14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 03:02
Jamiyat 👁 297

“Orol dengiziga poyezd” — yoshlar qalbida ekologik tafakkur va turizm ruhini uygʻotgan maʼnaviy safar

“Orol dengiziga poyezd” — yoshlar qalbida ekologik tafakkur va turizm ruhini uygʻotgan maʼnaviy safar

Amudaryo tumanidagi qadimiy maskan — Chilpiq qalʼasi yana bir muhim maʼnaviy-maʼrifiy tadbirga mezbonlik qildi. Bu yerda “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aktsiyasi hamda “Biz Orol bilan birgamiz” eko-marafoni yuqori ruh va katta taassurotlarga boy tarzda tashkil etildi. Mazkur tadbir nafaqat ekologik muammolarga eʼtibor qaratish, balki yoshlar qalbida tabiatga mehr, tarixiy merosga hurmat va turizm madaniyatini shakllantirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir.

Aktsiyada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan oliy taʼlim muassasalari talabalari faol ishtirok etdilar. Jumladan, Andijon davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Navoiy davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarida ekologiya va turizm yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtiroki tadbirga yanada keng qamrov va mazmun bagʻishladi.

Yoshlar dastlab tarix nafasi ufurib turgan Chilpiq qalʼasi bilan yaqindan tanishdilar. Ming yillik tarixni oʻz bagʻrida saqlab kelayotgan ushbu muqaddas maskan ularda katta taassurot uygʻotdi. Qadimiy devorlar, afsonalar bilan uygʻunlashgan tarixiy manzara yoshlarni ajdodlar merosi haqida chuqurroq oʻylashga undadi. Ayniqsa, Orolboʻyi hududining boy tarixi, madaniyati va tabiiy salohiyati haqidagi maʼlumotlar talabalarning ilmiy va maʼnaviy dunyoqarashini yanada kengaytirdi.

Tadbir davomida ekologik muammolar, xususan, Orol dengizi fojiasining bugungi avlod zimmasiga yuklayotgan masʼuliyati haqida ham fikr almashildi. Yoshlar tabiatni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va yashil turmush tarzini targʻib qilish borasida oʻz tashabbuslarini ilgari surdilar. “Biz Orol bilan birgamiz” eko-marafoni esa tabiat va inson taqdiri bir-biriga chambarchas bogʻliq ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Bugungi kunda turizm nafaqat iqtisodiy soha, balki xalqlarni yaqinlashtiruvchi, milliy qadriyatlarni dunyoga tanituvchi muhim maʼnaviy koʻprik vazifasini bajarmoqda. Ayniqsa, ekologik va tarixiy turizm yoʻnalishlarini rivojlantirish orqali hududlarning tabiiy va madaniy boyliklarini asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga yetkazish imkoniyati kengaymoqda. Orolboʻyi hududlarida oʻtkazilayotgan bunday tadbirlar esa yoshlarni yurt tarixiga befarq boʻlmaslikka, tabiatni sevishga va ichki turizmni rivojlantirishga chorlaydi.

Chilpiq qalʼasida tashkil etilgan ushbu ekologik aktsiya yoshlar uchun oddiy sayohat emas, balki katta hayotiy saboq boʻldi. Ular nafaqat tarixiy obidalarni koʻrdilar, balki ekologik muammolarning asl mohiyatini his etdilar, tabiat oldidagi inson masʼuliyatini chuqur angladilar. Bu esa ertangi kunning ekologik ongli, vatanparvar va tashabbuskor yoshlarini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shubhasiz, ana shunday maʼnaviy-maʼrifiy va ekologik loyihalar yoshlarning dunyoqarashini boyitadi, ularni ona yurtga muhabbat ruhida tarbiyalaydi hamda Orolboʻyi hududining turistik salohiyatini keng targʻib qilishga xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019