👁 3,829
Marsga koʻchib ketarmidingiz? 80 ming odam bunga tayyor (video)
120 mamlakatda yashovchi 80 ming kishi Mars sayyorasiga bir umrga koʻchib oʻtishga rozilik bildirdi. Ular hozirdanoq Mars One Gollandiya kompaniyasi saytida roʻyhatdan oʻtib boʻlishgan.
Kompaniya hozirda "Qizil" sayyorada yashashni istovchilardan arizalar qabul qilmoqda. Marsga koʻchib ketmoqchi boʻlgan dastlabki toʻrt kishi u yerga 2023-yilda parvoz qilishi kutilmoqda. Parvoz 7 oy davom etadi. Dastavval oʻzga sayyoraga goʻyoki hayotni taʼminlovchi modullar yuboriladi va ular robotlar yordamida yigʻiladi. Shundan soʻng, har ikki yilda ariza berganlarni joʻnatish ishlari boshlanadi. Loyihaning dastlabki qiymati 6 milliard dollarga baholanmoqda.
Loyiha tashkilotchilari 2013-yilning 31-avgustiga qadar Marsda yashashni xoxlovchilar soni 500 mingtadan kam boʻlmasligiga ishonishmoqda.
Ular orasida hozircha 35 nafar kanadalik koʻngillilar ham. 18-47 yoshdagi kanadalik "koʻchmanchilarning" safida toʻrt nafar ayollarning borligi diqqatga sazovor.
Monreal universiteti professori Konkordia Raye Kass "Mars One" loyihasi maslahatchilaridan biri boʻlib, sayyoraga borishni istovchi odamlarni tayyorlash komissiyasida faoliyat olib boradi. Uning fikricha, Marsga uchish oʻz joniga qasd qilish emas. "Ayrimlar odamning Oyga parvozini ham shunday ahmoqona fikr deyishgandi, lekin odamzod bu ishning uddasidan chiqdi. Oʻylaymanki, inson tez orada Marsni ham oʻzlashtira oladi”— deydi u.
(Manba: http://darakchi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶