«Keksalarni eʼzozlaş yili» tuman dasturi: raqamlar tilga kirganda...
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi "Keksalarni eʼzozlaş yili Davlat dasturi töğrisida”gi PQ-2302-sonli qarori va şu qaror asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2015-yil 5-martda 60-sonli qarori hamda 2015 yil 16-martda Amudaryo tumani hokimining 133-sonli qarori qabul qilindi.
Uşbu qaror asosida 6 bölim, 84 banddan iborat "Keksalarni eʼzozlaş yili” tuman dasturi, tuman hokimi raisligida 27 nafar aʼzodan iborat dastur ijrosini taşkil etiş va uning monitoringini olib boriş böyiça tuman komissiyasi tasdiqlanib, doimiy ravişda faoliyat olib bordi.
Uşbu dastur doirasida keksalarni eʼzozlaş, özaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlar muhitini şakllantiriş, moddiy yordam körsatiş, keksa yoşdagi otaxon va onaxonlarning rözğor taşvişlarini yengillaştiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş, taʼlim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuçaytiriş, bolalar, ayniqsa keksalar örtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uyğotiş böyiça aniq çora-tadbirlarni amalga oşiriş, tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça mahalla va boşqa jamoat tuzilmalarining rolini oşiriş, kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordamni öz vaqtida va manzilli körsatiş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan bölib, keksalarning şaroitlarini yaxşilaş va kundalik hayotini yengillaştiriş, 75 yoşga tölgan va undan oşgan fuqarolarni pensiya va nafaqa töğri tayinlanişi va tölanişini tekşiriş natijalari böyiça aniqlangan qarzdorlikdan ozod qiliş, 1941-1945-yillardagi uruş va mehnat fronti faxriylarini moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş böyiça kompleks tadbirlar ötkazilişini taşkil qiliş, Respublikaning sanatoriy-soğlomlaştiriş muassasalariga borayotgan 1941-1945 yillardagi uruş va mehnat fronti faxriylariga bir yilda bir marta temir yöl transportida bepul yuriş, şuningdek, havo transporti yölkirasi qiymatining 50 foizini çegiriş (boriş va qaytiş) huquqini beriş, eng zarur mahsulotlar hajmi va turlarini köpaytirgan, sanitariya-gigiyena jihatidan eng zarur tovarlarni röyxatga kiritgan holda yetkazib beriş, keksa yoşdagi nogiron odamlarning uyuşgan holda dam olişlari uçun şart-şaroitlar yaratiş, keksalarda surunkali, şu jumladan, yaşirin keçuvçi va ilgari aniqlanmagan kasalliklarni erta aniqlaş yöli bilan kasalliklar profilaktikasini kuçaytiriş, keksalarni tibbiy körikdan va tekşiruvlardan ötkaziş, eng avvalo, qişloq joylarda aholining 2 ta madaniyat va dam oliş markazlarini (Uyşin va Bobur aholi dam oliş markazlari) quriş-taʼmirlaş, jihozlaş va foydalanişga topşiriş işlarini amalga oşiriş, tumandagi (Qipçoq OFY) 1 ta silga qarşi kuraşiş dispanseri binosida rekonstruktsiya va quriliş işlarini olib boriş, 1941-1945-yillardagi uruş va mehnat fronti faxriylari, şuningdek yolğiz va ijtimoiy madadga muhtoj keksa kişilarning kvartiralari va uylarini haşar yöli bilan joriy taʼmirlaş, zarur hollarda esa mukammal taʼmirlaşni, şuningdek, hovlilarni obodonlaştirişni nazarda tutgan holda, ularning turar-joy şaroitlarini yaxşilaş böyiça har bir fuqarolar yiğinlarida har yili bir nafardan jami 141 nafar kişini qamrab olgan holda 2015-2017-yillar mobaynida amalga oşiriş va maʼnaviy tiklanişiga kömaklaşiş rejalaştirilgan edi.
Tumanimizda "Keksalarni eʼzozlaş yili” davlat dasturi ijrosini taʼminlaş uçun 16 mlrd. 474 mln. söm, 88 ming AQŞ dollaridan oşiqroq mablağ sarflanişi rejalaştirilgan bölib, şundan 3 mlrd. 117 mln. söm byudjet va byudjetdan taşqari fondlar, salkam 5,5 mlrd. sömi bajaruvçi va homiylar hisobidan bölsa, 8 mlrd. 040 mln.dan ortiq söm tijorat banklari kreditlari hamda 0,9 mln. söm va 88 ming dollar bajaruvçi va homiylar, xalqaro taşkilotlar, grantlar, moliya institutlari hisobidandir.
Joriy yil davomida "Keksalarni eʼzozlaş yili” davlat dasturini amalga oşiriş borasida sarflangan mablağlar 18 mlrd. 490 mln. 400 ming söm, 88 ming 50 AQŞ dollarini taşkil etdi.
Şundan 972,4 million söm byudjet va byudjetdan taşqari jamğarmalar mablağlari, 9881,5 mln. söm va 2,55 ming AQŞ dollari bajaruvçilar va homiylarning mablağlari, 7635,6 mln. söm tijorat banklari kreditlari hamda 0,9 mln. söm va 85,5 ming AQŞ dollari xalqaro taşkilotlar, moliya institutlari mablağlari va grantlaridir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶