashdi.

Maktabda oʻquvchilarning nafaqat intellektual, balki ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Yosh ijodkorlardan iborat “Turon” maktab teatri jamoasi hududda birinchi oʻrinni egallab, tuman bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi va tumanda ham faxrli oʻrinlarni egallab qaytdi. “Besh tashabbus” doirasida oʻtkazilgan sport musobaqalarida ham yoshlar oʻzlarining mahoratlarini namoyish etishmoqda. Shaxmat boʻyicha 7-sinf oʻquvchisi Umirbek Oʻrazboyev tumanda 3-oʻrinni egallagan boʻlsa, 4-sinf oʻquvchisi Sarvar Qadamboyev va 9-sinf oʻquvchisi Yunusbek Tursunboyev hudud bosqichida 1-oʻrinni egallab, tuman bosqichiga yoʻllanma oldilar.

Sportning “Qoʻl jangi” turi boʻyicha erishilgan yutuqlar esa yanada quvonrli boʻldi. Maktabning 7-sinf oʻquvchisi Marjona Habibullayeva respublika bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, keyingi bosqich – Buxoro shahrida boʻlib oʻtadigan bellashuvga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 11-sinf oʻquvchisi Durdona Ibodullayeva esa tumanda 1-oʻrinni egallab, respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, bugungi kunda 84-sonli umumtaʼlim maktabi chinakam maʼrifat oʻchogʻiga aylangan. Yuqorida qayd etilgan barcha yorqin natijalar, eng avvalo, maktab jamoasining fidokorona va halol mehnati, ustozlarning yuqori kasbiy mahorati hamda oʻquvchilarning bilimga, sportga va sanʼatga boʻlgan cheksiz intilishining yaqqol isbotidir. Bunday mustahkam poydevor va yuksak maqsadlar bor ekan, mazkur taʼlim maskanidan kelajakda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan yetuk va barkamol avlod yetishib chiqishiga hech qanday shubha yoʻq.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019