Migratsiya va personallaştiriş xizmatlari sifati örganildi
Mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlarini körsatiş sifatini oşiriş va fuqarolarning muşkulini oson qiliş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Bu borada aholiga yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişiş maqsadida Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Migratsiya va personallaştiriş departamenti boşliği Uluğbek Taşxodjayev tuman Içki işlar bölimi Migratsiya va personallaştiriş bölinmasida böldi.
Jarayon davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065-sonli Farmoni talablariga muvofiq, identifikatsiya ID-kartasini oliş uçun murojaat qilgan fuqarolarga ortiqça hujjatlarni talab qilmasdan, ularni 1 iş kuni davomida rasmiylaştirib, öz egalariga topşiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, Prezidentimizning 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-sonli qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida, xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş jarayonlari muhokama qilindi. Unda voyaga yetmagan şaxslar uçun ota-onalari iştirokida tilxat yoki notarial roziliklarni oliş tartibini töğri yölga qöyiş hamda tayyor bölgan pasportlarni öz egalariga qisqa muddatlar içida tarqatiş böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi.
Joylarda olib borilayotgan bu kabi amaliy örganişlar va berilgan körsatmalar tizimdagi iş unumdorligini oşirişga, eng asosiysi, fuqarolarning vaqtini tejab, ularning davlat idoralaridan rozi bölişiga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶