Amudaryo tumanida voyaga yetmaganlar xavfsizligi: tungi reydlar va natijalar
Amudaryo tumanida yoşlarning kelajagi va ularning xavfsizligini taʼminlaş maqsadida profilaktik tadbirlar izçil davom ettirilmoqda. Xususan, voyaga yetmaganlarning tungi vaqtda nazoratsiz qolişi hamda turli köngiloçar maskanlarda qonuniy vakillarisiz bölişining oldini oliş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylangan.
Şu maqsadda, Amudaryo tumani Içki işlar bölimi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasi hamda voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor-psixologlar tomonidan keng kölamli tungi reydlar muntazam ravişda ötkazib kelinmoqda.
Navbatdagi şunday tadbir avvalida ham tuman Içki işlar bölimi boşliği örinbosari podpolkovnik Şarapat Joldasbayev tomonidan şaxsiy tarkibga aniq va qatʼiy körsatmalar berildi. Mazkur topşiriqlarga köra, har bir tekşiruv fuqarolarning huquqlarini hurmat qilgan holda, yuksak xizmat madaniyati asosida olib borilişi qatʼiy belgilandi. Şuningdek, 18 yoşga tölmagan şaxslar aniqlanganda ularning hujjatlarini tekşiriş, muloyim va tarbiyaviy ruhda suhbatlaşiş hamda ularni öz ota-onalariga topşiriş jarayonida kattalar bilan ham jiddiy tuşuntiriş işlarini olib boriş vazifasi yuklatildi. Köngiloçar maskanlar egalariga esa qonunçilik talablarini yana bir bor tuşuntiriş orqali takroriy huquqbuzarliklarning oldini oliş zarurligi alohida taʼkidlandi.
Tungi reydlar davomida içki işlar organlari xodimlari internet-kafelar, kompyuter klublari, restoranlar, kafelar, barlar va tungi klublar kabi qator obʼektlarni közdan keçirdilar. Uşbu tadbirlarning asosiy maqsadi yoşlarni jazolaş emas, balki ularning hayoti va soğliğini muhofaza qiliş, tunda nazoratsiz yurib jinoyat qurboniga yoki iştirokçisiga aylanib qolişining oldini olişdir.
Maʼlumki, soat 22:00 dan to 06:00 ga qadar voyaga yetmagan fuqarolarning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar hamrohligisiz bunday joylarda bölişi qatʼiyan taqiqlanadi. Kompyuter zallari va internet-kafelar ham öz navbatida yoşlarga öquv vaqtida va tunda xizmat körsatmasligi şart. Agar uşbu taqiqlar buzilsa, qonunçilikda qatʼiy javobgarlik çoralari közda tutilgan.
Xususan, farzandining tunda nazoratsiz yurişiga yöl qöygan ota-onalarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi asosida çora köriladi. Voyaga yetmaganlarni tunda içkariga kiritgan maskan egalari esa uşbu kodeksning 1882-moddasiga muvofiq bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigaça jarimaga tortilişi yoki ularning faoliyati çeklanişi va hatto töxtatilişi mumkin.
Körilayotgan çora-tadbirlarning natijadorligi raqamlarda ham öz aksini topmoqda. 2026-yilning dastlabki 4 oyi davomida Amudaryo tumani hududida jami 82 marotaba tungi reyd tadbirlari amalga oşirildi. Bu tekşiruvlar davomida 15 ta qonunbuziliş holati aniqlanib, maskan egalariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylaştirildi.
Şuningdek, tungi vaqtda maqsadsiz yurgan 42 nafar voyaga yetmagan şaxslar aniqlanib, ularning ota-onalariga kodeksning 47-moddasi asosida tegişli taʼsir çoralari qöllanildi. Eng açinarlisi, uşbu yoşlarning 10 nafari mutlaqo qarovsiz va nazoratsiz qolganligi sababli ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazlariga joylaştirildi va ularning qonuniy vakillari zudlik bilan çaqirtirildi.
Bugungi kunda ötkazilayotgan bunday tadbirlar faqatgina huquqbuzarliklarni aniqlaş va qayd etiş bilan çeklanib qolmaydi. Uning negizida yoşlarni töğri yölga yönaltiriş, ularning xavfsizligini taʼminlaş va jamiyatda soğlom muhitni şakllantirişdek uluğvor maqsad yotibdi. Har bir fuqaro, ayniqsa ota-onalar va tadbirkorlar bu borada huşyorlik va yuksak masʼuliyatni his etişlari lozim. Zero, bugun amalga oşirilayotgan har bir saʼy-harakat va nazorat tadbiri ertangi kunimiz egalari bölgan yoş avlodning porloq va bexatar kelajagi uçun qöyilgan eng muhim qadamdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶