12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:46
Jamiyat 👁 455

Toş yop ovuli: yangilaniş va farovonlik manzili

Toş yop ovuli: yangilaniş va farovonlik manzili

Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, eng avvalo, oddiy insonlarning hayot tarzini yaxşilaşga va ularning turmuş darajasini yuksaltirişga xizmat qilmoqda. Uşbu islohotlar natijasida Amudaryo tumanining Toş yop ovuli ham bugungi kunda tom maʼnoda yangilaniş va bunyodkorlik maydoniga aylangan. Uşbu mahallada faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi”ning özaro hamjihatligi, birdamligi va maqsadli intilişlari natijasida hudud qiyofasi kundan-kunga gözallaşib, qator salmoqli amaliy natijalar qölga kiritilmoqda.

Bugungi kunda mazkur mahallada jami 710 ta xonadon mavjud bölib, ularda 730 ta oila istiqomat qiladi. Hududning umumiy aholisi 3725 nafarni taşkil etadi va ularning 1901 nafari xotin-qizlardan iboratdir. Bu raqamlarning ortida şunça insonning orzu-umidlari, quvonçi va ertangi kunga bölgan mustahkam işonçi mujassam.

Qişloq joylarning infratuzilmasini tubdan yaxşilaş maqsadida davlatimiz tomonidan ulkan loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamğarmasi iştirokida “Qişloq joylarni barqaror rivojlantiriş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori hududlar rivojida muhim dasturilamal bölmoqda.

Uşbu qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida 2024-yilda Toş yop ovulini rivojlantiriş rejasi işlab çiqilib, uning doirasida ustuvor ahamiyatga ega bölgan 5 ta yirik loyiha tasdiqlangan edi. Mazkur loyihalarni amaliyotga joriy etiş işlari ötgan yillar davomida jadal surʼatlarda olib borildi.

Natijalar esa bugun közni quvontiradi. Yoş avlodning sifatli taʼlim olişini taʼminlaş maqsadida ovuldagi 5-sonli umumtaʼlim maktabi binosi töliq qayta taʼmirlandi. Aholining asosiy ehtiyoji bölgan içimlik suvi masalasi ham ijobiy hal etildi. Mahallaning Musavvir köçasida joylaşgan tozalangan içimlik suvi inşooti bitkazilib, işga tuşirildi va hozirgi vaqtda fuqarolar toza musaffo suvdan foydalanib kelmoqdalar.

Bundan taşqari, ilgari mahalla ahli tibbiy yordam oliş uçun uzoq yöl bosib, şahar markazidagi kasalxonaga borişga majbur edi. Bu noqulaylikka barham beriş maqsadida hududda 50 ta qabulga möljallangan yangi Qişloq vraçlik punkti qurib bitkazildi va foydalanişga topşiriş arafasida turibdi. Qişning qahraton kunlarida va yoğingarçilik vaqtida maktab öquvçilarining loy köçalarda yurmasligi uçun 4 kilometr uzunlikdagi maxsus piyodalar yölakçasi barpo etilmoqda. Şu bilan birga, içki köçalarni asfalt qiliş işlari ham boşlaniş jarayonida turibdi.

Obodonlaştiriş işlari faqatgina davlat dasturlari bilan çeklanib qolmagan. Ovul ahlining özi ham yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yaşab, katta taşabbuskorlik körsatmoqda. Joriy yilning fevral oyida fuqarolarning faolligi natijasida toş yopliklar “Taşabbusli byudjet” loyihasida muvaffaqiyatli iştirok etib, ğolib çiqdi. Ayni kunlarda uşbu ğalaba samarasi ölaroq, mahallaning markaziy yölida asfalt yotqiziş jarayoni qizğin davom etmoqda. Uşbu loyiha doirasida jami 7,3 kilometr yöl tekis va ravon holatga keltiriladi.

Aholining birdamligi yaqqol namoyon bölgan yana bir loyiha –  joriy yilning 1-iyun kuni Özbekiston Respublikasi Sport vazirligi taşabbusi bilan ötkazilgan tanlovda ovul hududida oçiq sport maydonçasi quriş loyihasi ğolib deb topildi hamda uning qurilişi uçun vazirlik tomonidan mablağ ajratildi. Endilikda hududda ölçami 20 metrga 30 metr bölgan, barça uçun xizmat qiladigan zamonaviy vorkaut maydonçasi bunyod etiladi.

Mahalla ahlining asosiy daromad manbai dehqonçilik va çorvaçilikka sohalaridan keladi. Hududning mehnatkaş fuqarolari tomorqa madaniyatini yuksaltirib, çorvaçilik, parrandaçilik va dehqonçilik orqali öz oilalariga qut-baraka olib kirmoqdalar. Xususan, Musavvir köçasida istiqomat qiluvçi fuqaro Ilhom Xudoyorov bu borada köpçilikka örnak bölmoqda. U öz xöjaligida çorva va parranda boqib, tomorqasidagi turli ekinlardan möl hosil olmoqda. Şu bilan çeklanib qolmasdan, u inkubatsiya uskunasidan jöja oçirib çiqariş hamda asalariçilik bilan ham şuğullanib, nafaqat öz oilasi byudjetini boyitmoqda, balki mahalla farovonligiga öz hissasini qöşmoqda.

Şuningdek, hududda mehr-oqibat va saxovat tadbirlari ham tizimli yölga qöyilgan. Ovul obodligini taʼminlaş va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qöllab-quvvatlaş maqsadida, har oyda 1 marotaba kömakka ehtiyojmand kamida 2 ta oilaning taʼmirtalab xonadonlarida ommaviy haşar uyuştirilmoqda. Aholi jipslaşib amalga oşirayotgan bunday ezgu işlar natijasida köplab uylar körkam holatga keltirilmoqda. Ovulda yaşovçi Muzaffar Yuldaşevning xonadonida ötkazilgan haşar ham xalqimizga xos bağrikenglikning yorqin namunasidir.

Davlatimiz tomonidan yoşlar masalasiga, ayniqsa, ijtimoiy kömakka muhtoj öğil-qizlar taqdiriga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi 1-sonli qaroriga muvofiq, 2-çorak “Yöl xaritasi” ijrosi doirasida Toş yop ovuli hududida keng qamrovli profilaktik tadbirlar ötkazildi. Uşbu tadbirlar natijasida davlat kömagiga muhtoj bölgan, “oğir” toifaga kiritilgan yoşlar bilan tizimli ijtimoiy profilaktika işlari taşkil etilmoqda.

Mahalla faollari bilan hamkorlikda hududda çuqur örganişlar olib borilib, uşbu toifadagi şaxslarning aniq röyxati şakllantirildi. Ularning muammolarini tinglaş va bartaraf etiş maqsadida bu yoşlarning barçasi “mahalla yettiligi” vakillariga nomma-nom biriktirildi. Jumladan, onasi vafot etgan, otasi esa heç qaerda işlamaydigan, mahallada yaşovçi Nodirbek Jumamuratovning hayotiy muammolarini hal etiş uçun unga masʼul rahbar biriktirilib, zarur yordam va yöl-yöriq körsatilmoqda.

Xulosa örnida taʼkidlaş joizki, Amudaryo tumanidagi Toş yop ovulida olib borilayotgan bunday keng kölamli bunyodkorlik işlari va insonparvarlik tadbirlari, odamlarning ertangi kunga bölgan umidini yanada mustahkamlamoqda. Infratuzilmaning tubdan yaxşilanişi, yangi va zamonaviy yöllar, maktab hamda şifoxonalarning qad rostlaşi, tadbirkorlik taşabbuslarining qöllab-quvvatlanişi va eng muhimi, inson qadrining uluğlanişi — bularning barçasi farovon jamiyat quriş yölidagi dadil qadamlardir. Aholining hamjihatligi va davlatning bevosita eʼtibori uyğunlaşgan bu kabi ovul hamda mahallalar farovonlik va mehr-oqibat beşigiga aylanib ulgurdi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026