Harbiy xizmatçilarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topşirildi
Mamlakatimizda yoş avlodni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallaşi uçun keng imkoniyatlar yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biridir. Ayniqsa, Vatan tinçligi va xalq osoyiştaligi yölida fidokorona xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilar oilalariga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlik xalqimizning yuksak ehtiromi ifodasidir.
Maʼlumki, harbiy xizmat maşaqqatli va şarafli kasb bölib, bu yölda nafaqat harbiy xizmatçining özi, balki uning oila aʼzolari ham öziga xos sinovlarni boşdan keçiradi. Şu bois, ularning farzandlarini ijtimoiy himoya qiliş, kelajakda yetuk mutaxassis bölib yetişişlari uçun zarur şart-şaroitlarni yaratib beriş davlatimiz oldidagi muhim vazifalardan biri sanaladi.
Ana şunday ezgu maqsadlar yölida Şimoli-ğarbiy harbiy okrugida xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilar farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun imtiyozli tavsiyanomalarni topşiriş marosimi bölib ötdi. Mazkur tadbir yoşlarni ilm-fan sari ruhlantiriş, ularning kelajakdagi ulkan marralar sari dadil qadam taşlaşiga kuçli motivatsiya bağişladi.
Kötarinki ruhda taşkil etilgan tantanali marosimda okrug qömondoni, harbiy xizmatçilar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Tadbir davomida harbiy xizmatçilar farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kiriş uçun beriladigan imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravişda topşirildi. Bu eʼtibor yoşlar qalbida çeksiz faxr, masʼuliyat va Vatanga muhabbat tuyğularini yanada mustahkamladi.
Tadbirda sözga çiqqanlar tomonidan bugungi kunda mamlakat taraqqiyoti, yurt ravnaqi va xalq farovonligi avvalo bilimli, salohiyatli va vatanparvar yoşlar qölida ekanligi alohida taʼkidlandi. Zero, ilmli avlod — millat tayançi, davlatning ertangi kuni va taraqqiyotining eng işonçli kafolatidir. Şu bilan birga, yoşlarning zamonaviy bilimlarni puxta egallaşi, ilğor kasb-hunarlarni örganişi hamda kelgusida jamiyatning turli sohalarida yetuk mutaxassis bölib faoliyat yuritişi nihoyatda muhim ekanligi qayd etildi. Ayniqsa, Vatan sarhadlarini qöriqlayotgan mard va jasur harbiy xizmatçilarning farzandlariga yaratilayotgan bunday imkoniyatlar ularning orzu-maqsadlari röyobga çiqişida hal qiluvçi omil bölib xizmat qilmoqda. Uşbu yöllanmalar orqali harbiylarning farzandlari özlari qiziqqan yönalişlarda taʼlim oliş imkoniyatiga ega böladilar.
Tadbir davomida yoşlarga yaqinlaşib kelayotgan davlat imtihonlaridan muvaffaqiyatli ötiş, kelajakda xalq va Vatanga sadoqat bilan xizmat qiladigan barkamol insonlar bölib yetişiş tilaklari bildirildi. Samimiy va tantanavor ruhda ötgan uşbu marosim yoşlar qalbida yurtga daxldorlik, fidoyilik va ulkan masʼuliyat hissini yanada kuçaytirdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoşlar taʼlimi uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, zamonaviy şaroit va imtiyozlar kelajagimiz egalari bölgan öğil-qizlarning intellektual salohiyatini yuksaltirişga xizmat qilmoqda. Bu esa, öz navbatida, Yangi Özbekistonning kuçli va qudratli kelajagini bunyod etişda muhim omil bölib qolmoqda.
Yoş avlodga qaratilayotgan bunday eʼtibor — kelajak sari qöyilgan mustahkam qadamdir. Çunki Vatan ravnaqi, xalq farovonligi va mamlakat istiqboli aynan şunday bilimli, fidoyi hamda vatanparvar yoşlar qölidadir. Bu kabi ezgu taşabbuslar esa yoş avlodni doimo oldinga intilişga, bilim olişga va yangidan-yangi marralarni zabt etişga undayveradi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶