14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 00:39
Siyosat 👁 213

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Joriy yilning 28-iyul kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisiga Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi Alisher Yoʻldashev raislik qildi.

Sessiya avvalida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2026-yilning 1-choragidagi ijrosi boʻyicha tuman hokimining taqdimnomasi bilan tanishtirdi. Qayd qilinganidek, 2026-yilning 1-choragi davomida Amudaryo tumani mahalliy byudjetning daromadlar rejasi jami 32,3 milliard soʻm qilib belgilangan boʻlib ushbu reja jami 36,9 milliard soʻmga, ortigʻi bilan bajarilgan. Hisobot davrida maxalliy byudjetdan jami 44,3 milliard soʻmdan ortiq mablagʻlar sarflangan.

Shundan keyin 2026-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan mahalliy byudjetdan mablagʻ ajratish masalasi koʻrib chiqildi. Sessiya qarori bilan jami 42,26 million soʻm miqdoridagi mablagʻ belgilangan maqsadlar uchun yoʻnaltirildi.

Shundan soʻng, tumanda qonun ustuvorligini taʼminlash hamda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida tuman prokurorining axboroti tinglandi. Hisobot davrida qonunlar ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan 79 ta nazorat tadbirlarida 700 dan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlangan va qoʻpol qonunbuzarliklar yuzasidan 22 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shu bilan birga, tuman hududida 84 ta jinoyat sodir etilgani, oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar 18,6 foizga oshgani keskin tanqid ostiga olindi.

Mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida koʻcha va savdo markazlariga 23 ta yuzni tanib oluvchi kameralar oʻrnatilgan. Yolgʻiz keksalar qarovisiz qolmasligi uchun 61 ta xonadonga salkam 28 million soʻmlik “Tashvish” tugmalari oʻrnatilib, probatsiya hisobida turgan 15 nafar mahkum qayta kasbga oʻqitilgan. Oilaviy nizolarning oldini olish doirasida xatlov oʻtkazilib, 116 ta notinch oilaning 53 tasi yarashtirilgan.

Sessiyada huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligi haqidagi masala yuzasidan Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi Sharapat Joldosboyev hisobot berdi. Hisobotda huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan 4702 nafar shaxslar aniqlanib, maxsus elektron axborot tizimiga kiritilgani, profilaktika inspektoriga 1894 nafar, hokim yordamchisiga 667 nafar, xotin qizlar faoliga 722 nafar, yoshlar yetakchilariga 543 nafar, ijtimoiy xodimga 652 nafar, soliq inspektoriga 224 nafar profilaktika obʼektlari boʻyicha xulosalar yuborilgani qayd qilindi.

Sessiyada tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar ham muhokama qilindi. Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Zafar Ahmedov bergan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 2-choragida tumanda 13 ta yongʻin sodir boʻlib, umumiy zarar miqdori 1,5 milliard soʻmdan oshgan. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan 447 ta holatda salkam 361 million soʻm jarima qoʻllanilgan va 44 ta obʼektning faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilgan. Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi doirasida mahalla va tashkilotlarda 129 ta seminar oʻtkazilib, ularga 1107 nafar fuqaro jalb qilingan.

Sessiyada deputatlar tomonidan 2026-yilgi vegetatsiya davri uchun suv olish limitlari va 2026-2027-yillarda koʻp kvartirali uylar atrofida qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obʼektlarining yangi parametrlari tasdiqlandi. Bundan tashqari, Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi va har bir masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019