Tuman qişloq xöjaligi: yarim yillikdagi yuqori natijalar
Qişloq xöjaligi — tuman iqtisodiyotining asosiy va harakatlantiruvçi kuçlaridan biri bölib, bu borada amalga oşirilayotgan tizimli işlar öz natijasini bermoqda.
Joriy yilning 1-iyul holatiga köra, tumanimizda parvarişlanayotgan çorva mollari va parrandalar sonida sezilarli darajada ösiş kuzatildi. Xususan, yirik şoxli qoramollar boş soni 145 ming 800 taga yetgan bölib, şundan 38 ming 800 boşini sigirlar taşkil etadi. Şuningdek, tuman xöjaliklarida 60 ming 400 boş qöy va eçkilar, 600 boş otlar hamda 1 million 88 ming boşdan ortiq parrandalar boqilmoqda.
Fermer xöjaliklari tomonidan 2026-yilning yanvar-iyun oylari davomida yetiştirilgan asosiy turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmi ham salmoqlidir. Dastlabki yarim yillikda 49 ming 613,3 tonna buğdoy örib olindi. Bundan taşqari, mirişkor dehqonlarimiz tomonidan 2 828,2 tonna kartoşka, 9 882,1 tonna sabzavot, 4 505,4 tonna poliz ekinlari, 2 675,3 tonna meva va rezavorlar hamda 322,0 tonna uzum hosili yiğiştirib olindi.
Çorvaçilik mahsulotlarini işlab çiqariş yönalişida esa tirik vaznda 382,2 tonna göşt, 2 245,9 tonna sut, 3 769,4 ming dona tuxum, şuningdek, 7,3 tonna jun tayyorlandi.
Uşbu barça statistik körsatkiçlar tumanimizda agrar soha, xususan, qişloq xöjaligi tarmoği jadal surʼatlar bilan kengayib, izçil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.
Nurjamol Töliboyeva, tuman Statistika bölimi yetakçi mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶