Yuqori qişloq mahallasida ijtimoiy xodim samarali faoliyat yuritmoqda
Har bir jamiyatning ijtimoiy qiyofasi, eng avvalo, uning aholi ehtiyojmand qatlamlariga körsatayotgan eʼtibori, mehri va ğamxörligi bilan ölçanadi. Bugungi kunda yurtimiz böylab mahallabay işlaş tizimi orqali har bir oila, har bir fuqaro davlatning doimiy eʼtibori va ijtimoiy himoyasi qamroviga olinmoqda. Xususan, Amudaryo tumanida joylaşgan Yuqori qişloq mahallasida ham bu borada keng kölamli, tizimli va samarali işlar amalga oşirilmoqda. Mazkur hududga biriktirilgan ijtimoiy xodim Dildora Kenjayeva öz kasbiga fidoyilik bilan yondaşib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan tizimli ravişda işlaşib kelmoqda.
Statistik maʼlumotlarga nazar taşlaydigan bölsak, Yuqori qişloq mahallasida jami 624 ta xonadon bölib, ularda 763 ta oila va 2438 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu raqamlar ortida şunça inson taqdiri, orzu-umidlari va albatta, turli xil ijtimoiy ehtiyojlari yotibdi. Ijtimoiy xodimning zimmasidagi masʼuliyat kölami naqadar keng va murakkab ekanligini şundan ham anglaş mumkinki, u bugungi kunda aholining 12 toifasi bilan muntazam va tizimli ravişda işlab kelmoqda. Har bir toifaning öziga xos xususiyatlari, muammolari va zudlik bilan yeçim talab qiladigan hayotiy masalalari mavjud bölib, ularning heç biri eʼtibordan çetda qolmayapti.
Ijtimoiy xodimlardan öz hududlarida yaşovçi 1-toifaga mansub bölgan, yaʼni özgalar parvarişiga muhtoj, yolğiz yaşovçi şaxslarga alohida eʼtibor qaratiş talab qilinadi. Mazkur mahallada ham bunday toifadagi 1 nafar şaxs mavjud bölib, unga ijtimoiy assistent tomonidan muntazam ravişda, kundalik turmuşda zarur bölgan xizmatlar körsatib kelinmoqda.
Şuningdek, jamiyatning yana bir himoyaga muhtoj qatlami bölgan 2-toifa, yaʼni nogironligi bölgan şaxslar bilan işlaş jarayoni ham doimiy nazoratga olingan. Mahallada jami 77 nafar nogironligi bölgan şaxs yaşaydi. Ularning 10 nafari 1-guruh, 54 nafari 2-guruh, 3 nafari 3-guruh nogironlari hisoblanadi. 8 nafari esa nogironligi bölgan bolalardir. Bu fuqarolarning har biriga individual yondaşilib, ularga zarur ijtimoiy yordamlar öz vaqtida körsatilmoqda.
Moddiy va maʼnaviy kömakka muhtoj bölgan 3-toifa, yaʼni kam taʼminlangan oilalar holati ham ijtimoiy xodimning kundalik kuzatuvi va eʼtibori markazida turadi. Mahalladagi bunday oilalardan muntazam ravişda xabar olinib kelinmoqda. Hozirgi kunda ijtimoiy reyestrga hududdagi 59 ta oila kiritilgan. Ularning 10 tasi töliq davlat taʼminotidagi oilalar, 39 tasi kambağal oilalar hamda 10 tasi kambağallik çegarasidagi oilalardir. Bu oilalarga berilayotgan maqsadli kömaklar ularning turmuş tarzini yaxşilaşga va qiyinçiliklarni yengib ötişiga xizmat qilmoqda.
4-toifaga kiruvçi fuqarolar sifatida vasiylik va homiylikka olingan bolalar taqdiri ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ota-onasi xorijga mehnat migratsiyasiga ketişi sababli, mahalladagi jami 22 nafar bolaga qonuniy vakil, yaʼni vasiylik yoki homiylik tayinlangan. Mehr va eʼtiborga muhtoj bölgan bu bolalar qarovsiz va nazoratsiz qolmasligi uçun ularning yaşaş holati muntazam ravişda, har çorakda monitoring qilinib kelinmoqda.
Amudaryo tumanidagi Yuqori qişloq mahallasida olib borilayotgan bunday manzilli va hayotiy ijtimoiy himoya tadbirlari inson qadrini uluğlaşdek ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. Ijtimoiy xodimlarning masʼuliyatli va sermahsul faoliyati tufayli esa heç bir fuqaro, heç bir oila davlat eʼtiboridan çetda qolmaydi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶