12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:46
Qişloq xöjaligi 👁 374

Amudaryo tumani qişloq xöjaligi bölimi hamda tuman fermerlari kengaşining qöşma MUROJAATI

Amudaryo tumani qişloq xöjaligi bölimi hamda tuman fermerlari kengaşining qöşma  MUROJAATI

PAXTAGA QÖŞIMÇA IŞLOV BERING VA HOSILINGIZGA HOSIL QÖŞING!

Hurmatli dehqon va fermerlar hamda agrar soha xodimlari!

Bu yilgi tabiat qiyinçiliklariga qaramasdan, Siz fermer va dehqonlar tomonidan tumanimiz böyiça 13 ming gektar şundan, Şinjon usulida 3,4 ming gektar maydonlarda paxta parvarişlanmoqda.

Barçamiz yaxşi tuşunamizki, hozirgi öta murakkab iqlim şaroitida köplab sinov va qiyinçiliklarga qaramasdan, ayniqsa bu yil iyul oyining har yilgidan köra ikkinçi yarmi öta issiq kelayotganligi sababli suvçi, mexanizator hamda çekanka (çilpiş) qiladigan dala işçilariga iş haqqilarini öz vaqtida berib, paxtangizda agrotexnik tadbirlarni, jumladan, suğoriş, kultivatsiya qiliş va çekankani öz vaqtida taşkil etişni davr taqozo etmoqda.

Xalqimiz Sizdek mirişkor dehqon va fermerlar, mohir suvçi va irrigatorlar, öz işining haqiqiy ustasi bölgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va tadqiqotçilar, klaster xodimlari timsolida ana şunday fidoyi insonlarni köradi va el-yurt dasturxonini tökin qiliş yölidagi şarafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi.

Murakkab ob-havo şaroitidan tortib, eng kerakli agrotexnik tadbirlarni qöllaşgaça bölgan jarayonlardan eson-omon ötiş oson keçmaydi, albatta.

Eng muhimi, bu yil iyul oyining söngi ön beş kunligi va avgust oyining birinçi ön kunligi jazirama issiq kunida paxtaning hosilini olib qolib, tunu kun qilgan halol zahmatli xizmatlari mevasi naqadar totli ekanini hosil pişib yetilib, öz vaqtida terib-yiğib olinib, xirmonga tökilgan damda, asosiysi, belgilangan rejalar oşirib uddalanganidan keyingina anglab yetadi.

Ana şundagina fermerning köngli xotirjam böladi. Buning uçun esa har bir fermer xöjaligi rahbari bugundan boşlab öz paxta dalasida “Dolzarb – 20 kun” eʼlon qilişi lozim.

Himmati baland mirişkor fermerlar!

Iyul-avgust oylarida bajariladigan agrotexnik tadbirlarning ahamiyati paxta hosildorligini oşirişda nihoyatda muhim. Negaki, hosilning ertagi, sifatli va möl bölişi ayni şu oydagi mehnat natijasi bilan ölçanadi. Zero, ğöza agrotexnikasi talablarga muvofiq bajarilsa, rivoji tezlaşib, kösaklarga kösak qöşiladi, erta pişib yetiladi, hosilga baraka kiradi.

«Ğöza pişmaydi» degan qaraş notöğri. Özbekistonning qisqa vegetatsiya şaroitida uning pişişini texnologik reja asosida boşqariş kerak. Yaşil kösak emas, pişgan, oçilgan va terib olingan paxta haqiqiy hosildir.

Yuqoridagidan kelib çiqib, paxtadan yuqori hosil oliş uçun iyul-avgust oylarida yana biz fermerlar tomonidan agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş zarur bölayotganligini hamda ortiqça yetiştirilgan har bir kilogramm paxta uçun qöşimça daromad olişingizni yurakdan his etib, quyidagi tadbirlarni har qaçongidan ham masʼuliyat bilan yondaşib amalga oşiraylik!

birinçidan, barça dehqonlarning örni dalada bölişi, ayniqsa suvçi, mexanizator, entomologlar öz işiga öta jiddiy yondaşmoği darkor;

ikkinçidan, buning uçun davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan imtiyozlardan foydalangan holda suvçilarga 1 mln 500 ming sömdan, mexanizatorlarga 1 mln sömdan hamda çekanka (çilpiş) qiladigan dala işçilarga gektariga 200 ming sömdan iş haqqi berilişini 10 kun muddatda yakunlang;

uçinçidan, öz dalangizda zarur şart-şaroitlar yaratib, jumladan issiq ovqatlarni doimiy ravişda taşkil qiling;

törtinçidan, ğözani yana bir marta şarbat usulida qondirib suğoriş, buning uçun suvçilarga barça şart-şaroit yarating, tungi suğorişni yölga qöyib, suğoriş işlarini yakunlang. Bunda, suvdan töğri, oqilona foydalaning, suğorişda köllatmasdan suğorib, kam suv bilan tez-tez suğorişni taşkil qiling, zovurga taşlamaslik çoralarini körib suvni ortiqça isrof qilinişiga yöl qöymang;

beşinçidan, zararkunanda haşarotlar – kösak qurti, örgimçakkana, beda qandalasi, qora şira xurujidan himoya qilişni kuçaytiring, uyğunlaşgan kuraş çoralarini keng qöllang;

oltinçidan, ğözaning gullaş va kösaklaş davrida droja, aspirin hamda tarkibida bor kislotasi, temir, kaltsiy bölgan mikroöğitlardan foydalangan holda bargdan işlov bering yoki tomçilatib suğoriş şlanglari orqali oziqlantiring;

Bunda, 250–300 g/ga bor kislotasi, 350–400 g/ga droja, 200–250 g/ga.dan aspirin hamda “Sila kremniy” va “Aminosid-Silikon” preparatlaridan foydalaning.

Uşbu preparatlar töliq suvda eritilib, eritma holida kunning salqin (keçki 19-00 dan keyin, ertalab 7-00 gaça) vaqtlarida barglarga bir tekis seping. Bor yetişmovçiligi ham, ortiqçasi ham zararli-meʼyorni oşirmang;

yettinçidan, biologik stimulyatorlar bilan qöşimça işlov bering ğöza rivoji keçki bölgan dalalarda ham paxtani erta pişib yetilişiga va hosili barakali bölişiga erişing;

sakkizinçidan, ğözaning hosil töplaşi uçun şaroit yarating, ayniqsa xorijiy navlarni ekkan fermer xöjaliklari olimlar va tajribali mutaxassislar tavsiyalari asosida iş yuriting;

töqqizinçidan, zararkunandalarni ular ommaviy köpayib ketgandan keyin emas, muntazam kuzatuv va profilaktika asosida boşqaring. Bt xususiyati bölmagan navlarda töliq integratsiyalaşgan himoya tizimi (IPM), Bt navlarda esa IPM bilan birga maydonning 10–15 foizida Bt xususiyati bölmagan himoya (refugiya, amaliyotda «Qoçoq» deb ataluvçi) maydoni taşkil eting;

öninçidan, har bir suğorişdan keyin tuproq yetilişi bilan 1–2-marta mayin kultivatsiya qiling. Buning uçun, kultivatorlarni “baliq sirti” qilib örang hamda ertalab va keçki soatlarda kesak hosil qilmasdan mayin kultivatsiya qilişni yölga qöying.

Qator orasida kultivatsiya şunday ötkazilişi kerakki, bunda, ğöza tuplariga ziyon yetkazmasin, kösaklarni tökmasin, ğöza poyalarini payhon qilmang;

Suğorişdan keyin tuproqlarda yoriqlar (devor) paydo bölgan bölsa, yengil suğorib, keyin mayin kultivatsiya qiling;

ön birinçidan, iyul-avgustda bajariladigan agrotexnik tadbirlarni yana bir nozik jihati şundaki, bu paytga kelib, ğöza qator oralarida şöra, it uzum, qöy peçak, ğumay, suv öti kabi begona ötlar ham köpayadi.

Ğözadan baland bölib, haşarotlarni öziga jalb etiş bilan birga, turli zararli mikroorganizmlar köpayib, pastki yarusdagi kösaklarni çirişiga, makrosparioz va boşqa çiriş kasalliklari köpayişiga olib keladi hamda ğözaga berilgan öğitni asosiy qismini özlaştiradi.

Şu sababli har bir dala yana bir marta közdan keçirilib, begona ötlarni suvdan keyin qölda yulib oliş va barça paykallar begona ötlardan tozalanişiga jiddiy eʼtibor qarating;

ön ikkinçidan, rivojdan orqada qolgan maydonlarni alohida nazoratga oling va qoloqlikdan çiqariş uçun qöşimça agrotexnik tadbir kulang;

ön uçinçidan, 1-avgustdan boşlab, ğözaning holatidan kelib çiqib, Etefon (“qariş” gormoni) qöllang, bu ğözaning fiziologik pişiş jarayoni jadallaştiradi hamda ösimlikning ösişi töxtatadi, kösaklarni töliq yetiştirişga erişib, har bir gektardan olinadigan paxta hosildorligini yanada oşiradi.

ön törtinçidan, dalangizni har xil (plyonka, baklaşka, plastik idişlar, qoğoz öramlar va boşqa) çiqindilardan tozalang, dala çiqindilari kelajak avlod uçun, insonlar soğligi uçun jiddiy xavfga aylanadi, befarq bölmang!

Toza dala bezak emas – u tuproq unumdorligi, inson salomatligi va fermer obrösidir, şuni unutmang! Ekologik toza dala - bu oziq-ovqat xavfsizligining kalitidir.

Paxtaçilikda yuqori natijalarga erişişda avvalo, dehqon va fermerlar, paxta klasterlari hamda soha fidoiylari tomonidan tunu-kun qilingan maşaqqatli mehnat, şuningdek, puxta öylangan islohotlar va ilmiy yondaşuvlar özining munosib samarasini bermoqda.

Xabaringiz bor, keyingi yillarda qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarimizda asosiy eʼtiborni suv va yer resurslaridan oqilona foydalaniş, işlab çiqarişga zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etiş, xöjalik va korxonalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlaş, eng muhimi, dehqon va fermerlarning oğirini yengil qilişga qaratilmoqda.

Aynan muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 8-maydagi PF-82-sonli Farmoni bilan paxta xomaşyosini yetiştirişga ajratilgan imtiyozli kreditlarni bir qismini qoplab beriş böyiça bir qator imtiyozlar belgilangan. Jumladan:

paxta xomaşyosini yetiştirişga ajratilgan imtiyozli kreditlarni şartnomada belgilangan muddatda qaytargan xöjaliklarga uşbu kreditlar böyiça tölangan foiz tölovining 2,5 foizlik punkti;

hosil yilining yakuniga (tegişli yilning 31-dekabriga) qadar qaytargan xöjaliklarga uşbu kreditlar böyiça tölangan foiz tölovlarining 5 foizlik punkti;

qişloq xöjaligi subʼektlariga öz mablağlari hamda tijorat banklari kreditlari hisobidan yetiştirilgan paxta xomaşyosini birjada sotganda rasmiylaştirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab beriş böyiça imtiyozlar belgilangan. Siz paxtadan yuqori hosildorlikka erişib uşbu imtiyozlardan foydalaning!

Aziz fermer va dehqonlar!

Sizning har bir ölçovingiz, öz vaqtida qabul qilgan qaroringiz, yerga, suvga va ösimlikka ehtiyotkor munosabatingiz mamlakatimiz paxtaçiligining yangi natijasini yaratadi. Bilimni amaliyotga aylantirib, yuqori hosil, sifatli tola, barqaror daromad va ekologik toza dalalarni birgalikda şakllantiramiz.

Mazkur işlarni şunday kötarinki ruhda taşkil qilaylikki, qilingan mehnatimiz orqali hosilga hosil qöşib, yuqori natijalarga erişaylik. Barçangizni uşbu ezgu işda iştirok etişga çorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirişga, ona yurtimiz yanada obod bölişi uçun munosib hissangizni qöşişga hamda “Dolzarb 20 kun” mobaynida paxta dalalariga yanada işlov berişda faol qatnaşişga daʼvat etamiz!

Amudaryo tumani qişloq xöjaligi bölimi hamda tuman fermerlari kengaşi

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026