28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:14
Qishloq xoʻjaligi 👁 284

Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi jarayonlari va yangi loyihalar koʻzdan kechirildi

Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi jarayonlari va yangi loyihalar koʻzdan kechirildi

Bugungi kunda Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi sohasidagi eng muhim agrotexnik tadbirlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda mirishkor dehqonlarimizning asosiy eʼtibori gʻalla oʻrimi mavsumini qisqa muddatlarda, hech qanday yoʻqotishlarsiz va sifatli darajada yakunlashga, shuningdek, paxta maydonlarida barcha zarur agrotexnik ishlarni oʻz vaqtida bajarishga qaratilgan.

Yetishtirilgan moʻl don hosilini nes-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olish maqsadida barcha mavjud zamonaviy texnika vositalari hamda malakali mexanizatorlar safarbar etilgan. Dalalarda oʻrim kombaynlari uzluksiz faoliyat olib bormoqda va buning natijasida yigʻib olingan hosilni qabul qilish maskanlariga uzluksiz va tizimli ravishda yetkazib berish choralari koʻrilmoqda. Soha masʼullari tomonidan oʻrim-yigʻim jarayonlari doimiy nazorat qilinib, texnika hamda yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etilishi taʼminlanmoqda.

Shu bilan birga, tumanning paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlar jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Jumladan, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish, oʻsimlikni meʼyorida sugʻorish, mineral oʻgʻitlar bilan vaqtida oziqlantirish, shuningdek, turli xil zararkunandalar hamda kasalliklarga qarshi kurashish ishlari belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda. Malakali mutaxassislar tomonidan har bir maydon holati joyida oʻrganilib, fermer va dehqonlarga zarur amaliy tavsiyalar berib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, gʻalla oʻrimini yuqori uyushqoqlik bilan yakunlash va gʻoʻza parvarishida agrotexnik talablarga toʻliq amal qilish kelgusi hosildorlikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu maqsad yoʻlida Amudaryo tumanidagi barcha masʼul tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari va qishloq mehnatkashlari hamjihatlikda samarali mehnat qilmoqdalar. Bu mashaqqatli mehnat birinchi navbatda aholini kundalik sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, yurtimizning eksport salohiyatini oshirish hamda mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga bevosita xizmat qiladi.

Ushbu jarayonlarni yanada jadallashtirish va qishloq mehnatkashlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 9-iyun kuni Oʻzbekiston fermerlari kengashi boʻlim boshligʻi Barno Mirzamova, Qoraqalpogʻiston fermerlari kengashi raisi oʻrinbosari Allaniyoz Ajimov, tuman fermerlar kengashi raisi Ilxom Palvanov hamda kengash agronomi Javlon Rajabovlar ishtirokida fermer xoʻjaliklari dalalarida oʻrganish ishlari olib borildi.

Mutasaddilar tomonidan qishloq xoʻjaligi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-maydagi “Paxta va bugʻdoy yetishtiruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilab berilgan imtiyozlardan kelib chiqqan holda ishlarni amalga oshirish boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Tashrif davomida ishchi guruh vakillari tumanning Bobur nomli ovuli hududida faoliyat yuritayotgan “Ravshanbek Amirxon” fermer xoʻjaligining gʻalla maydonlarida boʻlib, oʻrim-yigʻim mavsumiga koʻrilgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdilar va oʻzlarining kerakli tavsiyalarini berdilar.

Shundan soʻng masʼullar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktyabrdagi “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan yaqindan tanishish maqsadida “Umid Azimxoʻja” fermer xoʻjaligida boʻldilar. Bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar hamda xoʻjalikning istiqbolli rejalari atroflicha oʻrganildi.

Qaror ijrosi doirasida mazkur hududda aholi bandligini va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, fermerlik va tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan koʻplab loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va chuqur qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Tashrif yakunida mutasaddilar tomonidan mazkur loyihalarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish, aholi daromadlarini koʻpaytirish va hududning umumiy iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoitlar va berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, sohadagi tizimli islohotlar yaqin kelajakda tuman qishloq xoʻjaligini rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqadi hamda el farovonligini taʼminlashda oʻzining ulkan natijalarini beradi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026