TOZA IÇIMLIK SUVI
Bizning soğligimiz oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga va suvimizning tozaligiga köp jihatdan boğliqdir. Şu bois, toza suv toza havo soğligimiz garovi deb bejizga aytilmaydi.
Aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş maqsadida tumanimizda yangi dastur loyihasi işlab çiqilib amalga oşirilmoqda. Joriy 2013 yil - "Obod turmuş yili”ning özida "Çoyköl” ovuli aholisining bir qismini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş uçun "Vahum” – "Taqir qalʼa” – "Böz suv” – "Çoyköl” ovullari böylab 7,7 kilometr uzunlikda toza içimlik suvi uzatib haydaladigan quvurlar tortilmoqda. Bu kölamdor işlarning umumiy tender bahosi 2,5 milliard sömga yaqindir. Quvur tortiş işlarini şu işga ixtisoslaşgan Nukusdagi "Keramika-quriliş” MÇJ quruvçi-montajçilari amalga oşirmoqdalar. Mazkur quvurga uzatib haydalgan suvni 7,7 kilometr masofadan keyin yana navbatdagi manzilga haydab beradigan (sutkasiga 1000 metr kub suvni haydaydigan) yuqori quvvatli nasos stantsiyasi ham qurilmoqda. Bu yangi nasos stantsiyasi "Manğit-Qipçoq” yönalişidagi katta asfalt yöl böyidagi "Çoyköl” ovulining "Orqa ovul” aholi punktida joylaşgan. Yangi nasos stantsiyasining tender bahosi 833 million sömlik bölib, uning quriliş-montaj işlarini "Amudaryo quriliş materiallari” MÇJ quruvçilari amalga oşirmoqdalar.
Mazkur suv quvurlarining va nasos stantsiyasining quriliş-montaj işlari mustaqilligimizning 22 yilligi bayrami arafasida bitkazilib, foydalanişga topşiriladi.
Aholiga toza içimlik suvi yetkazib berişning ikkinçi navbati kelgusi 2014-yilda davom ettiriladi va "Çoyköl” ovuli aholisining qolgan qismi, şuningdek "Tölqin” ovuli aholisi hamda "Qipçoq” ovuli aholisining bir qismi toza içimlik suvi bilan taʼminlanadi. Uçinçi navbati 2015-yilda davom ettirilib, "Qipçoq” ovuli aholisining qolgan qismi va "Qangli” ovuli aholisi toza içimlik suvi bilan taʼminlanadi.
Qobul ŞOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶