Içimlik suvidan noqonuniy foydalanganlarga jarima qöllanildi
Suv – bu hayot, tiriklik manbaidir. Bugungi kunda butun dunyoda, jumladan, bizning mintaqamizda ham toza içimlik suvi eng bebaho neʼmat sanalib, uning har bir qatrasini köz qoraçiğidek asrab-avaylaş dolzarb masalaga aylangan. Davlatimiz tomonidan aholini sifatli va uzluksiz içimlik suvi bilan taʼminlaş, olis hududlarga ham obihayot yetib borişini yölga qöyiş maqsadida köplab hududlarga yangi tarmoqlar tortilib, ulkan mablağlar sarflanmoqda. Afsuski, baʼzi fuqarolarning bu xizmatlarni suiisteʼmol qilişi oqibatida mazkur saʼy-harakatlar samaradorligiga jiddiy putur yetmoqda.
Aynan şu kabi qonunbuziliş holatlarining oldini oliş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspektsiyasi tomonidan joylarda muntazam ravişda keng kölamli örganiş işlari hamda profilaktik reydlar olib borilmoqda.
Uşbu nazorat tadbirlaridan közlangan asosiy vazifa faqatgina maʼmuriy çora köriş yoki fuqarolarni jazolaş emas, balki aholi örtasida suv resurslaridan oqilona foydalaniş madaniyatini keng tarğib qiliş, qonun ustuvorligini taʼminlaş va tabiiy boyliklarni keyingi avlodlar uçun asraşdan iboratdir.
Amudaryo tumanining Durinki hamda Böston mahallalarida ham xuddi şu kabi navbatdagi nazorat-reyd tadbirlari taşkil etildi. Mutaxassislar har bir holatni diqqat bilan örganib, tegişli tartibda qonuniy hujjatlaştirib borişdi. Bu örganişlar jarayonida ham joylarda ayrim kamçiliklar va qöpol qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.
Jumladan, Böston mahallasi hududida istiqomat qiluvçi fuqarolardan birining xonadoni tekşirilganda, heç qanday tegişli şartnoma tuzmasdan, içimlik suvi tarmoğiga noqonuniy ravişda ulangani va foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Xuddi şunday huquqbuzarlik holati Durinki mahallasi hududida istiqomat qiladigan yana bir fuqaroning xonadonida ham kuzatildi. Tekşiruv davomida uşbu fuqaro tomonidan suv hisoblagiç uskunasiga örnatilgan davlat plombasiga qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida şikast yetkazilganligi, yaroqsiz holatga keltirilganligi maʼlum böldi.
Mazkur qonunbuzarlik holatlari böyiça mutasaddilar tomonidan tegişli dalolatnomalar rasmiylaştirilib, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 163-moddasiga asosan aybdorlarning har biriga 4 million 120 ming söm miqdorida jarima jazosi qöllanildi.
Har bir qatra suvning öz qadri va bahosi bor. Tarmoqlarga noqonuniy ulaniş, hisoblagiçlarni buziş yoki suvni behuda isrof qiliş kabi salbiy holatlar butun jamiyatimiz va iqtisodiyotimiz rivojiga tösqinlik qiluvçi illatlardir. Şunday ekan, har bir isteʼmolçi foydalanilgan suv uçun belgilangan tölovlarni öz vaqtida va töliq amalga oşirib, örnatilgan qonun-qoidalarga qatʼiy amal qilmoği lozim. Zero, obihayotga nisbatan hurmat va tejamkorlik – bu eng avvalo özimizga, öz oilamizga va butun jamiyatimizga bölgan yuksak hurmatning amaldagi yorqin ifodasidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶