GOʻZALLIK VA NAFOSAT BAYRAMI
6-mart kuni tuman hokimligida 8-mart – Xalqaro
xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri uyushtirildi. Tadbirga turli
sohalarda faoliyat yuritayotgan ayol-qizlar va keng jamoatchilik vakillari taklif
qilindi. Tantanali yigʻilishni tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi
raisi Maryam Ahmedova ochdi va olib bordi. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari
Fayzulla Saʼdullaev oʻz nutqida erishayotgan har bir yutugʻimiz zamirida fidoyi va
jonkuyar xotin-qizlarimiz mehnati mujassamligini, bularning barchasi
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimiz xotin-qizlarining jamiyatdagi
oʻrni va mavqeini mustahkamlash, ezgu intilishlarini qoʻllab-quvvatlash borasida
amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarning yuksak samaralari ekanini taʼkidladi.
Darhaqiqat,
bugun chekka-chekka qishloqlarimizda ham tadbirkor, mehnatsevar, fidoyi va qoʻli
gul xotin-qizlarning ezgu intilishlariga keng yoʻl ochilmoqda. Bu — ayollarimizning
mehnati qadrlanayotganidan, isteʼdod va salohiyati roʻyobga chiqayotganidan
dalolatdir. Obod turmush yilida bu boradagi ishlar koʻlami yanada kengaymoqda.
Tadbir soʻngida
tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi, tumanimizdagi taʼlim muassasalarining
havaskor sanʼatkorlari va yosh ijrochilari tomonidan kontsert dasturi namoyish
etildi. Ona, ayol va muhabbatni madh qiluvchi qoʻshiqlar kuylandi.
Tadbir
tumanimizdagi «Bek» toʻyxonasida ayollar uchun yozilgan bayram dasturxoni atrofida
koʻtarinki ruhda davom etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶