28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:18
Jamiyat 👁 361

Tizimli ravishda yoʻl harakati qoidalarini buzib kelayotgan haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi

Tizimli ravishda yoʻl harakati qoidalarini buzib kelayotgan haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini asrash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi vaqtlarda avtomobil yoʻllaridagi qatnov surʼatining ortishi, transport vositalari sonining muttasil koʻpayishi har bir harakat ishtirokchisidan yuksak masʼuliyat va hushyorlikni talab etmoqda. Afsuski, baʼzi haydovchilar tomonidan qoidalarga mensimay munosabatda boʻlish, oʻzgalarning hayotini ochiqchasiga xavf ostiga qoʻyish holatlari hamon uchrab turibdi. Ayniqsa, muntazam ravishda qoidabuzarlik sodir etish yoki jamiyatda oʻrnatilgan tartib-qoidalarni namoyishkorona buzish kabi noxush holatlar huquq-tartibot idoralarining doimiy diqqat markazida boʻlib kelmoqda.

Shu oʻrinda, Amudaryo tumanida ham yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, qonun ustuvorligini taʼminlash va haydovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidlash lozim. Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi hamda tuman Prokuraturasi xodimlari hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi muhokama va tushuntirish ishlari ham aynan shu xayrli maqsadga yoʻnaltirildi.

Bu galgi profilaktik suhbatga oddiy qoidabuzarlar emas, balki oʻz xatti-harakatlari bilan jamiyat xavfsizligiga va fuqarolarning osoyishtaligiga jiddiy tahdid solayotgan maʼlum toifadagi shaxslar jalb etildi. Xususan, yil davomida 10-marta va undan koʻp miqdorda yoʻl harakati qoidalarini qasddan buzgan haydovchilar tushuntirish-targʻibot tadbirining asosiy ishtirokchilari boʻlishdi. Qisqa vaqt ichida 10-marta va undan ortiq qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyish — bu tasodif yoki shunchaki eʼtiborsizlik emas, balki qonun-qoidalarga nisbatan tizimli ravishda bepisandlik qilish, oʻrnatilgan tartibni qasddan mensimaslik demakdir. Bunday haydovchilar nafaqat oʻzlarining, balki begunoh yoʻlovchilar va piyodalarning ham hayotini doimiy ravishda xavf ostiga qoʻyishadi.

Shuningdek, boʻlib oʻtgan ushbu maxsus tadbir davomida toʻy va turli xursandchilik marosimlari munosabati bilan tashkil etiladigan sayillarda avtomobillarda guruh boʻlib harakatlangan, jamoat tartibini qoʻpol ravishda buzgan va boshqa harakat ishtirokchilariga jiddiy noqulaylik tugʻdirgan haydovchilar bilan ham alohida suhbat oʻtkazildi.

Xalqimizda toʻy-tomoshalar azaldan xursandchilik va shodiyona sifatida keng nishonlanadi. Biroq, soʻnggi paytlarda baʼzi yoshlar tomonidan toʻy sayillari bahonasida markaziy koʻchalarda uzun kolonna boʻlib harakatlanish, tezlikni ruxsat etilgan meʼyoridan keskin oshirish, yoʻlning asosiy qatnov qismini sunʼiy ravishda toʻsib qoʻyish yoki kuchli ovoz chiqaruvchi moslamalardan asossiz foydalanish holatlari tez-tez koʻzga tashlanmoqda. Bunday pala-partish harakatlar nafaqat ularning eng quvonchli kunlarini qaygʻuga aylantirish xavfini tugʻdiradi, balki yoʻl boʻyida harakatlanayotgan boshqa fuqarolarning ham sogʻligʻiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Bunday guruhli harakatlar orqali yaratilgan tirbandliklar favqulodda xizmat mashinalarining, xususan tez tibbiy yordam yoki oʻt oʻchirish va qutqaruv ekipajlarining oʻz manziliga vaqtida yetib borishiga ham toʻsqinlik qiladi.

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi va tuman Prokuraturasi mutasaddi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan suhbat jarayonida har bir haydovchiga yoʻl harakati qoidalariga soʻzsiz va qatʼiy amal qilish shartligi, sodir etilayotgan qoidabuzarliklarning oxir-oqibati qanday mudhish fojialarga olib kelishi mumkinligi aniq hayotiy misollar asosida batafsil tushuntirildi.

Mutasaddilar nazoratni kuchaytirishdan maqsad faqat haydovchilarga jarima qoʻllash emas, balki insonning bebaho hayoti va sogʻligʻini asrash eng muhim tamoyil ekanini alohida taʼkidlab oʻtdilar. 10-marta va undan ortiq qoida buzgan shaxslarning ruhiy holati, ularning xavfsizlik qoidalariga nega bunchalik eʼtiborsiz ekanligi chuqur tahlil qilinib, kelajakda bunday salbiy holatlarning yana takrorlanishi jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan ogʻirroq turdagi qatʼiy jazo choralarini keltirib chiqarishi haqida ogohlantirildi. Toʻy sayillarida ishtirok etayotgan haydovchilarga esa hayotdagi eng quvonchli kunlarni muammoli tartibbuzarlikka aylantirmaslik, jamiyatda yurish-turish qoidalariga hurmat bilan munosabatda boʻlish kerakligi alohida uqtirildi.

Ichki ishlar va prokuratura organlarining tajribali xodimlari serqatnov yoʻllardagi kundalik xavfsizlik barchaning umumiy vazifasi ekanligini, har bir fuqaro qonun oldida teng boʻlib, davlat tomonidan oʻrnatilgan tartibga soʻzsiz boʻysunishi shartligini eslatib oʻtishdi. Davomli tushuntirish va targʻibot ishlaridan soʻng, suhbatga chaqirilgan haydovchilar oʻzlarining yoʻl qoʻygan nojoʻya qilmishlaridan chin dildan pushaymon ekanliklarini bildirib, kelgusida bunday qoʻpol qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikka, aksincha, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga oʻzlarining munosib xissalarini qoʻshishga soʻz berishdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026