Amudaryo tumanida ğöza parvarişiga bağişlangan körgazmali dala seminari ötkazildi
Qişloq xöjaligi mamlakat iqtisodiyotining eng muhim va yetakçi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, paxtaçilik sohasi mintaqalar taraqqiyoti hamda aholi farovonligini taʼminlaşda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda dalalarda yetiştirilayotgan hosilning sifati va salmoği bevosita dehqonlarning boy tajribasi, zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan unumli foydalanişi hamda agrotexnik tadbirlarning qatʼiy intizom asosida taşkil etilişiga boğliq. Iqlim şaroitlarining özgaruvçanligi va suv resurslarini tejab işlatiş talab etilayotgan hozirgi murakkab davrda mavjud imkoniyatlardan, xususan, har bir qariç yerdan va har bir tomçi suvdan oqilona foydalaniş eng asosiy vazifaga aylangan.
Aynan şu ustuvor maqsadlardan kelib çiqqan holda Amudaryo tumanidagi "Mangitova Aziza" fermer xöjaligida ğöza parvarişining bugungi bosqiçida amalga oşirilişi lozim bölgan dolzarb agrotexnik tadbirlarga bağişlangan körgazmali dala seminari taşkil etildi. Uşbu amaliy tadbir nafaqat tajriba almaşiş maydoni, balki mavsumning eng masʼuliyatli pallasidagi navbatdagi vazifalarni aniq belgilab oliş uçun muhim muloqot markazi bölib xizmat qildi.
Seminarda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Anvar Yuldaşev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo tumani bölimi boşliği Akmal Odilboyev, şuningdek, tuman Agroinspektsiya bölimi boşliği Sarvar Matyoqubovlar iştirok etdi. Tadbirda şuningdek qişloq xöjaligi sohasi mutaxassislari, köp yillik tajribaga ega fermer xöjaliklari rahbarlari, agronomlar hamda tegişli masʼul taşkilotlar vakillari ham jam bölişdi. Sözga çiqqan mutasaddilar tomonidan bugungi kunda paxtaçilikda uçraşi mumkin bölgan turli xavf-xatarlarning oldini oliş, ekin rivojini taʼminlaş va hosildorlikni yanada oşiriş yuzasidan ahamiyatli fikr-mulohazalar bildirildi.
Dala seminarida ğözaning vegetatsiya davrida yuqori hosildorlikka erişiş uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida bajariş masalalariga eʼtibor qaratildi. Jumladan, ekinlarni meʼyorida, ilmiy asoslangan tartibda suğoriş, ösimlikning baquvvat rivojlanişi uçun zarur bölgan mineral oziqlantiriş işlarini tizimli yölga qöyiş, qator oralariga agrotexnik qoidalar asosida çuqur işlov beriş kabi muhim jihatlar mutaxassislar tomonidan atrofliça tahlil qilindi.
Şu bilan birga, barg orqali oziqlantiriş maqsadida suspenziya sepiş, kelajakda yiğim-terim jarayonini osonlaştiriş va sifatni saqlab qoliş uçun defoliatsiya jarayonlariga hozirdanoq puxta tayyorgarlik köriş hamda turli xil xavfli zararkunanda va kasalliklarga qarşi kuraşişda zamonaviy, ekologik xavfsiz va samarali usullardan foydalaniş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.
Taʼkidlaş joizki, ğöza parvarişidagi har bir kun oltinga teng bölib, bu davrdagi kiçik eʼtiborsizlik yoki keçikiş ham yakuniy natijaga, yaʼni umumiy hosil çöğiga özining salbiy taʼsirini körsatişi mumkin. Hosilni saqlab qoliş va uning sifatini oşiriş yölidagi barça agrotexnik tadbirlar özaro uzviy boğliq uzluksiz jarayondir.
Tadbir yakunida soha mutaxassislari tomonidan fermerlar, klaster vakillari va dehqonlarni qiziqtirgan barça dolzarb savollarga atrofliça, ilmiy va amaliy asoslangan javoblar qaytarildi. Oçiq va samimiy muloqot ruhida ötgan uşbu seminarda mavsumning eng masʼuliyatli va hal qiluvçi bosqiçida barça zarur agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda, sifatli va töliq amalga oşiriş kelgusida möl va sifatli paxta hosilini yaratişning eng asosiy omili ekanligi taʼkidlandi.
Bu kabi körgazmali va amaliy seminarlar nafaqat qatnaşçilarning kasbiy bilimlarini boyitib, ularni yangiça yondaşuvlar asosida mehnat qilişga undaydi, balki yurtimiz ulkan xirmonining yanada yuksalişiga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶