Qiliçboydagi zamonaviy öquv markazi yuzlab yoşlar uçun imkoniyatlar eşiklarini oçmoqda
Mamlakatimizda yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularning tadbirkorlik taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş va iqtidorlarini yuzaga çiqariş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişiga aylangan. Bu borada yaratilayotgan keng kölamli imkoniyatlar çekka hududlardagi yoşlar hayotida qanday ulkan özgarişlarga sabab bölayotganini bugun yaqqol körişimiz mumkin. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Yoşlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlaşga qaratilgan biznes loyihalarni qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bu yönalişdagi işlarni mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqdi. Mazkur tarixiy qaror asosida Yoşlar işlari agentligi huzuridagi “Yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş davlat maqsadli jamğarmasi” davlat muassasasining taşkil etilişi köplab yigit-qizlar uçun öz orzularini röyobga çiqarişda mustahkam poydevor bölib xizmat qilmoqda.
Aynan uşbu jamğarma tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan “Kömak” loyihasi nafaqat tadbirkorlikni rivojlantiriş, balki çekka qişloq va ovullarda taʼlim sifatini oşirişga xizmat qilayotgan muhim taşabbuslardandir. Uşbu loyihaning asosiy maqsadi olis hududlarda çet tillariga ixtisoslaşgan öquv markazlarini oçiş istagida bölgan şijoatli yoşlarni moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Loyiha doirasida yaratilgan eng katta imkoniyat şundaki, uşbu imtiyozdan foydalaniş istagini bildirgan yoşlarga 3-yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million sömgaça foizsiz qarz, yaʼni ssuda ajratilişi belgilangan. Bu esa öz biznesini boşlaş arafasida turgan yoş tadbirkorlar uçun juda katta moliyaviy kömak demakdir.
Amudaryo tumanining Qiliçboy ovulida istiqomat qiluvçi Sardorbek Imomiddinov faoliyati misolida uşbu qaror bilan yaratilgan imkoniyatlarning amaldagi yorqin ifodasini körişimiz mumkin. Oliy taʼlim muassasasini axborot texnologiyalari yönalişi böyiça muvaffaqiyatli tamomlagan bu yoş mutaxassis Yoşlar işlari agentligi tomonidan taşkil etilgan Öquv markazlari forumida faol iştirok etdi. Natijada u yuqorida qayd etilgan 130 million sömlik ssudani oliş imkonini beruvçi maxsus vauçerni qölga kiritişga muvaffaq böldi. Olingan mablağ evaziga u Qiliçboy ovulida yoşlarning zamon talablariga mos ravişda bilim olişlari uçun barça şaroitlarga ega bölgan, zamonaviy qiyofadagi çet tillariga ixtisoslaşgan öquv markazini bunyod etdi.
Bugungi kunda mazkur taʼlim maskani hududdagi yoşlarning eng gavjum va sevimli joyiga aylanib ulgurdi. Markazda ayni paytda Qiliçboy ovuli va unga yondoş hududlar yoşlari haftasiga 7 kun mobaynida, 2 smenada bilim olmoqda.
Uşbu öquv markazining oçilişi qişloq yoşlari va ularning ota-onalari uçun ğoyatda katta qulaylik yaratdi. Ilgarilari çet tillarini örganiş istagida bölgan öquvçilar boşqa hududlarga, tuman markazlariga qatnab öqişga majbur edilar. Bu esa, öz navbatida, yölkira uçun qöşimça xarajatlarni talab qilar, eng muhimi, yoşlarning köp vaqti yöllarda zoye ketar edi. Endilikda esa ular öz uylariga yaqin joyda, xavfsiz va qulay şaroitda, ortiqça sarf-xarajatlarsiz sifatli taʼlim oliş imkoniyatiga ega böldilar.
Öquv markazining öz faoliyatini boşlaganiga endigina 6 oy bölganiga qaramay, erişilayotgan dastlabki amaliy natijalar tahsinga sazovor. Yaqindagina markazda tahsil olayotgan 22 nafar iqtidorli yoşlar çet tillari va turli fanlarni biliş darajasi böyiça nufuzli sertifikatlarni qölga kiritişga muvaffaq bölişdi. Çekka hududlarda bunday xayrli taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşda tuman hokimligining ham örni beqiyos bölmoqda. Xususan, tuman hokimi Sobir Xojametov taşabbusi bilan uşbu yangi öquv markazining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlaş va yoşlarga qöşimça şart-şaroitlar yaratiş maqsadida 5 ta eng sönggi rusumdagi zamonaviy kompyuter jamlanmasi olib berildi. Şu bilan birgalikda, markaz qoşida boy maʼnaviy xazinaga ega bölgan yangi kutubxona taşkil etiş uçun 500 dan ortiq turli xil kitoblar taqdim etildi.
Globallaşuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi asrda yoşlarning çet tillarini mukammal bilişi hamda kompyuter savodxonligiga ega bölişi nafaqat şaxsiy kamolot, balki butun mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoşligini oşirişda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, xorijiy tillarni yaxşi biliş qişloq yoşlari uçun nufuzli oliygohlarda taʼlim oliş va xalqaro dasturlarda iştirok etiş eşiklarini oçadi. Qiliçboy ovulida yaratilgan bunday şaroitlar esa yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş bilan birga, kelajakda öz örnini topa oladigan barkamol avlod bölib voyaga yetişida mustahkam köprik vazifasini ötaydi. Tadbirkorlik, intiliş va davlat kömagining bunday uyğunligi natijasida hududlarda nafaqat taʼlim infratuzilmasi yaxşilanmoqda, balki aholining kayfiyati va kelajakka bölgan işonçi ham yuksalib bormoqda.
Bugungi kunda markazning zamonaviy kompyuter xonasida yoşlar dasturlaş ilmlarini va axborot texnologiyalarini bepul örganişmoqda. Markaz qoşida taşkil etilgan yangi kutubxona esa nafaqat öquvçi yoşlar, balki butun Qiliçboy ovuli aholisi uçun doimiy ravişda oçiq bölib, barça bemalol kelib, kitob mutolaa qilişlari uçun imkoniyat yaratilgan. Eng quvonarlisi şundaki, oliy taʼlim muassasasida tahsil olgan Sardorbek Imomaddinov özining dasturlaş va kompyuter texnologiyalari böyiça egallagan bilimlarini hamqişloqlari bilan çin dildan baham körmoqda. U yoşlar uçun kompyuter savodxonligi darslarini bepul taşkil etib, ularni kelajakning eng talabgir kasblariga tayyorlaşga özining munosib hissasini qöşib kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz tomonidan berilgan va töğri yönaltirilgan moliyaviy resurslar Sardorbek singari köplab yoş mutaxassislarning fidoyiligi sababli minglab yoşlar hayotida yangi sahifa oçmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶