Yangi öquv yili oldidan huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça dolzarb vazifalar belgilab olindi
Taʼlim muassasalarida yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda soğlom ijtimoiy muhitni yaratiş bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Şu maqsadda yangi öquv yili boşlanişi oldidan Amudaryo tumani Manğit şahridagi 38-sonli umumiy örta taʼlim maktabida aynan şu mavzuda, yaʼni öquvçi-yoşlar örtasida huquqiy madaniyatni yuksaltiriş va profilaktik işlarni kuçaytirişga bağişlangan kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi. Mazkur tadbirda taʼlim sohasi masʼullari, huquq-tartibot idoralari vakillari, maktab rahbariyati hamda ota-onalar iştirok etdi.
Yiğilişni maktab direktori Bahrom Boltaboyev oçib berib, voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilikning oldini oliş, öquvçilarning huquqiy bilimlarini oşiriş hamda oila va taʼlim muassasasi örtasidagi hamkorlikni yanada kuçaytiriş muhim vazifa ekanligini alohida taʼkidladi. U öz sözida har bir öquvçining xulq-atvori, taʼlimga munosabati, oilaviy şaroiti va ijtimoiy muhitini çuqur örganiş zarurligini qayd etdi. Xususan, darslarga muntazam qatnaşmaydigan, sababsiz dars qoldiradigan, maktab içki tartib-qoidalariga rioya etişda qiyinçilikka duç kelayotgan hamda nazorat va tarbiyaviy eʼtibor talab qiladigan öquvçilar bilan individual işlaş tizimini kuçaytiriş lozimligi aytib ötildi.
Tadbirda sözga çiqqan Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi masʼullari taʼlim muassasalarida jinoyatçilikning oldini oliş faqatgina huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vazifasi emasligini, balki bu jarayon maktab, ota-ona, mahalla va keng jamoatçilikning uzviy hamkorligini talab qiladigan muhim yönaliş ekanligini eʼtirof etdi. Mutasaddilar öquvçilarga qonunlarga hurmat ruhini singdiriş, ularning huquq va majburiyatlarini tuşuntiriş, turli salbiy taʼsirlardan himoya qiliş böyiça muntazam tarğibot-tuşuntiriş işlarini olib boriş zarurligini taʼkidladilar.
Şuningdek, tuman Içki işlar bölimi inspektor-psixologi Uluğbek Qöçqarov voyaga yetmaganlar örtasida huquqbuzarliklarning kelib çiqişiga sabab böluvçi asosiy omillar — öquvçilarning psixologik holati, oiladagi muhit, tengdoşlar taʼsiri, nazoratsizlik va böş vaqtning mazmunsiz ötkazilişi kabi masalalarga atrofliça töxtalib ötdi. U muammoli vaziyatlarga tuşib qolgan öquvçilarni vaqtida aniqlaş, ular bilan yakka tartibda işlaş va zarur hollarda ota-onalar hamda tegişli mutaxassislarni jalb etiş lozimligini bildirdi. Öquvçilarga maktab içki tartib-qoidalariga rioya qiliş va öz xatti-harakatlari uçun javobgarlikni his etiş masalalari tuşuntirilişi şartligi qayd etildi.
Yiğiliş davomida aniq çora-tadbirlar dasturi işlab çiqildi va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, maktabda jinoyatçilikning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlarni muntazam taşkil etiş, "Huquqiy savodxonlik", "Qonun va men", "Yoşlar va qonun", şuningdek, "Qonun barçamiz uçun" kabi mavzularda davra suhbatlari ötkaziş jadvallari tasdiqlandi. Öquvçilarning darslarga qatnaşişini har kuni nazoratga oliş, sababsiz dars qoldirayotganlarning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar ötkaziş vazifasi sinf rahbarlari va direktor örinbosarlari zimmasiga yuklatildi.
Bundan taşqari, öquvçilarning ijtimoiy-psixologik holatini örganiş, tajovuzkor xulq-atvor va nizoli vaziyatlarga moyillik kuzatilganda maktab psixologi tomonidan tegişli işlarni amalga oşiriş tartibi körsatib ötildi. Yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida ularni sport, fan, sanʼat va madaniyat yönalişlaridagi tögaraklarga keng jalb etiş hamda yangi tögaraklar taşkil qiliş yuzasidan takliflar işlab çiqişga kelişib olindi. Hozirgi globallaşuv davrida öquvçilarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz va madaniyatli foydalaniş, turli zararli guruhlar va nomaqbul kontentlarning oldini oliş böyiça tuşuntiriş işlarini olib boriş muhimligi taʼkidlandi.
Mahalla, ota-onalar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar örtasidagi hamkorlikni yanada kuçaytiriş hamda yangi öquv yili davomida qöşma tadbirlar rejasini amalga oşirişga kelişib olindi. Uşbu saʼy-harakatlar kelajagimiz egalari bölgan yoşlarning soğlom, bilimli va qonunga itoatkor fuqarolar bölib voyaga yetişini taʼminlaşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶