28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:04
Siyosat 👁 2,428

MEHR - OQIBAT VA EZGULIK BAYRAMI

 Bahor – uygʻonish fasli. Uning hikmatlarga, xosiyatlarga toʻla har bir kuni qadrli. Ayniqsa, dehqon uchun!

Ota-bobolarimiz tuproq tafti qizib, tabiatda jonlanish boshlanayotgan kun – Navroʻzi olamni kuch va gʻayrat, yaratish va yashnatish timsoli sifatida qadrlaganlar. Bahorgi teng kunlik – tun bilan kunning tenglashuvi, tabiatdagi yashillanish jarayonining boshlanishi, inson ruhiyatidagi oʻzgarish – mehnatga ishtiyoq tuygʻusi bilan uygʻunllashib, ezgu amallarga kirishilgan. Yerga urugʻ qadalib, yangi hosil yili – Yangi kun boshlangan.

Tumanimizda Navroʻz bayrami tantanalari juda erta, mart oyining boshidanoq sumalak sayillari bilan boshlanib ketadi. Nazarxon ovuli kengliklaridan tortib Xitoy, Qilichboy, Jumurtov va "Chorbogʻ” ovullarigacha har bir mahallada deyarli har kuni Navroʻzga atalgan sumalaklar pishadi, elimizning katxudo onalari yaxshi niyatlar bilan xonadonlarga sumalaklar ulashadilar. Bu udumda hikmat koʻp: oilalarimiz totuv, shirin hayot kechirsin, eldan birdamlikk, ogʻizbirchilik koʻtarilmasin, farzandlarimizning iligi toʻq, kuch-qudratli, ilmli boʻlsin, degan niyatlar  bor unda.

Oʻtgan asrning 1985-87-yillarida xalqimizdan bu  goʻzal udumni tortib olmoqchi, uning xotirasidan oʻchirib tashlamoqchi boʻlishdi. Esimda, kompartiyaning bir toʻda malaylari Navroʻzni diniy bayram deb eʼlon qilib, oʻrniga "Navbahor” bayramini tiqishtirishdi. Oʻsha paytlari rahbarlar qoʻliga har kuni bir boʻyruq kelib tegardi: "Navroʻz – xalqimizga yot, diniy bayram, aprel oyining falon sanasida "Navbahor” bayramini uyushqoqlik bilan oʻtkazish” topshirilardi.

Ammo Navroʻzga oʻz xalqi uchun fidoyi olimlarimiz hech qanday diniy tus berishning hojati yoʻqligini, bu bayram Sharq xalqlarining qadimiy, asrlar davomida shakllangan goʻzal udumi – mehnatkashlik, mehr-oqibat, insonparvarlik tamoyillari aks etgan buyuk maʼnaviy qadriyati ekanligini isbotladilar. Hayotimizga zoʻrma-zoʻraki tiqishtirilgan "Navbahor” bayramini tugʻilmasidanoq xalq unutdi. Oʻsha sovetlar kompartiyasi hukmronlik qilgan 1985-87-yillarda ham xalqimiz orasida 2-3 xonadon birlashib sumalak sayillari oʻtkazilib turdi. Va xalq oʻzligini, oʻz Navroʻzini unutmadi.

Mustaqillik yillarida Navroʻz shodiyonalari tamoman yangicha tus oldi. Yurtboshimiz aytganlariday "yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” ekanligi oʻz tarixiy isbotini topdi. Necha ming yillik bu buyuk maʼnaviy qadriyat – Navroʻz mustaqil Vatanimizning eng tojdor bayramlaridan biriga aylandi. Navroʻz anʼanalari, udumlari yangi davr, yangilangan tuzum – istiqlol sharofati ila xalqimizning qon-qoniga singib ketdi va kuch-qudrat, goʻzallik, nafosat, mehr-oqibat, ezgulik va birdamlik timsoliga aylandi.

Navroʻz ayyomi barchaga qutlugʻ boʻlsin!

OʻrinboyBerdiboyev,

nafaqadagi shifokor.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026