12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:05
Salomatlik 👁 3,618

Erta turmuş – soğlom avlod kelajagiga tahdid

Erta turmuş – soğlom avlod kelajagiga tahdid

Oila – inson tuğilib, voyaga etadigan muqaddas makon, farzandlarning unib-ösadigan böstoni. Oila - ikki yoşning nikohga kirişişidan boşlanadi…

Abdurauf Fitrat "Oila” kitobida oila quriş bösağasidagi yoşlar tört narsaga: mol, nasab, husn va imon-u eʼtiqodga eʼtibor qaratişlari zarurligini taʼkidlaydi. Bu örinda :

"mol” – rözğor tebratiş uçun etarli mablağning bölişi;

"nasab” – nasliy kasalliklarning bölmasligi va ijtimoiy mavqe, saviyadagi tenglikka tayaniş;

"husn” – er-xotinning özaro mos bölişi;

"imon” – maʼnaviy pok va axloqli bölişni anglatadi.

Oila qurişga çoğlanayotgan er-kak va ayol ana şu tört masalada mos tuşişi va şundagina ularning turmuşi baxtli, nasli pok bölişi uqtiriladi.

Farzand ota-onaning köz quvonçi, hayot şamçiroğini yoquvçi, avlodlari davomçisi hisoblanadi. Şu sabab har bir ota-ona bolasining baxtli, saodatli bölişi, hayoti mazmunli ötişini öylaydi va şu yölda elib-yuguradi. Ammo baʼzi ota-onalar özlari bilib-bilmay farzandlari hayotiga rahna solib, ularning soğligi va ruhiy holati yomonlaşişiga sabab böladilar. Jumladan, hali oila qurişga tayyor bölmagan yigit va qizni turmuş qurişga majburlaş ortidan turli köngilsizliklar kelib çiqadiki, bu haqida quyida töxtalib ötamiz.

Mutaxassislarning fikriça, yigit-qizlarning turmuş quriş yoşi oila mustahkamligiga taʼsir körsatuvçi asosiy omillardan biridir. Afsuski, ayrim ota-onalar köpinça farzandining kelajak taqdiri, baxt-saodati haqida öylamay, hali baloğat yoşiga etmagan qizini uzatiş yoki qarindoşimning qizi begona bölmasin, deb öğil uylantiriş taraddudiga tuşadi. Buning oqibatida qizlarni ön olti, hatto undan kiçik yoşda turmuşga uzatib yuboriş hollari uçrab turadi. Ammo bu köp hollarda bölğusi onaning salomatligi va ruhiyatiga, qolaversa, yoş oilaning mustahkamligi, tuğilajak farzandning soğlomligiga salbiy taʼsir körsatadi.

Mutaxassislar tomonidan aniqlanişiça, 16-18 yoşlarda ona böliş bir qator muammolarni keltirib çiqaradi. Yaʼni, homiladorlik va tuğruqlar jismonan oğirroq keçişidan taşqari, bolani parvarişlaş, unga ruhan moslaşa olmaslik kuzatiladi. Köp hollarda qizlarning 15-17 yoşdagi homiladorligi, ongli ravişda tayyor bölmasdan turib, astoydil istalgan homiladorlik bölmaydi. Bola tuğilişi bilan oilaviy muammolar ham paydo böladi. Bu yoşdagi qiz farzandidan köra köproq dugonalariga qiziquvçan böladi. Binobarin, erta homiladorlik yoş ona hamda bölajak farzand uçun har tomonlama xavflidir.

Nikoh quriş eng birinçi navbatda farzand körişdek murakkab fiziologik jarayonlar bilan aloqador bölgani sabab juda erta turmuş quriş bepuştlik, bolaning oy-kuni etmay tuğilişiga, şuningdek, homila notöğri rivojlanişiga sabab bölişi mumkin. Ilmiy maʼlumotlarga köra, qizlar va yigitlar deyarli 20 yoşdan keyingina anatomik va fiziologik jihatdan butunlay kamolotga etadilar (bu hozirgi holat, avvallari boşqaça bölgan). Tibbiy jihatdan 17 yoşli qizlarga taʼrif beradigan bölsak, ularda fiziologik rivojlaniş oxiriga etmagan va tos suyaklari hali rivojlaniş bosqiçida böladi. Şu davrda homiladorlik röy bersa, homila rivojlanişi, tuğruq jarayoni juda oğir ötadi. Bola çala, vazni kam, nuqsonlar bilan tuğilişi mumkin. Şu-ningdek, bola soğlom tuğilgan taqdirda ham uni parvarişlaş oğirlik qiladi.

Ruhşunoslarning aniqlaşiça, 21 yoşda boş miya deyarli töliq rivojlanib böladi, insonning jismoniy va ruhiy holati barqarorlaşadi. Şuning uçun bu yoş onalik uçun eng ideal vaqt hisoblanadi. 21-27 yoşli ayol — etuk inson, şakllangan şaxs. Bu yoşdagi ayollarning homiladorligi nafaqat istalgan, rejalaştirilgan, balki ijtimoiy qöllab-quvvatlanadigan holat bölib, ayol özining asosiy ayollik vazifasini bajarayotgan böladi va bu holatidan faxrlanadi.

18 yoşgaça ayolning böyida bölişini erta homiladorlik, deyiş mumkin. Çunki aynan şu yoşda ayol organizmi bola ösişi va tuğilişi uçun şakllanib, tayyor holga keladi. Bungaça yuz bergan homiladorlik köpinça abort, bola tuşişi, ölik tuğilişi, homilaning nuqsonli rivojlanişi bilan keçgani sabab ona va bola uçun nihoyatda xavfli hisoblanadi. Bunday asoratlar keyingi homiladorlikning öz meʼyorida keçişiga ham salbiy taʼsir körsatişi mumkin.

Ayol qança yoş bölsa, homiladorlik davridayoq turli patologiyalar, jumladan, kamqonlik, kuçli toksikoz, yöldoş etişmovçiligi, suyaklar tizimida salbiy özgarişlar köp uçraşi kuzatiladi. Yoş ayollar köp hollarda tabiiy yöl bilan tuğişga qiynaladi va odatda farzandini jarrohlik amaliyo-ti orqali dunyoga keltiradi. Muammo şu bilan tugamaydi: yoş onadan tuğilgan farzandning ham hayoti qil ustida bölişi mumkin. 18 yoşgaça tuqqan ayollarning çaqaloqlari orasida uçraydigan ölim holatlari 20 yoşdan oşgan ayollarning farzandlariga nisbatan köproq kuzatiladi. Çunki ularda vazni kam (erta tuğiliş yoki surunkali kislorod etişmasligi tufayli ona qornida nimjon rivojlangan) çaqaloqlar, şuningdek, turli aʼzo va tizimlarida notöğri şakllaniş tufayli bunday ayançli körsatkiçlar yuqori böladi.

Yoş ona quyidagi salbiy holatlarga, qiyinçiliklarga duç kelişi mumkin:

– homilaning erta tuşiş xavfi;

– ayol organizmida barqarorlaşmagan gormonal holatning yuzaga kelişi;

– noturğun asab tizimi asoratlari;

– toksikoz oğir keçişi;

– ekstragenital kasalliklarning avjiga çiqişi (buyrak, endokrin kasalliklar, kamqonlik);

– gipertenziv holatlar (qon bosimining özgaruvçanligi) paydo bölişi ehtimoli kuçayadi;

– homila suvining ortişi yoki kamayişi;

– tuğruq davrida, tuğruq faoliyatida sustlik köproq uçraydi va uni davolaşda medikamentlar hamda jarrohlik usullaridan foydalaniş köproq talab etiladi (bunday asoratlar yoş onalar orasida ölim holatining oşişiga sabab bölişi mumkin);

– keyinçalik vaznning ortib ketişi;

– baçadon böyni saratoni, yurak-qon tomir kasalliklariga çaliniş ehtimoli ortadi.

Erta homilador bölişning salbiy oqibatlari yana quyidagilardan iborat:

–  ösmir qizlarda homiladorlik oğir keçadi;

– ösmir qizlarda homilaning rivojlanişi oğir ötadi, homila yaxşi rivojlanmaydi, bola çala tuğilişi hamda öpka etişmovçiligi, boş miyaga qon quyilişi va h.k kasalliklarga çaliniş ehtimoli katta böladi;

–  ösmir qizlarda tuğiş jarayoni oğir ötadi (tos suyaklari yaxşi rivojlanmaganligi sababli tabiiy yöl orqali tuğiş jarayoni qiyinlaşadi);

– tuğruqdan keyingi asoratlar kuzatiladi;

– ösmir qizlar homilador bölganlarida ularning ayrimlari zararli odatlarga beriluvçan, yaʼni kaşandalik, spirtli içimliklar, giyohvand moddalarni isteʼmol qilişga moyil böladilar;

– erta homiladorlik sababli ularda ruhiy, yaʼni tuşkunlik holatlari yuzaga keladi;

– erta turmuş qurgan qizlarda ajraliş ham köp uçraydi;

Şuningdek, erta uylangan yigitlar otalik vazifasini bajarişda köpgina qiyinçiliklarga duç keladilar (ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy, ruhiy, tibbiy, jismoniy tomondan).

Bugungi kunda skrining tekşiruvlari natijalari şuni körsatmoqdaki, bolalardagi turli xil anomaliyalar, ayniqsa, asab tizimi va genetik nuqsonlar aynan qarindoşlar örtasidagi nikoh tufayli yuzaga kelayotir. Buning oldini oliş uçun, avvalo, ota-onalar etarli tibbiy bilim va tuşunçaga ega bölişi lozim. Ammo ayrimlar erta turmuş, qarindoşlar örtasidagi nikohning salbiy oqibatlarini köra-bila turib, şoşma-şoşarlik va özboşimçalik bilan qaror qabul qilişadi. Natijada nosoğlom farzandlar dunyoga keladi, oilalar örtasida sovuqçilik paydo böladi, yoş kelin-kuyov ruhiy tuşkunlikka tuşib qoladi. Kimningdir öylamay qilgan xatosi tufayli yoş oilalar buzilib ketadi, kelin-kuyovlarning hayoti izdan çiqadi.

Yuqorida erta turmuşning tibbiy zararlari haqida töxtaldik. Bundan taşqari, buning ruhiy, maʼnaviy zararlari ham borki, bular katta hayotga endi qadam qöyayotgan yoşlarning hayotdan bezib qolişiga, eng açinarlisi, oilalarning buzilişiga sabab böladi.

Soğlom farzand soğlom onadan dunyoga keladi. Yoşlarda soğlom va ahil oila quriş, soğlom turmuş tarzini qaror toptirişga intilişni rağbatlantirişdek ezgu işlar zamirida, avvalo, barkamol avlodni voyaga etkazişdek ezgu maqsad mujassamdir. Zero, muhtaram Prezidentimiz aytganlariday: "Oila soğlom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir!”

Şahlo MADAMINOVA, tuman köp tarmoqli markaziy poliklinikasi şifokori.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026