14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 01:48
Siyosat 👁 635

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 21-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 21-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2026-yil 5-iyun kuni Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada deputatlar, tuman hokimining oʻrinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ekspert guruhi aʼzolari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, xotin-qizlar faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishini Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi raisi Alisher Yoʻldashev ochib berdi va olib bordi. Majlis Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat madhiyalari sadolari ostida boshlandi. Sessiya kotibligiga “8-Oʻrta qalʼa” saylov okrugidan deputat Fotima Eshimbetova nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan birinchi masala boʻyicha tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Faxriddin Yusupov oʻz faoliyati hamda tuman mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida hisobot berdi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2026-yilning yanvar–may oylarida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Natijada 2026-yilning yanvar–aprel oylarida tumanda sanoat mahsulotlari hajmi 662,5 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻsish surʼati 102,8 foizga yetdi, xizmatlar hajmi 375,1 mlrd soʻmni tashkil qilib, oʻsish surʼati 118,7 foizni tashkil etdi. Shuningdek, qurilish-pudrat ishlari hajmi 140,7 mlrd soʻmga yetib, oʻsish surʼati 109,2 foizni tashkil qildi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi esa 317,5 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻsish surʼati 101 foizga yetdi.

Sessiyaning kun tartibidagi navbatdagi masala, yaʼni tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarining faoliyati yuzasidan hisobotni hokimlik bosh mutaxassisi Ixtiyor Odilov oʻqib eshittirdi.

Maʼlum qilinishicha, 2025-yil yakuni boʻyicha tumandagi 14–30 yosh oraligʻidagi 53 ming 369 nafar yoshlar xatlovdan oʻtkazilib, “Yoshlar balansi” shakllantirilgan. Natijalarga koʻra, ularning 37 ming 435 nafari “yashil”, 15 ming 550 nafari “sariq” hamda 384 nafari “qizil” toifaga kiritilgan. “Yoshlar balansi” asosida aniqlangan 546 nafar ishsiz yoshlar “ogʻir” toifaga kiritilib, ularga 29 nafar tashkilot rahbarlari biriktirilgan. Joriy yilning oʻtgan besh oyida ushbu toifadagi yoshlarning 356 nafari yoki 65,2 foizining bandligi taʼminlangan.

Shuningdek, hisobot davrida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 30 nafar yoshdan 28 nafarining toʻlov-kontrakt mablagʻlari hamda 2 nafarining ilm-fan yoʻnalishidagi oʻquv kurslari xarajatlari qoplab berilgan.

Sessiyada tuman hokimining oʻrinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Hamza Xayitimbetovning ham hisoboti tinglandi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, tumanda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subʼektlarini qoʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish maqsadida qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

2026-yilda umumiy qiymati 545 mlrd soʻmlik 26 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan boʻlib, ular doirasida 1 ming 115 ta yangi ish oʻrni yaratish hamda 26,8 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hisobot davrida umumiy qiymati 12,8 mlrd soʻmlik 6 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilib, natijada 56 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.

Sessiyada ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlarining suv xoʻjaligi sohasidagi ishlari holati yuzasidan ham axborot tinglandi. Mazkur masala boʻyicha “Qoraqalpoq suv taʼminoti” MChJ Amudaryo tumani filiali boshligʻi Nariman Sabirov hisobot berdi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi qaroriga muvofiq Jumurtov shaharchasi hududida 7,1 kilometr uzunlikdagi yangi suv tarmogʻi qurilib, mahalladagi 174 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanadi. Shuningdek, Prezidentning 2019-yil 9-apreldagi qarori asosida Osiyo taraqqiyot banki kredit mablagʻlari hisobidan tumanning ichimlik suv taʼminotini yaxshilash, Mangʻit suv tozalash inshootini yangidan qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.

“Amudaryo tumanining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi doirasida qiymati 29,03 mln AQSh dollari miqdorida tuzilgan shartnoma asosida 3 ta ichimlik suvi obʼekti hamda 300 kilometrdan ortiq ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, qiymati 12,98 mln AQSh dollariga teng boʻlgan “Mangʻit” suv tozalash inshootida ham qurilish-montaj ishlari davom etmoqda. Mazkur loyihalar yakunida tumandagi isteʼmolchilarni markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 80 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shundan soʻng Kengashning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi Madamin Kazakovning axboroti tinglandi.

Maʼlum qilinishicha, 2026-yilning oʻtgan besh oyida komissiya tomonidan 11 ta yigʻilish oʻtkazilib, iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasidagi masalalar bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglangan.

Shuningdek, doimiy komissiya tomonidan 27 ta masala dastlabki tartibda koʻrib chiqilib, ular yuzasidan tegishli xulosalar berilgan hamda qarorlar qabul qilingan. Mazkur masalalar boʻyicha ekspert guruhi ishtirokida sessiya qarorlari loyihalari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda sessiya muhokamasiga kiritilgan.

Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019