Qum yop mahallasi: xotin-qizlar manfaati doimiy eʼtiborda
2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb eʼlon qilinişi munosabati bilan barça joylarda bölgani kabi Amudaryo tumanining Qum yop mahallasida ham keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Bugungi kunda mazkur hududda 731 ta xonadon mavjud bölib, ularda jami 1860 ta oila istiqomat qiladi. Mahalla aholisining 2248 nafarini xotin-qizlar taşkil etadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi Farmoni ijrosini taʼminlaş doirasida Qum yop mahallasining xotin-qizlar faoli Roza Qonarbayeva tomonidan joriy yilning 1-yarmida qator xayrli işlar amalga oşirildi. Xususan, mahalladagi barça xonadonlar holati çuqur örganilib, nogironligi bölgan şaxslar, kam taʼminlangan oilalar, boquvçisini yöqotganlar hamda yolğiz yaşayotgan keksalarning holidan muntazam xabar oliş tizimi yölga qöyildi.
Oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni örganişni yanada samarali taşkil etiş va mahalla hayotiga keng jamoatçilikni jalb qiliş maqsadida hududda “Nuroniylar” hamda “Qaynonalar kengaşi” kabi jamoatçilik tuzilmalari taşkil etilgan. Çindan ham, jamiyat taraqqiyotida köp yillik hayotiy tajribaga ega nuroniylarning örni beqiyos. Misol uçun, mahalla faxri bölgan hoji ona Orzigul Yöldaşevaning hayot yöli barça yoşlarga örnakdir. Onaxonning 6 nafar qizi, 4 nafar öğli, 40 nafar nevarasi va 12 nafar çevarasi bor. Uning pand-nasihatlari yoşlarga namuna sifatida yetkazilmoqda.
Yoş avlod tarbiyasi va oilalar mustahkamligini taʼminlaş maqsadida xotin-qizlar faoli mahalla raisi hamda Orzigul Yöldaşeva kabi faol onaxonlar bilan birgalikda xonadonlarga kirib, yoş oilalarning yaşaş tarzi bilan yaqindan tanişmoqda. Farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir körsatayotgan ota-onalar bilan qatʼiy iş olib borilib, hududda jinoyatçilik, öz joniga qasd qiliş, fohişabozlik, giyohvandlik, içkilikbozlik hamda voyaga yetmagan qizlarni erta turmuşga beriş kabi illatlarning oldini olişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mahalladagi Baxtiyor Bekniyazov va Mamojon Kazakbayevalar oilasi ham yoşlar uçun haqiqiy ibrat namunasidir. Nafaqadagi bu faxriy öqituvçilar uyda bekor ötirmasdan, öz tomorqalarida turli ekinlar yetiştirib, möl hosil olmoqdalar.
Tomorqada hosil yetiştiriş, umuman, jismoniy mehnat bilan band böliş salomatlikka ham ijobiy taʼsir qiladi. Aholi, ayniqsa ayollar salomatligi haqida gap ketganida şuni aytiş lozimki, hududda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, homilador ayollar va yoş onalarga eʼtiborni kuçaytiriş borasidagi tarğibot işlari öz samarasini bermoqda. Joriy yilning 1-yarmi davomida mahallada 65 ta tuğiliş qayd etildi va patronaj hamşiralarning muntazam nazorati natijasida onalar va bolalar ölimiga umuman yöl qöyilmadi. Tibbiy xizmat qamrovini kengaytiriş maqsadida tuğiş yoşidagi 880 nafar ayollar çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazildi.
Qişloq şaroitida tomorqa aholining eng muhim daromad manbalaridan biri sanaladi. Mahallada yaşovçi yana bir nuroniy onaxon Pardagul Gaipova ham yoşi uluğligiga qaramasdan, öz xonadonidagi tomorqadan unumli foydalanib, barçaga mehnatsevarlik namunasini körsatib kelmoqda.
Jamiyatda xotin-qizlarning örnini mustahkamlaşda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş ğoyat katta ahamiyat kasb etadi. Iş bilan taʼminlangan va doimiy daromad manbaiga ega bölgan ayol jamiyatning eng faol aʼzosiga aylanadi. Qum yop mahallasida yaşovçi Tölğanoy Bozorbayeva öz tikuvçilik tsexini taşkil qilib, aholiga sifatli xizmat körsatiş bilan birga, yoşlarga öz hunarini örgatib, köplab şogirdlar tayyorlamoqda. Xuddi şunday, mahalladagi yana bir namunali oila Şadiyor Şermanov va Sayora Qurbaniyazovalarning qizi ham tikuvçilik sohasiga mehr qöyib, bugungi kunda öz biznesini muvaffaqiyatli yölga qöygan holda yoşlarga hunar örgatmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Qum yop mahallasida olib borilayotgan bunday keng qamrovli işlar oilalar mustahkamligini taʼminlaş, yoş avlodni soğlom va barkamol etib voyaga yetkaziş hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yanada yuksaltirişga ulkan hissa qöşmoqda. Taşkil etilgan har bir tadbir va körsatilayotgan eʼtibor, avvalo, inson qadrini uluğlaşdek ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶