YuKSAK EʼTIBORGA LOYIQ MEHNAT QILAMIZ
Insoniyat salomatligiga putur yetkazuvçi omillarni aniqlaş va ularga qarşi kuraş neça asrlardan beri davom etib kelayotgan jarayondir.
Bugungi kunda xalq soğligini muhofaza etişning zamonaviy tibbiy-ilmiy asoslari va mustahkam moddiy texnik bazasi yaratildi hamda amaliyotga joriy etilmoqda.
Ayniqsa, istiqlol yillarida xalqimiz soğligini muhofaza qiliş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi.
Bugungi kunda tumanimizda aholiga 420-öringa möljallangan markaziy şifoxona, bir smenadagi quvvati 785 qatnovga möljallangan köp tarmoqli markaziy poliklinika, 19 ta qişloq vraçlik punktlari samarali tibbiy xizmat körsatmoqda. Ularda 292 nafar oliy maʼlumotli şifokorlar, 1080 nafar örta tibbiyot xodimlari mehnat qilişmoqda.
Joriy yilning ötgan töqqiz oyi davomida 133 nafar örta tibbiyot xodimlari kasb malakalarini oşirib qaytdi. Şuningdek xalqaro taşkilotlarning qisqa muddatli öquv, seminar-treninglarida 30 nafar şifokor, 84 nafar örta tibbiyot xodimlari iştirok etib, öz sohasiga oid bilim va malakalarini oşirdilar. Bu albatta, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxşilaşda özining yaqqol samarasini bermoqda.
Joriy yilimizning "Keksalarni eʼzozlaş yili” deya nomlanişiga muvofiq qabul qilingan Davlat Dasturiga asosan tumanimizda istiqomat qiluvçi 16 nafar Ikkinçi jahon uruşi faxriylari, 369 nafar front- orti mehnat faxriylari va yolğiz keksalarga tibbiy va ijtimoiy xizmatlar körsatiş böyiça reja işlab çiqilib, amaliy işlar olib borildi.
Rejaga muvofiq ularga mahoratli tibbiyot xodimlari biriktirilib, soğliklari muntazam nazorat qilib borilmoqda. Ularning har oyda mutaxassis şifokorlar körigidan ötkazilişi natijasida 161 nafariga ambulatoriya, 43 nafariga statsionar, 52 nafariga sanatoriya şaroitida davolaniş uçun yöllanmalar berildi. 1500 nafar keksa yoşdagi fuqarolar bepul tibbiy körikdan ötkazilib, gepatit "V”ga qarşi birinçi bosqiç emlaş amalga oşirildi. Şuningdek, Toşkent ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy markazi, oliy tibbiyot muassasalarining malakali şifokorlari iştirokida ötkazilgan çuqurlaştirilgan tibbiy köriklarga nuroniy keksalarimiz va aholi keng qamrab olindi. Mazkur çuqurlaştirilgan tibbiy köriklar davomida aniqlangan kasalliklar böyiça davolaniş uçun yöllanmalar berildi.
Tumanimiz aholisiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxşilaşda Özbekiston Respublikasi Prezidentining "2014-2018-yillarda Özbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlaş, onalar va bolalar, ösmirlar soğligini muhofaza qiliş borasidagi Davlat dasturi töğrisida”gi qarori muhim qöllanma bölib xizmat qilmoqda. Qaror kelajagimiz egalari bölgan bolalarimizni jismoniy va maʼnaviy jihatdan kamol toptiriş va yoşlarga oid davlat siyosatini yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladi.
Soğlom va mustahkam oilalarni barpo etiş – soğlom kelajak poydevori ekanligini inobatga olib, turmuş qurayotgan yoşlarning nikohdan oldingi tibbiy körikdan töliq ötişlarini taʼminlaş, şu barobarida irsiy va tuğma kasalliklarning oldini oliş böyiça sezilarli işlar qilindi. 2014-yilda jami 3844 nafar şaxs nikoh oldi tibbiy körikdan ötkazilgan bölsa, ularning ikki nafarida sil kasalligi, 13 nafarida ruhiy kasalliklar, 3 nafarida OIV, 1 nafarida teritanosil kasalliklari aniqlandi va davolaş muassasalarida davolaniş uçun yöllanmalar berildi. Joriy yilning ötgan töqqiz oyi davomida esa 2351 nafar nikohlanuvçi şaxs körikdan ötkazilib, ularning 11 nafarida ruhiy kasallik, 64 nafarida esa somatik kasalliklar, 1 nafarida esa giyohvandlik kasalligi aniqlanib, davolanişga jalb qilindi. Bu raqamlarning öziyoq neça-neça oilalardagi yuz berişi mumkin bölgan köngilsiz hodisalarning oldini oliş imkoni yaratilganini körsatib turibdi.
Kasalliklarga aniq taşxis qöyişda muassasalarimizning zamonaviy tibbiyot va diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlangani muhim omil bölib xizmat qilmoqda.
Tibbiyot birlaşmamizga qaraşli barça muassasalarimizni amaliyotga joriy etilayotgan eng sönggi rusumdagi zamonaviy diagnostika va davolaş asbob-uskunalari bilan taʼminlaşga erişganmiz.
Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş Vazirining 2001-yil 23-iyundagi 328-sonli "Özbekiston Respublikasi aholisiga xizmat körsatadigan tez tibbiy yordamni taşkil qilişni takomillaştiriş töğrisida”gi buyruğiga asosan tumanimiz aholisiga sifatli tez tibbiy yordam körsatişga harakat qilmoqdamiz. Fuqarolar hayotiga xavf tuğdiruvçi tösatdan kelib çiqqan kasalliklar, surunkali kasalliklarning xuruji, baxtsiz hodisalar, şikastlanişlar va zaharlanişlar yuz berganda, homiladorlik asoratlari bilan kasallangan vaqtlarda tez tibbiy yordam körsatilmoqda.
Faoliyatimiz samaradorligiga erişiş, bemorlarga jahon andozalari talablariga muvofiq xizmat körsatiş, ularga qulay şaroitlar yaratiş maqsadida markaziy kasalxonalarimizning 4 ta binosi 4 mlrd. 200 mln. sömlik mablağ evaziga kapital rekonstruktsiya qilindi. Yuqumli kasalliklar bölimining yangi binosi qurib foydalanişga topşirildi.
Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi markaziy şifoxona hamda köp tarmoqli markaziy poliklinikada tibbiy yordam körsatiş xizmatining muqobil turi, yaʼni yuqori darajadagi servis xizmati körsatiş va himoya vositalari uçun pullik xizmat joriy qilingan. Bu zamon talablariga töla javob beradigan alohida palatalarga ega xöjalik hisobidagi bölim bölib, yangi taşkil qilingan uşbu bölim juda köp jihatlari bilan farq qiladi. Xöjalik hisobidagi bölim palatalarining har biri televizor, sovutgiç va yumşoq mebellar bilan jihozlangan, issiq va sovuq suv tizimi mavjud.
Bundan taşqari, şifoxona oşxonasida pullik asosda, bemor buyurtmasiga köra, juda arzon narxda parhez taomlarining tayyorlab berilişi, davolaş jarayonining yanada yaxşilanişini taʼminlamoqda.
Yana şuni alohida taʼkidlaşni istardimki, birlaşmamizda korxona va muassasalarning işçi-xodimlarini şartnoma asosida tibbiy körikdan ötkaziş yölga qöyildi. Buning natijasida tuman markazidan yiroqda joylaşgan işlab çiqariş sanoat korxonalari işçi-xizmatçilarining soğligini tiklaş va mustahkamlaşga eʼtibor kuçaydi.
Mustaqillik yillarida aholi salomatligini muhofaza qiliş, barkamol avlodning şakllanişiga erişiş maqsadida oilalarda tibbiy madaniyatni va soğlom turmuş tarzini tarğib etişga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Bunda aholiga eng qulay hisoblangan qişloq vraçlik punktlarining örni alohidadir.
Bugungi kunda tumanimiz hududida 19 ta qişloq vraçlik punktlari faoliyat körsatmoqda va diagnostika hamda davolaş asbob-uskunalari bilan taʼminlangan. Barça QVPlar qoşida aholiga qulayliklar yaratiş maqsadida dorixona şoxobçalari va fitobarlar taşkil qilingan. Ularning faoliyati yanada samarali bölişiga erişiş maqsadida namunali qişloq vraçlik punktlarini yaratişga intilmoqdamiz. Berdaq, Oxunboboyev nomli "Madaniyat”, "Tölqin”, "Örta qalʼa” va Xitoy qişloq vraçlik punktlari ana şunday maqomga loyiq deb topildi.
Tani soğlik – tuman boylik, deya bejizga aytmagan xalqimiz. Ha, çindanda inson uçun sihat-salomatlikdan aziz narsa yöq. Buni fuqarolarimizga keng tuşuntiriş, har kimda öz soğligi uçun masʼullik tuyğusini tarbiyalaş va soğlom turmuş tarziga amal qilişlariga erişiş boş vazifamizdir. Bu masʼuliyatli va şarafli işga butun kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etaveramiz. Bugungi kunda mamlakatimizda tibbiyot sohasiga hamda soha xodimlarining fidoyi mehnatlariga hurmat-ehtirom bilan qaralmoqda.
Yurtboşimiz Farmoniga muvofiq har yil noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi tibbiyot xodimlari kuni, deya eʼtirof etilgani bizning qalbimizni faxr-iftixorga töldiradi va yuksak işonçga loyiq mehnat qilişga undaydi. Tumanimizning barça tibbiyot xodimlarini, faxriylarini kasb bayrami bilan tabriklayman!
Olimboy HALIMOV,
tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği, tibbiyot fanlari nomzodi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶