SIFATLI TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ YÖLIDA
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida inson omiliga eʼtibor, uning baxtiyor va farovon yaşaşi uçun ğamxörlik kuçaydi. Bular albatta tibbiyot sohasida olib borilgan islohotlar bilan çambarças boğliq.
Soğlikni saqlaş tizimini yanada takomillaştiriş, tibbiyot muassasalari faoliyati samarali bölişiga erişiş, jahon andozalari talablariga muvofiq aholiga yuqori sifatli tibbiy yordam körsatiş boş vazifa qilib qöyilgan bugungi kunda tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli muassasalarda ham uluğvor vazifalarning ijrosi taʼminlanmoqda.
Birlaşmaga qaraşli köp tarmoqli markaziy poliklinikada Manğit şahri aholisiga tibbiy xizmat körsatiladi. Keyingi yillarda davlati-mizning aholi salomatligini muhofaza qilişga, barkamol avlodning şakllanişiga, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirişga qaratayotgan eʼtibori tufayli aholining salomatlik körsatkiçlari se-zilarli darajada yaxşilandi. Kunlik qabul qiliş quvvati 785 odamga möljallangan poliklinikamizda 22 turdagi mutaxassislar tomonidan bemorlar qabul qilinadi. Bu borada 70 nafar şifokor, 90 nafar hamşira, 22 nafar kiçik hamşiralar öz xizmat vazifasini sidqidildan ado etmoqdalar.
Muassasamiz binosi 2012-yilda kapital rekonstruktsiya qilinib, qabul uçun qulay şaroitlar yaratildi hamda jahon andozalari talablari darajasidagi zamonaviy diagnostika tibbiy asbob-uskunalari örnatildi. Jumladan raqamli rentgen apparati, ultratovuş tekşiruvi apparati, şuningdek, köz kasalliklarini aniqlaydigan refroktometr bilan taʼminlandi.
Yaratilgan imkoniyatlar bemorlarga aniq taşhis qöyiş va davolaşni samarali olib borişga imkoniyat tuğdiradi.
Joriy yilning ötgan davri mobaynida muassasamizda 409 982 ta qatnov qayd qilinib, bemorlarning aksariyati ambulator şaroitlarda soğlomlaştirildi.
Bugungi kunda jahon tibbiyoti tajribalari bemorlarga aniq taşhis qöyilib, ambulator şaroitlarda soğlomlaştirilişi qulay va samarali bölişini körsatmoqda. Buni inobatga olgan holda poliklinikamizda mehnat qiladigan şifokorlar va örta tibbiyot xodimlarining kasb malakasi va mahoratini oşirib borişga doimiy eʼtibor berayapmiz. Şuning natijasida 70 foiz şifokorlarimiz, 33 foizdan ortiq örta tibbiyot xodimlarimiz kasb toifasiga ega bölişdi.
Muassasamizda va unga qaraşli bölgan 19 ta qişloq vraçlik punktlarimizda bemorlarga sifatli tibbiy xizmat körsatiş bilan birga kasalliklarning oldini oliş uçun emlaş, kasalliklardan saqlaniş yöl-yöriqlari, soğlom turmuş keçiriş afzalliklari aholi orasida keng tarğib qilinayapti. Umumtaʼlim maktablari öquvçilari yiliga bir marta tizimli ravişda eng malakali mutaxassislar iştirokida bepul tibbiy körikdan ötkazilmoqda. Aholining keng qatlamlari orasida ötkazilayotgan tibbiy köriklar tufayli köpgina kasalliklar aniqlanib, davo çoralari körilayapti.
Joriy yilimizning "Keksalarni eʼzozlaş yili” deya nomlanişiga muvofiq qabul qilingan dasturga asosan tumanimizda istiqomat qiluvçi nuroniy yoşdagi otaxon va onaxonlarimizga alohida ğamxörlik körsatilayotir. Ikkinçi jahon uruşi va front orti mehnat faxriylari maxsus uy apteçkalari bilan taʼminlandi va ularga şifokorlar biriktirildi.
Fursatdan foydalanib, aholi soğligini saqlaş va sifatli tibbiy xizmat körsatiş yölida sidqidildan mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan qizğin qutlayman!
Baxtiyor MUXTOROV,
tuman markaziy köp tarmoqli poliklinikasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶