Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi
Mamlakatimizda 2022–2026-yillarga möljallangan “Xavfsiz va ravon yöl” umummilliy dasturi doirasida yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş va yöl-transport hodisalarining oldini oliş borasida izçil işlar olib borilmoqda. Bu yönalişda eʼtibor nafaqat haydovçilarga, balki yölning eng himoyasiz iştirokçilari hisoblangan bolalarga ham qaratilib, ularda xavfsiz harakatlaniş madaniyatini erta yoşdan şakllantirişga alohida ahamiyat berilmoqda.
Maʼlumki, kiçik yoşda özlaştirilgan könikmalar inson ongida uzoq saqlanib, vaqt ötişi bilan kundalik odatga aylanadi. Şu bois maktabgaça taʼlim muassasalarida yöl harakati qoidalarini bolalarga tuşunarli şaklda örgatiş ularning hayoti va soğligini asraşga qaratilgan eng samarali profilaktik çoralardan biri hisoblanadi.
Ana şu maqsadda Qönğirot tumanidagi maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tarbiyalanuvçilar uçun yöl harakati qoidalari böyiça tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda. Undan közlangan asosiy maqsad kiçkintoylarga qoidalarni yoşlikdan singdiriş, ularda köça-yöllarda xavfsiz harakatlaniş könikmalarini şakllantirişdan iborat.
Maşğulot davomida bolajonlarga svetofor işoralari, piyodalar uçun belgilangan ötiş joylaridan foydalaniş tartibi hamda köça-yöllarda harakatlaniş qoidalari sodda va tuşunarli tarzda tuşuntirib berildi. Mavzularning kiçkintoylar yoşiga mos uslubda yetkazilişi ularning murakkab tuşunçalarni osonroq anglab, olgan bilimlarini kundalik hayotda qöllay olişiga imkon yaratadi.
Uçraşuv yakunida bolajonlar yöl harakati qoidalariga doimo amal qilişga va öz xavfsizligiga eʼtiborli bölişga çaqirildi. Şu örinda aytiş kerakki, bolaning yöldagi xavfsizligi köp jihatdan kattalarning şaxsiy namunasiga boğliq bölib, boğçada olingan bilimlarni oilada ham izçil mustahkamlab boriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu tariqa boğça xonasida örganilgan har bir qoida ertaga köçada taşlanadigan işonçli qadamga aylanadi. Maktabgaça yoşdagi bolalar bilan muntazam olib boriladigan bunday profilaktik maşğulotlar esa kelajakda öz va özgalar hayotiga masʼuliyat bilan qaraydigan, yöl madaniyati yuksak avlodni voyaga yetkazişga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶