28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:43
Jamiyat 👁 348

300 ga yaqin xonadon ilk bor toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi

300 ga yaqin xonadon ilk bor toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi

Inson hayotini, uning kundalik turmushi va salomatligini toza ichimlik suvisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizning eng chekka hududlarida ham aholini toza va xavfsiz ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida keng koʻlamli islohotlar jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda. Bu boradagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida, chekka qishloq va ovullar infratuzilmasini tubdan yaxshilash maqsadida tizimli loyihalar hayotga tatbiq etilib, ularning amaliy natijasi olis manzillarda ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari olib borildi. Ushbu muhim hujjat asosida Amudaryo tumanida joylashgan Boʻz solma ovuli hududidagi “Yoʻldosh Oʻrazbaev” suv olish inshooti ham toʻliq va zamonaviy talablar asosida rekonstruktsiya qilindi. Loyiha doirasida mazkur hududda umumiy uzunligi 26,3 kilometrni tashkil etuvchi yangi ichimlik suv tarmoqlari tortilib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu ulkan saʼy-harakatlarning quvonchli natijasi oʻlaroq, 300 ga yaqin xonadonlar oʻz tarixida ilk bor markazlashgan, toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Bu nafaqat infratuzilmaning yangilanishi, balki yuzlab odamlarning kundalik turmush tarzi yengillashib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sari tashlangan juda muhim qadam boʻldi.

Albatta, ichimlik suvi infratuzilmasini barpo etish bilan ish bitmaydi, uning barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash, isteʼmol madaniyatini shakllantirish ham gʻoyat dolzarb vazifadir. Shu maqsadda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspektsiyasi hamda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan hamkorlikda tizimli nazorat va oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Yangidan suv tarmoqlari tortilgan hududlarda aholi va taʼminotchi oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlarni qonuniy tartibga solish, fuqarolarni rasmiy xizmatlar bilan toʻliq qamrab olish hamda toʻlov intizomini mustahkamlash ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, 2026-yilning birinchi choragida inspektsiya mutaxassislari tomonidan Qoraqalpogʻiston boʻylab jami 16 ta mahallada uyma-uy yurib, xonadonma-xonadon keng qamrovli oʻrganish ishlari amalga oshirildi. Jarayon davomida aholiga ichimlik suvidan oqilona va tejab foydalanish, koʻrsatilayotgan xizmatlardan qonuniy asosda foydalanishning ahamiyati, shartnoma tuzish tartib-qoidalari, shuningdek, davlat tomonidan berilayotgan mavjud imtiyoz va qulayliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Oʻrganishlar natijasida 42 ta isteʼmolchi bilan ichimlik suvi taʼminoti boʻyicha rasmiy shartnomalar imzolanishiga erishildi. Eng eʼtiborli jihati shundaki, amalga oshirilgan majmuaviy ishlar natijasida 183 nafar aholi markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti xizmati bilan rasman qamrab olindi. Ushbu raqamlar ortida inson omili, uning salomatligi va farovon turmushi mujassamdir.

Toza ichimlik suvining xonadonlarga kirib borishi fuqarolarning kundalik turmush sharoitini tubdan yaxshilab, sanitariya-gigiena holatini talab darajasida ushlab turish, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda hududda ekologik barqarorlikni taʼminlash borasida qoʻyilgan eng mustahkam poydevor sanaladi. Zero, kelgusida ham bu kabi amaliy ishlar izchil davom ettirilib, yangi loyihalar asosida yanada koʻproq aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suvi tarmoqlariga ulash maqsad qilingan.

Xalqni rozi qilish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash yoʻlida tashlanayotgan har bir qadam, eng avvalo, yurtimiz taraqqiyoti va kelajak avlodlarning sogʻlom ulgʻayishi uchun xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026