Yoşlar – yurtimiz ertasi va taraqqiyot drayverlari
Bugun yurtimiz böylab özgaça bir şukuh, yuksak ğayrat va şijoat nafasi kezmoqda. Boisi, mamlakatimiz böylab 30-iyun – Yoşlar kuni munosabati bilan “Yoşlar oyligi”ga start berildi.
Har bir millatning taraqqiyoti, davlatning qudrati va jamiyatning porloq kelajagi töğridan-töğri uning yoş avlodga bölgan eʼtiboriga, yaratayotgan imkoniyatlarga boğliqdir. Bugun Özbekiston aholisining katta qismini taşkil etuvçi yoşlar — yurtimizning eng ulkan boyligi va yangilanişlar drayveri hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan asos solingan Özbekiston yoşlar ittifoqi taşkil topgan kun – 30-iyun sanasi şunçaki taqvimdagi oddiy bir bayram emas. Bu – har bir yigit-qizga körsatilayotgan yuksak davlat eʼtibori va çeksiz imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.
Hozirgi kunda davlatimizning olib borayotgan oqilona siyosatning markazida aynan biz – yoşlarning manfaatlari turibdi. Har bir mahallada Yoşlar yetakçisi tizimining samarali yölga qöyilgani köplab yigit-qizlarning hayotda öz yölini topişiga xizmat qilmoqda. Quvonarlisi, bunday imkoniyatlardan bizning öğil-qizlarimiz ham unumli foydalanmoqda.
Bunga yorqin misol qilib, Amudaryo tumanida ötkazilgan futbol böyiça Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) kubogi bahslarida bizning Namuna mahallamiz yoşlarining faxrli 3-örinni egallaganini alohida ğurur bilan taʼkidlaş mumkin.
1-iyun kuni bölib ötgan tantanali taqdirlaş marosimi mahallamiz va tumanimiz yoşlarining sportga bölgan yuksak qiziqişi hamda irodasining amaliy isboti böldi.
Xulosa örnida aytganda, biz – bugungi yoş avlod, tarixdagi buyuk ajdodlarimizning munosib davomçilarimiz. Şuning uçun ham yelkamizdagi masʼuliyatni çuqur his qilgan holda, Yangi Özbekiston va Uçinçi Renessans poydevorini barpo etişda faol iştirok etişimiz şart. Zero, tumanimiz ravnaqi va yurtimiz istiqboli bizning bugungi intilişimiz va qatʼiyatimizga boğliq. Biz şunçaki kuzatuvçi emas, balki jonajon Vatanimiz taraqqiyotining faol ijroçisiga va bunyodkoriga aylanişimiz lozim.
Aziz tengdoşlar, kelajak sari dadil qadam taşlaşdan, öqib-örganişdan va yurtimiz ravnaqi yölida mehnat qilişdan aslo töxtamaylik! Kirib kelayotgan Yoşlar kuni barçamizga muborak bölsin!
Muhayyo Ortiqboyeva, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶