55-maktabning “Ğunça” jamoasi “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining Respublika bosqiçida faxrli 2-örinni egalladi
Xabaringiz bor, joriy yilning 24-aprel kuni “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining Amudaryo tuman bosqiçi yuqori saviyada taşkil etilib, unda tumandagi umumtaʼlim muassasalaridan jami 55 ta maktab jamoalari özlarining rang-barang çiqişlari va musiqiy dasturlari bilan faol iştirok etişgan edi.
Öquvçi yoşlar tomonidan mahorat bilan ijro qilingan kuy va musiqalarni, ayniqsa, özbek milliy çolğu asboblarida çalingan betakror navolarni xolis hamda professional darajada baholab boriş uçun musiqa va sanʼat maktabining eng tajribali öqituvçilaridan iborat hakamlar hayʼati jalb qilindi. Iqtidorli yoşlar örtasida keçgan murosasiz va qizğin bellaşuvlar yakuniga köra, hakamlar hayʼatining yakuniy xulosasi bilan 1-örinni 55-sonli maktabning “Ğunça” jamoasi egallagan edi. Öz tengqurlari orasida eng yaxşi natija qayd etgan ğolib jamoa 1-darajali diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlanib, musobaqaning Respublika bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanmani qölga kiritdi.
Isteʼdodli yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan mazkur nufuzli tanlovning Respublika bosqiçi 5-may kuni Nukus şahridagi Özbekiston Respublikasi Konservatoriyasining Nukus filiali binosida katta tantana va bayramona şukuh bilan bölib ötdi.
Uşbu yirik madaniy tadbirda Respublika “Kelajak” markazi direktori Indira Xoldarova qatnaşib, yoş ijroçilarning isteʼdodi va sahna madaniyatini kuzatib bordi. Bundan taşqari, iştirokçilarning ijro mahorati va milliy çolğularda çaliş qobiliyatini munosib hamda adolatli baholab boriş uçun hakamlar hayʼati tarkibida Özbekiston xalq artisti Munojot Yölçiyeva iştirok etdi.
Tanlovning yakuniy natijalariga köra, tumanimiz şarafini munosib himoya qilgan 55-sonli maktabning “Ğunça” jamoasi uşbu bosqiçda faxrli 2-örinni egallaşga muvaffaq böldi. Yoş sozandalar va ijroçilar özlarining maşaqqatli mehnati va munosib ğalabasi uçun diplom va qimmatbaho esdalik sovğalarini bevosita Özbekiston xalq artisti Munojot Yölçiyeva hamda Respublika “Kelajak” markazi direktori Indira Xoldarovalarning qöllaridan qabul qilib oldilar.
Bunday yuksak eʼtirof va yutuq nafaqat “Ğunça” jamoasi aʼzolari, balki butun tumanimiz yoşlari uçun katta motivatsiya bölib xizmat qiladi. Bu kabi körik-tanlovlar esa ösib kelayotgan yoş avlod qalbida milliy sanʼatimizga bölgan muhabbatni yanada mustahkamlaşga, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga çiqarişga hamda maktabdan taşqari taʼlim tizimining samaradorligini oşirişga özining beqiyos hissasini qöşadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶