28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:22
Qishloq xoʻjaligi 👁 230

Yer resurslaridan oqilona foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Yer resurslaridan oqilona foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Yer — bebaho boylik, insoniyatning azaliy rizq-roʻz manbaidir. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan, global iqlim oʻzgarishlari va aholi sonining muttasil oʻsib borishi kuzatilayotgan bir davrda, qishloq xoʻjaligida asosiy eʼtibor mavjud yer resurslaridan har qachongidan ham oqilona va unumli foydalanish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilmoqda. Dehqonchilik madaniyati yangi bosqichga koʻtarilayotgan ayni pallada, har bir qarich yerning maqsadli va samarali ishlatilishi nafaqat fermerlarning shaxsiy daromadini oshiradi, balki butun mamlakatning umumiy iqtisodiy barqarorligini, xalq farovonligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shu sababli ham endilikda yerga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgarmoqda: sohadagi eski qarashlar oʻrnini ilmiy asoslangan yondashuvlar egallamoqda. Bugun fermer nafaqat gektarlab asosiy ekin maydonlaridan, balki shu paytgacha eʼtibordan chetda qolib kelgan kichik yer uchastkalaridan ham qanday qilib yuqori hosil olish mumkinligi haqida bosh qotirmoqda. Va bu borada davlat tomonidan yaratilayotgan huquqiy baza ularning eng asosiy tayanchiga aylanmoqda.

Xuddi shu ezgu maqsadlarni hayotga tatbiq etish va yer egalarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Amudaryo tumanidagi Toshyop ovuli hududida joylashgan “Bekman Allabergan” fermer xoʻjaligida sohaga oid yangi huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, xususan dehqonlarga tushuntirishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar tashkil etildi. Ushbu tadbir shunchaki navbatdagi yigʻilish emas, balki qishloq xoʻjaligi xodimlari, mutaxassislar va fermerlar oʻrtasidagi oʻziga xos tajriba almashish, fikrlashish va yangi marralarni belgilab olish maydoniga aylandi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining malakali mutaxassislari, Fermerlar kengashi rahbarlari hamda boshqa qator mutasaddi tashkilotlarning masʼul vakillari faol ishtirok etishdi. Ular oʻzlarining chiqishlarida yer egalari va mirishkor dehqonlarga dala chetlaridan maqsadli va samarali foydalanishning bugungi kundagi beqiyos ahamiyati haqida atroflicha, ilmiy va amaliy asoslangan tushuntirishlar berib oʻtdilar. Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, dala chetlaridagi yerlarni oʻzlashtirish shunchaki urugʻ qadab, hosilni kutishdan iborat emas. Bu jarayon chuqur agrotexnik bilimlarni, tabiat bilan uygʻunlikda ishlashni va eng asosiysi, tuproqning tilini topishni talab etadi.

Seminar davomida taʼkidlanganidek, endilikda dala chetlari, suv tarmoqlari, yirik va kichik kanallar, shuningdek, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi yerlar shu paytga qadar boʻlgani kabi qarovsiz, yovvoyi oʻtlar bosib yotadigan tashlandiq maydon sifatida emas, balki toʻlaqonli va qonuniy asosda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladigan, dehqonga rizq beradigan oʻta muhim hudud sifatida qaralmoqda. Bu esa mamlakat boʻylab minglab gektarlab zaxira yerlarning qayta foydalanishga kiritilishini, har bir tomchi suv va har bir qarich tuproqning tom maʼnoda xalq boyligiga aylanishini anglatadi.

Seminarda agrar soha olimlari va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan bir nechta oʻta muhim jihatlar batafsil bayon etildi. Birinchi navbatda, har bir hududning oʻziga xos tuproq unumdorligi va iqlim sharoitlariga mos keladigan ekin turlarini toʻgʻri tanlash masalasiga jiddiy urgʻu berildi. Chunki kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi tuproq tarkibi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, u yerda ekiladigan oʻsimliklar muayyan sharoitlarga chidamli boʻlishi talab etiladi. Shuningdek, yillar davomida boʻsh yotgan, hech qanday foyda keltirmagan maydonlarni obodonlashtirish orqali ularni qoʻshimcha daromad manbaiga aylantirish usullari hamda bu jarayonda amaldagi qonunchilik talablariga qatʼiy amal qilish zarurligi tadbir ishtirokchilariga hayotiy misollar yordamida ochib berildi. Bundan tashqari, kimyoviy vositalardan foydalanishda karantin qoidalarini buzmaslik, ekologik muvozanatni saqlash kabi dolzarb mavzular ham qamrab olindi.

Tadbirda alohida taʼkidlanganidek, mazkur sohada olib borilayotgan tizimli islohotlar va yaratilayotgan qonuniy imtiyozlar natijasida yaqin kelajakda yurtimizda yetishtirilayotgan ekologik toza qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmi sezilarli darajada ortadi. Bu esa oʻz navbatida ichki bozorlarimizning toʻliq taʼminlanishiga, oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosining barqarorlashishiga va aholining xarid qovbiliyati yuksalishiga katta hissa qoʻshadi.

Amudaryo tumani misolida koʻzga tashlanayotgan bugungi oʻzgarishlar butun mamlakatimiz boʻylab yerga, mulkka va mehnatga boʻlgan yangicha munosabatning yorqin ifodasidir. Dala chetlari va suv havzalari atrofidagi qarovsiz maydonlarning bogʻlarga, serhosil ekinzorlarga aylanishi nafaqat tabiatga koʻrk bagʻishlaydi, balki insonning ulkan bunyodkorlik salohiyatini namoyish etadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026