«Oltin kuz» bayrami bolalarga mehnat qadrini örgatdi
Bolalikda ongga singgan tasavvur va odatlar inson feʼl-atvorining poydevorini taşkil etib, uning kelgusidagi dunyoqaraşi, mehnatga va tabiatga munosabatini köp jihatdan belgilab beradi. Şu bois mamlakatimizda maktabgaça taʼlim tizimini rivojlantiriş, bolalarni yoşligidan maʼnaviy barkamol va atrof-muhitga masʼuliyat bilan qaraydigan qilib tarbiyalaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida izçil amalga oşirilmoqda.
Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida ötkaziladigan mavsumiy bayramlar esa bu yöldagi samarali vositalardan hisoblanadi. Negaki, bola quruq nasihat yoki tuşuntirişdan köra öyin, qöşiq va sahna körinişi orqali olgan bilimni tezroq özlaştiradi. Amudaryo tumanidagi 48-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida ötkazilgan «Oltin kuz» bayrami ham aynan şu maqsadga qaratildi.
Bayram tadbirida taşkilotning asosiy va majburiy guruhlariga qatnaydigan tarbiyalanuvçilar iştirok etdi. Tadbirni muassasa rahbari Muyassar Matyakubova oçib berdi. Bayramga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişda esa muassasa xodimlari Oltinoy Rahimboyeva, Manzura Tajimova, Salomat Eşimbetova va Şoira Yöldoşevalar boş-qoş böldi.
Tadbirdan közlangan asosiy maqsad bolalarga kuz faslidagi tökinçilik, dasturxonimizdagi har bir neʼmat öz-özidan paydo bölmasligi, uni dehqon yil davomida maşaqqatli mehnat bilan yetiştirişi haqida tuşunça berişdan iborat böldi. Aytiş joizki, mavsumning möl hosili dehqonning erta bahordan boşlab tinimsiz qilgan mehnatining mahsuli ekani kiçkintoylarga ularning yoşiga mos tarzda yetkazildi.
Şuningdek, tarbiyalanuvçilarga yetiştirilgan hosilni uvol qilmasdan yiğib-terib oliş, oziq-ovqat mahsulotlaridan tejamkorlik bilan foydalaniş va ularni isrof qilmaslik kabi muhim könikmalar xususida ham söz yuritildi. Bunday odatlar bolalikdan singdirilsa, ular voyaga yetgaç nonni va har bir neʼmatni qadrlaydigan, mehnat ahlini hurmat qiladigan insonlar bölib yetişadi.
Qolaversa, bayram davomida bolalarni tabiatga hamohanglik ruhida tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, tabiatga döstona va ehtiyotkorona munosabatda böliş, kuzda daraxt ötqaziş, atrof-muhitni xazonlardan tozalaş hamda ularni yoqmaslik zarurligi kiçkintoylarga tuşunarli tilda uqtirildi.
Tadbirning badiiy qismida tarbiyalanuvçilar Kuz va boşqa ertak qahramonlari qiyofasida kiyinib, davraga çiqdi. Ular fasl mavzusiga bağişlangan sahna körinişlarini namoyiş etib, qöşiqlar kuyladi va raqslar ijro etdi. Şu örinda aytiş kerakki, bolalar özlari gavdalantirgan obrazlar orqali tabiat va inson örtasidagi uzviy boğliqlikni yanada yaqindan his qiliş imkoniga ega böldi.
Bunday tadbirlar maktabgaça yoşdagi bolalarda mehnatga hurmat, neʼmatga şukronalik va tabiatga mehr tuyğularini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, öyin va bayram ruhida berilgan saboq bolalar xotirasida uzoq saqlanib, vaqt ötişi bilan ularning kundalik xatti-harakatlari va odatlarida ham öz aksini topadi.
Şu maʼnoda, maktabgaça taʼlim taşkilotida ötkazilgan «Oltin kuz» bayrami oddiy köngiloçar tadbir emas, tarbiyaning öziga xos darsiga aylandi. Kuzda yerga qadalgan nihol bahorda kurtak yozgani kabi, bugun kiçkintoylar qalbiga ekilgan ezgu tuşunçalar ham vaqti kelib özining sermazmun hosilini beradi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶