INSON SALOMATLIGIGA EʼTIBOR - FAROVON TURMUŞIMIZ ASOSI
Istiqlol yillarida jamiyatni harakatga keltiruvçi kuç hisoblangan aholi salomatligiga, uning baxtiyor va erkin yaşaşiga eʼtibor tobora kuçaymoqda. 2014-yilning özida keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoşlarga ğamxörlik körsatiş, oila, onalik va bolalikni himoya qiliş uçun davlat byudjetidan ijtimoiy ehtiyojlar, jumladan, aholini qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy sohani mustahkamlaş-ga ajratilayotgan yillik xarajatlar 60 foizdan ortgani fikrimizning yaqqol dalilidir.
Kişi soğlom bölsagina baxtiyor va mazmunli umr keçirişi mumkin. Soğligimiz esa öz hayotimizni özimiz oqilona boşqarişimizga, soğlom turmuş tarziga amal qilişimizga köp jihatdan boğliq.
Şu boisdan ham aholi orasida kasalliklarning oldini oliş uçun har kim öz soğligini asraşga özi eʼtibor bermoği lozimligi, soğlom turmuş tarziga amal qilişning ahamiyati keng tuşuntirilmoqda.
Şu maqsadda avgust oyida ötkazilgan "Salomatlik haftaligi”ning özida 10 davra suhbati, 59 ta uçraşuvlar, 3 ta savol-javob keçasi, 1804 ta suhbatlar ötkazildi. Mazkur tadbirlarda aholining keng qatlami iştirok etib, özlariga kerakli maʼlumotlar olmoqdalar.
Salomatlikka oid tarğibot-taşviqot işlarimiz bilan bir qatorda ötkazilayotgan tibbiy köriklar davomida ham köpgina kasalliklar erta aniqlanmoqda. Joriy yilning özida Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş Vazirligi buyruğiga asosan tajribali şifokorlardan taşkil etilgan guruh tomonidan 3-marta çuqurlaştirilgan tibbiy köriklar ötkazildi.
13-avgust kuni "Heç kim mehr-eʼtibordan çetda qolmasin” şiori ostida ötkazilgan çuqurlaştirilgan tibbiy körikda tumanimizning 506 nafar fuqarosi öz soğligini nazoratdan ötkazdilar. Ularning 15 nafari Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari, 254 nafari mehnat fronti faxriylari bölib, 7 nafar keksalar öz xonadonlarida tibbiy körikdan ötdilar.
Çuqurlaştirilgan tibbiy körik natijasida malakali şifokorlar 171 nafar fuqaroga ambulator, 19 nafariga esa statsionar şaroitda davolaniş uçun yöllanma berdilar.
Respublika ixtisoslaştirilgan tibbiy markazlar, ilmiy tekşiriş institutlari, respublika klinik şifoxonalari yetakçi va malakali şifokorlari iştirokida ötkazilayotgan buningdek çuqurlaştirilgan tibbiy köriklarda keng aholi qatlamining qamrab olinayotganligi tumanimiz aholisi orasida kasalliklarni erta aniqlaş, oldini oliş va sifatli davolaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Olimboy HALIMOV,
tuman tibbiyot birlaşmasi
boşliği,
tibbiyot fanlari nomzodi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶